• «Korporativ boshqaruv» fanining asosiy vazifalari
  • Reja: Fanning maqsad va vazifalari




    Download 74,25 Kb.
    Sana18.02.2024
    Hajmi74,25 Kb.
    #158420
    Bog'liq
    korporativ boshqaruv 1 mavzu
    portal.guldu.uz-Matnshunooslik, 2-sinf, 1-sinf Informatika ish reja, Grammar Lesson for High School The Role of Articles in Descriptive Writing Infographics by Slidesgo, Metallar xossalar, O\'zbekistonda yaratilgan qoramol zotini tavsifi, 1-variant, Korporativ boshqaruv, Спорт, Optik tolalarning standartlari 2, Optik-aloqaasoslariN.YusupovR.Isayev, Simsiz tarmoqlar

    Mavzu:Korporativ boshqaruv tushunchasi, maqsad va vazifalari.
    Reja:
    1. Fanning maqsad va vazifalari.
    2. Boshqaruv predmeti va uslubi.
    3. Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida
    korporatsiyalarning ahamiyati
    «Korporativ boshqaruv» fanining maqsadi — bozor iqtisodiyoti sharoitida korporatsiyalarni boshqarish borasida talabalarga nazariy hamda amaliy professional bilim berishdir.
    «Korporativ boshqaruv» fanining asosiy vazifalari bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi:
    — islohotlarning o’zbek modelini chuqur o'rganish;
    — korporatsiyalar haqida aniq tushunchalar va bilimlarga ega bo'lish;
    — korporativ boshqaruv mazmuni, maqsadi va ahamiyatini o‘rganish;
    — korporatsiyalarni boshqarish uchun aniq amaliy holatlarni o‘rganish;
    — korporativ boshqaruv bilan bog‘liq boshqaruv usullarini o‘rganish.
    Har bir fan o‘zining nazariyasi, predmeti va uslubiga ega. Predmet, ushbu fan nima bilan shug‘ullanishini, uning qo‘llanish ko‘lamini ko‘rsatib beradi. Nazariya, ushbu fanda jarayonlarning mavjud bo‘lishi qonuniyatarini aniqlab beradi. Uslubiyat, nazariyadan kelib chiquvchi insonlarning ilmiy va amaliy ishlari asosini yoritishi hamda ushbu ko‘lamda holat va ko‘rinishlari umumiylashtirish yo’llarini o‘rganishni ko‘rsatib berish bilan shug‘ullanadi.
    Korporativ boshqaruv fanining predmeti xo‘jalikning barcha miqyosida bozor iqtisodiyoti qonunchiligi, tamoyillari va uslublari hamda boshqaruv munosabatlarini o‘rganishdir. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy, ishlab chiqarish munosabatlarining ajralmas qismi bo‘lib, turli xil ko‘rinishga ega:
    - iqtisodiy,
    - ishlab chiqarish,
    - tashkiliy,
    - mehnat,
    - psixologik,
    - ijtimoiy va hokazo. Boshqaruv munosabatlari o’zida o‘zaro faoliyatning murakkab kompleks majmuini tashkil etadi.
    Shuningdek, boshqaruv xodimlari (apparat) bilan mehnat jamoalarining o‘zaro bog‘liqligini hamda boshqaruvchi bilan bo'ysinuvchilar orasidagi bog‘liqlikni ko'rsatadi. Korporativ boshqaruvda bevosita obyekt bo’lib insonlar, mehnat jamoalari xizmat qiladilar. Boshqarishni anglashning asosiy uslubi — dialektik usul hisoblanadi. Bu usul o‘rganilayotgan boshqaruv munosabatlarining tub mohiyatiga yetishga yordam beradi. Boshqaruv ilmini o‘rganishga boshqa uslublar xam yordam beradi. Bular ilmiy-tarixiy, tizimli tahlil, matematik modellashtirish, smetaholati, maqsadli uslub, analiz va sintez, induksiya va deduksiya va boshqalardir.
    3.Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida korporatsiyalarning ahamiyati Yirik korporativ tuzilmalarning tashkil etilishi XX asrda iqtisodiy rivojlanishning muhim tendensiyasi bo‘ldi. Korporatsiyalar o‘z rivojlanish yo'lida va ularning jamiyat tomonidan qabul qilinishida fan-texnika, iqtisodiyotning rivojlanishi, aholi malakasi, ma’lumot darajasi bilan bog‘liq qator bosqichlarni bosib o‘tdi. Mazkur bosqichlarning har birida korporatsiyalar vujudga kelishiga har bir mamlakatda yuzaga kelgan korporativ madaniyat katta ta’sir ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda korporativ sektorda mahsulot va xizmatlarning asosiy qismi ishlab chiqarilmoqda. Son nisbatiga ko‘ra sanoati rivojlangan mamlakatlarda korporatsiyalar, korporatsiyalarning umumiy sonida katta salmoqqa ega.

