Termoelektrik o‘zgartgichlar




Download 425.25 Kb.
bet2/2
Sana01.02.2023
Hajmi425.25 Kb.
#40634
1   2
Bog'liq
Fotoelektrik, termoelektrik, mexanik o`zgartirgichlar
Matematik analiz, Mavzu Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja (1), KONDENSATORLAR SIG, Muqobil energiya manbalari, Datchiklar va ularning asosiy xarakteristikalari, 1-Lab, Тезлик датчиклари, Mavzu № faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psi, 2 5202069160623873264, Namuna referat, ПИИ Узбекистан показатели, Перспективы развития и пути совершенствования контейнерных перевозок, Презентация к теме, dffdffddfdffd, sddddww3333222
Termoelektrik o‘zgartgichlar. Turli ko‘p sonli termoelektrik materiallar toza holatda va har xil kombinatsiyalarda mavjud bo‘lib, ularni termoelektrodlar sifatida ishlatish mumkin. Ularning orasidan termoelektrod materiallarni ajratib olish uchun bitta materialga nisbatan normal elektrodni va uning termoelektrik xossalarini aniqlash zarur. Normal termoelektrod uchun material sifatida platina qabul qilingan, u kimyoviy inertligi, yaxshi o‘rganilgan fizikaviy xossalari va yuqori erish harorati bilan ajralib turadi hamda platinani toza holda olish oson. Barcha materiallar o‘zining termoelektrik xossalariga ko‘ra musbat va manfiyga bo‘linadi.
Musbat deb shartli aytiladigan materiallarda platina bilan juftda issiq uchidan tok (t > t0 haroratlarda) platinadan ushbu materialga oqadi. Manfiylarda esa tok teskari yo‘nalishda oqadi.
Zamonaviy o‘lchash texnikasi termoelektrik o‘tkazgichlar tayyorlanadigan materiallarga ko‘pdan-ko‘p talablar qo‘yadi, ammo bu talablarni juda kam turdagi materiallargina qanoatlantiradi.
Asosiy talablar quyidagilardan iborat.
1. Materialning termoelektrik xossalari chegaralanmagan vaqt davomida o‘zgarmasligi.
2. Hosil qilinayotgan TEYKning katta qiymatga ega bo‘lishi.
3. Yuqori haroratlar ta’siriga chidamlilik (misol uchun, vismut TEYKni katta qiymatda hosil qiladi, ammo erish harorati +270 °C kichik bo‘lgani tufayli, uni ishlatib bo‘lmaydi).
4. Katta elektr o‘tkazuvchanlik (bunga ko‘ra kremniydan amalda foydalanib bo‘lmaydi).
5. Bir xil tarkibli qotishmalarni qayta olish mumkinligi.
6. Texnologik ishlov berish osonligi.
7. Arzonligi.
Odatda, bir-biriga mos ikki materiallar tanlab olinadi va ular ma’lum termoelektrik xossalariga ega bo‘lgan termojuftni hosil
qiladi.
O‘lchanayotgan muhitga tushirilgan termojuftning o‘zaro bog‘langan uchlari ishchi uchlari deb ataladi. Atrof-muhitda (atmosferada) ularga odatda o‘lchash asbobidan simlar ulanadigan uchlari bo‘sh uchlari deb aytiladi.
Standartlarga binoan quyidagi standart termoelektrik termometrlar qo‘llaniladi, ularning tavsiflari 7.1- jadvalda keltirilgan.
7.1-jadval



Termoelektrik
termometr
termojuftining turi

O‘lchash
chegarasi °C



Yuqori o‘lchash
chegarasi



Uzoq vaqt
qo‘llanishida

Qisqa vaqt
qo‘llanishida



1

Mis-kopelli

-200

100

600

2

M is-mis-nikelli

-200

400

600

3

Temir-mis-nikelli

-200

700

900

4

Xromel-kopelli

-50

600

800

5

Nikelxrom-mis-nikelli

-100

700

900

6

Nikelxrom-nikel aluminiyli (xromel alyumeli)

-200

1000

1300

7

Platinorodiy (10%) —platinali

0

1300

1600

8

Platinorodiy (30%) —platinorodiyli (6%)

+300

1600

1800

9

Volframreniy (5%) —volframreniyli (20 %)

0

2200

2500

Qimmatbaho bo‘lmagan metallardan tayyorlangan 1 dan 6 gacha termoelektrik termometrlar inertli va tiklanuvchi atmosferada o‘zini yaxshi tutadi, oksidlanuvchi atmosferada ularning ishlash muddati chegaralangan.


