Reja: Fotoelektrik o'zgartgichlar




Download 425.25 Kb.
bet1/2
Sana01.02.2023
Hajmi425.25 Kb.
#40634
  1   2
Bog'liq
Fotoelektrik, termoelektrik, mexanik o`zgartirgichlar
Matematik analiz, Mavzu Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja (1), KONDENSATORLAR SIG, Muqobil energiya manbalari, Datchiklar va ularning asosiy xarakteristikalari, 1-Lab, Тезлик датчиклари, Mavzu № faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psi, 2 5202069160623873264, Namuna referat, ПИИ Узбекистан показатели, Перспективы развития и пути совершенствования контейнерных перевозок, Презентация к теме, dffdffddfdffd, sddddww3333222

Fotoelektrik, termoelektrik, mexanik o`zgartirgichlar
Reja:

  1. Fotoelektrik o'zgartgichlar.

  2. Termoelektrik o‘zgartgichlar

  3. Mexanik o`zgartirgichlar


Fotoelektrik o'zgartgichlar.
Fotoelektrik o'zgartgichlarda yorug'lik oqimining o'zgarishi elektr signalga aylantiriladi. Ushbu o'zgartgichlarda 3 xil fotoeffekt ishlatiladi:
1. Tashqi fotoeffekt - elektron lampalarda katoddan elektronlarning uchib chiqishi
natijasida emissiya toki hosil bo'lishiga asoslangan.
2.Ichki fotoeffektda yoritish intensivligiga bog'liq yarim o'tkazgichlarning
qarshiligi o'zgaradi. Bunday fotoelementlar fotoqarshiliklar deb ataladi.
3. Ventil fotoeffektda yoritiladigan o'tkazgich va yoritilmaydigan o'tkazgich
qatlamlari o'rtasida yupqa qatlamda yorug'likka bog'liq elektr yurituvchi kuch hosil
bo'ladi. Bu yerda elektronlar yarim o'tkazgichdan o'tkazgichga qarab yo'naladi.
Tashqi fotoeffektli fotoelementlar fotosezgir material katodli gaz bilan to'ldirilgan
vakuumli lampadan, metalla aylana yoki plastina ko'rinishidagi anoddan tuzilgan.

Katodni nur energiyasi bilan qizdirilganda, undan elektron uchib chiqadi.

Anod va katod o'rtasida elektrik maydon hosil bo'ladi (10.rasm) va o'z elektronlarini musbat zaryadlangan anodga tomon yo'naltiradi. Vakuumli fotoelementlar inersionsiz bo'ladi. Tashqi fotoeffektli fotoelementlar hosil qiladigan tok kam, shuning uchun ularni kuchaytirgichsiz ishlatish mumkin emas.


Ichki fotoeffektli fotoelementlar yuzasiga yupqa nur sezguvchi yarim o'tkazgich 2 qoplangan kvarsli va shisha plastinadan iborat

Elektrodlar 3 yordamida fotoelementlar elektrik zanjirga ulanadi. Yarim o'tkazgich yorug'lik nuri bilan qizdirilganda, unda erkin elektronlar hosil bo'lib, o'tkazuvchanligi ortadi va qarshiligi kamayadi. Fotoelementning qarshiligini o'zgarishi zanjirda tok kuchini o'zgartiradi.


Ventil fotoeffektli fotoelementlar kuchlanish manbaisiz ishlashi mumkin, chunki yorug'lik oqimi ta'sirida ular o'zi tok manbai bo'lib qoladi. (12. rasmda) ventilli fotoeffekt sxemasi keltirilgan.
Yarim o'tkazgich 2 qatlami bilan qoplangan po'lat plastinka 1 yuzasiga oltin qatlam 4 quyilgan. Yarim o'tkazgich va oltin plenka orasiga qatlam 3 qoldirilgan. Metall aylanachalar 5 orqali fotoelement elektrik zanjirga ulanadi.
Fotoelementga yo'nalgan yorug'lik nuri oltin plenkadan o'tib yarim o'tkazgichda yutiladi va elektronlar hosil bo'ladi. Bu elektronlar oltin plenka elektronlari bilan reaksiyaga kirishib, uni manfiy o'zi esa musbat zaryadlanadi. Fotoelement elektr zanjirga ulansa, tok hosil bo'ladi.


Download 425.25 Kb.
  1   2




Download 425.25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Fotoelektrik o'zgartgichlar

Download 425.25 Kb.