    Biznes

    Tadbirkorlik

    1. Erishilgan yutuqni mustahkamlashgaintilish, faoliyatning repproduktiv(qaytariluvchi) harakteri

    1. Tashabbuskorlik, faoliyatiningizlanuvchanlik xarakteri, ijodkorlikva g’ayratlilik

    2. Foydali (daromadli) ishga ega bo’lganinson

    2. G’oya va intilishga ega bo’lganinson

    3. Kapitalga ega shaxs

    3. Boshlang’ich kapitalga egabo’lmasligi mumkin

    4. Menejer qobiliyatiga, doimiylikkaintilishga ega hamda fikrlash vaishlarida konservator bo’lgan shaxs

    4. Tavakkalchilikka moyil novator(yangilikka intiluvchan), tug’maqobiliyatga ega bo’lgan shaxs

    5. Kapitaldan daromad olish

    5. Tadbirkorlik foydasini olish

    Shu bilan birga, ular YalM ishlab chiqarishda va davlat byudjetining daromadlarida yetakchi mavqeni egallaydi. 2002-yilda Germaniyada 10 ta yirik korporatsiya (biznes-guruh)ga sanoat ishlab chiqarishining 15 foizi, AQSHda 27 foizi, Janubiy Koreyada 30-32 foizi, Rossiyada 38,7 foizi to‘g‘ri keldi . Jahonda yirik korporatsiyalar hal qiluvchi rol o‘ynashi haqida yana shu narsa dalolat beradiki, butun jahon ishlab chiqarishi hududining 1/4 qismiga yaqinini taxminan 600 ta moliya-sanoat guruhi nazorat qiladi.
    Ayniqsa, ko‘p ilm talab qiluvchi eng yangi ishlab chiqarishlar sohasida ularning salmog‘i yuqori, chunki aynan yirik birlashmalar yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga katta mablag' sarflashga qodir. Masalan, AQSHda elektron sanoat uchun jihozlar ishlab chiqarishda mingdan ortiq firma band, sotuvlaming yarmidan ko‘pi esa bor-yo‘g‘i 14 kompaniyaning ulushiga to‘g‘ri keladi. Kompyuterlar ishlab chiqarishning to‘rtdan uch qismi to‘rtta yirik firma tomonidan amalga oshiriladi. Germaniya, Fransiya, Yaponiya va boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarda ham xuddi shunday holat kuzatiladi.
    G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyaning urushdan keyingi tarixi shuni ko‘rsatmoqdaki, milliy sarmoya faqatgina qudratli moliyasanoat tuzilmalariga birlashib, davlat organlari bilan o‘zaro jips hamkorlik qilsa hamda milliy va jahon iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga oluvchi huquqiy rejimda ishlasa, transmilliy korporatsiyalar va chet el moliya-sanoat guruhlari bilan raqobatlashishga qodir boladi. Yirik sanoat koiporatsiyalarining shakllanishi rivojlangan mamlakatlarda turlicha yo‘llar bilan kechdi. U G'arbiy Yevropa va AQSHda erkin bozor sharoitida kompaniyalarning qo‘shib olinishi va qo'shilishi yo‘lidan bordi. Osiyo mamlakatlari (Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan)da ko‘p tarmoqli savdo-sanoat biriashmalari davlatning yordami bilan tashkil etildi. Davlat ularga hozir ham iqtisodiy beqarorlik holatlarida yordam ko‘rsatib turadi .
    Korporativ integratsiyalashuv tadbirkorlikni tashkil etishning nafaqat samarali, balki jahon xo‘jaligidagi zamonaviy o'zgarishlarga tez moslashadigan shakli bo‘lib qoldi. Bugungi kunda yirik integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar iqtisodiyotning turli tarmoq va sektorlarida faoUyat ko‘rsatmoqda. Shu ЬДап birga, ular ikkita muhim tendensiya bilan tavsiflanadi: — sanoat va kredit-moliya muassasalari, korporatsiyalar doirasida integra-tsiyalashuvi, ya’ni banklar va bank bo‘lmagan kredit-moliya muassasalarining korporatsiyalar tarkibidagi ishtiroki; — transmilliylashuv, ya’ni chet elda shu’ba kompaniyalar va filiallar tashkil etib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investiniyalami amalga oshirgan holda o‘z faoliyati sohasini kengaytirishga intilish.
    Xulosa.
    • Korporatsiyalarni boshqarish mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog‘liq holda o‘zgaradi. • Korporatsiyalarni boshqarishning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi.
    • Korporatsiyalarni boshqarish fanining predmeti bo‘lib, xo‘jalikning barcha miqyosida bozor iqtisodiyoti qonunchiligi, tamoyillari va uslublari hamda boshqaruv munosabatlarini o ‘rganish hisoblanadi.
    • Korporatsiyalarni boshqarishda bevosita obyekt bo‘lib insonlar, mehnat jamoalari xizmat qiladilar.
    • Boshqarishni anglashning asosiy uslubi — dialektik usul hisoblanadi. Bu usul o ‘rganilayotgan boshqamv munosabatlarini tub mohiyatiga yetishga yordam beradi. • Hozirgi paytda jahonda xo ‘jalik subyektlari korporativ integratsiyalashuvining faol jarayoni kechmoqda. Korporativ integratsiyalashuv tadbirkorlikni tashkil etishning nafaqat samarali, balki jahon xo‘jaligidagi zamonaviy o‘zgarishlarga tez moslashadigan shakli bo‘Iib qoldi.
    Nazorat savollari va topshiriqlar:
    • Korporatsiyalarni boshqarish qanday maqsadlarni o ‘z ichiga oladi?
    • Boshqaruv munosabatlari nima?
    • Boshqaruv ilmi metodlarini k o ‘rsatib bering.
    • Korporatsiyalarni boshqarish kursining vazifalari qanday?
    • Kurs mazmunini tushuntirib bering

    Download 74,25 Kb.




    Download 74,25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Fanning maqsad va vazifalari

    Download 74,25 Kb.