|
Bufer sistemalarning tibbiyotdagi ahamiyati
|
bet | 4/5 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 25,31 Kb. | | #155548 |
Bog'liq Elektrolit eritmalardagi pH qiymatiBufer sistemalarning tibbiyotdagi ahamiyati
Bufer sistemalar tirik a'zolar uchun muhim ahamiyatga ega. A'zolardagi modda almashinish jarayonida ko'p miqdorda kislotali va asosli xususiyatga ega bo'lgan mahsulotlar hosil bo'ladi. A'zolardagi moddalar bufer xossaga ega ekanligidan ularda pH ning qiymati bir xilda saqlanadi. Biologik sistemalarda pH qiymatini, masalan qonda 7,4 dan 0,4 birlikka kamayishi yoki ko'payishi butun organizmning nobud bo'lishiga olib kelishi mumkin. Bundan shu narsa tushunarli bo'ladiki, pH ni berilgan tabiiy qiymatlarda o'zgartirmay turish tirik a'zolar uchun katta ahamiyatga ega. Odam a'zolari uchun asosan gidrokarbonatli, gemoglobinli, fosfatli va oqsil bufer sistemalari muhim ahamiyatga ega. Gidrokarbonatli bufer asosan hujayra tashqarisidagi buferdir. U karbonat kislota va natriy gidrokarbonat (yoki KHCO3) dan tashkil topgan bo'lib, qonning kuchli bufer sistemasi hisoblanadi. Qonning umumiy bufer ta'sirining deyarli 10 foizi gidrokarbonat buferga to'g'ri keladi. Qon pH ining normal qiymatida, ya'ni pH=7,4 da, gidrokarbonat bufer sistemasining tarkiblar nisbati H2C03:NaHC03= 1:20 ni tashkil etadi. Fosfatli bufer sistema to'qima va ba'zi biologik suyuqliklarning (siydik, ovqat hazm qilish shirasi va boshqalar) bufer sistemasi asosini tashkil etadi. Fosfatlarning qondagi konsentratsiyasi karbonatlarga nisbatan kamroq, shuning uchun bu bufer sistemaning samaraligi qonda past, umumiy qon bufer ta'sirining taxminan 1% ini tashkil etadi. Bu bufer ortofosfat kislotaning birlamchi (NaH2P04) va ikkilamchi (Na2HP04) tuz aralashmasidan iborat.Bu tuzlarning qanday nisbatlarda bo'lishiga qarab, 5,90 dan 7,80 gacha turli pH dagi bufer aralashmalarni olish mumkin. Fosfatli bufer sistemalar laboratoriya amaliyotida ko'p ishlatiladi, chunki ulaming pH qiymatlari fiziologik jixatdan eng muhim reaksiya muhitining qiymatlariga to'g'ri keladi.
Protein (oqsil) bufer sistemasi qon zardobidagi kislota-asos muvozanatini saqlashda yuqorida keltirilgan bufer sistemalarga nisbatan kamroq ahamiyatga ega. Hujayra va to'qimalar oqsil borligi uchun ma'lum miqdordagi kislota va ishqorni neytr-Haydi.Oqsil molekulalari tarkibidagi ka^'oksil va aminoguruxlar hisobiga ko'p negifcH kislota va asos (amfolit) xususiyatiga ega bo'ladi. Gemoglobin — oksigemoglobin bufer sistemasi qon bufer sig'imining 75% ini tashkil etadigan eng kuchli bufer sistemadir. Jumladan u bikarbonat bufer sistemasidan qariyb 9 barobar kuchlidir. Organizmning H+ ionlari konsentratsiyasining ma'lum qiymat chegaralarida saqlay olish qobiliyati kamayganda kislota-asos muvozanati buziladi va natijada biosistemalarda atsidoz yoki alkaloz holatlari kuzatiladi. Kislota-asos muvozanat qiymatlarining fiziologik ko'rsatkich kattaliklaridan chetga chiqishi turli sabablarga ko'ra kelib chiqishi mumkin. Bu sabablarni umumlashtirgan holda uch turga bo'lish mumkin: 1) О 'pkadan C02 ajratib chiqarish jarayonining buzilishi; 2) Metabolizm jarayonlarining о 'zgarishi natijasida yoki asos xossali moddalarning hosil bo 'lishi. 3) Kislota yoki asos xossasiga ega bo'lgan moddalarning buyrak orqali tashqi muhitga chiqarib yuborilishining buzilishi. Ko'p hollarda odam organizmidagi kislota-asos muvozanatining buzilishi bu uch turning birgalikdagi ta'siri natijasida kelib chiqadi.
XULOSA
Bufer eritmalarni pH qiymatini ellektor kimyoviy usulda aniqlash deb buning uchun bufer eritma nimaligini bilib olishimiz kerak .Bufer eritma aralashmalar — vodorod (H) ionlarining ma’lum konsentratsiyasini saqlab turuvchi sistemalar. Bufer eritmalar suyultirilganda yoki ularga bir oz kislota yoki ishqor qo‘shilganda ham muayyan kislotali xossalari deyarli o‘zgarmaydi. Bufer.sistemaga sirka kislotasi CH3 COOH bilan uning natriyli tuzi CH3 COONa aralashmasi misol bo‘la oladi. Bufer eritmalar bufer sig’imi bilan harakterlanadi. Bufer eritmaning pH ini ko’pi bilan bir-birlikka o’zgartirish uchun unga qo’shish mumkin bo’lgan muayyan konsentratsiyali kuchli kislota yoki ishqorning eng ko’p miqdori bufer sig’imi deyiladi. Bufer eritmalardan analizda foydalanishda quyidagilarni hisobga olish kerak:
1. Har qanday bufer eritma kislota yoki ishqor qo’shilganda PH ning
doimiyligini saqlab turuvchi muayyan bufer sig’imiga ega bo’ladi.
2. Bufer eritmadagi komponentlarning konsentrassiyasi qancha katta
bo’lsa, bufer sig’imi shuncha katta bo’ladi.
3. Tarkibida bir hil konsentrasi yali kuchsiz kislota va uning tuzi yoki
kuchsiz asos va uning tuzi bo’lgan eritmaning bufer sig’imi eng yuqori bo’ladi.
4. Bufer eritmaga kislota yoki ishqor qo’shilgan sari eritmaning
o’zgarishiga turg’unligi kamayib boradi. Eritmani pH qiymati bu pH suvli eritmaning vodorod ionining kontsentratsiyasining logaritmik o'lchovidir : pH = -log [H + ] log 10 taglik logaritma va [H + ] litrda mollarda vodorod ionining kontsentratsiyasi pH 7 ning quyi pH qiymati kislotali va 7 dan katta pH qiymati asosiy bo'lgan suvli eritmaning kislotali yoki asosli ekanligini tasvirlaydi. 7-pH qiymati neytral hisoblanadi . Elektor kimyoviy usulda moddalarni elektr toki yordamida tekshirishga asoslangan kimyoviy analiz usullari majmui. Umumiy aytganda bufer eritma pH piymatini elector kimyoviy usulda aniqlash deb eritmani buferlik sig'imini elektor tiki yordamida aniqlash asoslangan.
|
| |