7 dan 9 gacha sanab o‘tilgan termometrlarda oksidlanuvchi va betaraf (neytral) muhitlarda darajalash tavsiflarini bir darajada ushlab turilishi saqlanadi. Tiklanuvchi atmosferada bu termometrlar termometr TEYKining katta o‘zgarishi tufayli ishlay olmaydi.
Ishlatish qulay bo‘lishi uchun termoelektrik termometrlar maxsus himoya g‘ilofi bilan berkitiladi. Bunda quyidagi muammolar hal qilinadi: termoelektrodlarni o‘lchanayotgan va atrof-muhitning zararli ta’siridan elektrik izolatsiyalash; termoelektrod va termoelektroddan chiqib turgan uchlarini ifloslanishdan va mexanik zararlanishdan himoya qilish; termoelektrik termometrlarga kerakli mexanik mustahkamlikni berish; texnologik qurilmaga o‘rnatish va tutashtiruvchi simlarni ulash qulay bo‘lishini ta’minlash.
Termoelektrik termometrni o‘lchash asbobi bilan ulaydigan simlar shunday materiallardan tayyorlanadiki, ular o‘zaro juft bo‘lib, ulangan termoelektrik termometrlar EYKni hosil qiladi. Bunday talab taxminan 100 °C harorat bilan chegaralanadi, bundan yuqori haroratda termoelektrik termometr va ulanish simlarining tavsiflari bir-biridan farq qilishi mumkin. Bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, chunki ulaydigan simlarning harorati, odatda, yuqori bo‘lmaydi. Ko‘rsatilgan talablar bajarilganda termokompensatsion simlar termoelektrik termometrni (termojuftni) ulaydigan simlar uzunligi qadar uzaytiradi, termojuftning bo‘sh uchlari esa TEYKni o‘lchashga mo‘ljallangan asbobning klemmalarida bo‘lib qoladi.
Uzaytiruvchi termoelektr simlar bir simli va ko‘p simli bo‘lib, izolatsiyali va tashqi qoplama yoki qobiqlik qilib ishlab chiqariladi, bu jihozlash va yotqizishda qulay. Izolatsiyalash uchun polivinilxlorid, polietilen, tereftalat va ftoroplast plyonkalaridan foydalaniladi. Izolatsiyadan tashqari, simlar ko‘pincha polivinilxlorid qobiq yoki lavsan ip, shisha ip bilan chirmab o‘raladi.
Agar tashqi elektromagnit maydondan va mexanik ta’sirdan saqlanish talab etilsa, unda mis, po‘lat simli qoplama yoki ekranlar qo‘llaniladi.
Har bir sim materiali izolatsiyaning o‘z rangiga yoki simlarning o‘ramasi va qoplamasi rangidagi simlarga ega bo‘ladi.

Mexanik o‘zgartirgichlar mexanik kirish ko‘rsatkichlarni (bosim, kuch, tezlik, sarf va hokazo) mexanik chiqish ko‘rsatkichlarga ( aylanish chastotasi, bosim va hokazo) o‘zgartirib berish bilan xarakterlanadi. Bunday o‘zgartirgichlarning sezgirlik elementi sifatida elastik elementlar (membrana, prujina, balka kabilar) poplavoklar, krilchatkalar va drosselli qurilmalar ishlatiladi.


Elektromexanik birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki elektrik datchiklar) kirish mexanik ko‘rsatkichlarni (bosim, kuch, sarf kabilarni) chiqish elektrik ko‘rsatkichlarga (kuchlanish, tok, qarshilik, induktivlik kabilarga) o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladi. Elektromexanik o‘zgartirgichlar parametrik va generator o‘zgartirgichlarga bo‘linadi.
Parametrik datchiklarda chiqish ko‘rsatkichi elektr zanjir kattaliklaridan (qarshilik, induktivlik, o‘zaro induktivlik, elektr sig‘imi kabilardan) tashkil topadi. Bunday turdagi datchiklarda elektr toki va kuchlanish sifatida chiqish signalini olish uchun ular maxsus elektr sxemalariga (ko‘prikli, differensialli) ulanishi hamda alohida energiya manbasiga ega bo‘lishi kerak .
Generator datchiklarida bevosita sezgir elementda kirish signali Х chiqish signali Y o‘zgartiriladi. Ushbu o‘zgartirish kirish signali energiyasi hisobiga bo‘ladi va chiqish signali E.YU.K. ko‘rinishida hosil bo‘ladi. Generator datchiklari juda oddiy bo‘ladi, chunki ular qo‘shimcha energiya manbaisiz ulanadi.
Download 425.25 Kb.
1   2




Download 425.25 Kb.