Reja: I kirish II asosiy qism




Download 84,25 Kb.
bet6/9
Sana17.11.2023
Hajmi84,25 Kb.
#100344
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Tashqi savdo tarkibini takomillashtirish va diversifikats-fayllar.org

Birinchidan, Respublika milliy iqtisodiyotning kuchli eksport bo’g’inini
tashkil etuvchi va uni jahon bozorida munosib o’ringa ega bo’lishini ta’minlovchi
sohalarni aniqlash.
Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport bo’g’inida davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlash usullaridan keng foydalanish. Bu usullar quyidagilar:
> eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli
foizlar bo’yicha ko’p muddatli kreditlar ajratish, investitsiyalarni sug’urtalash;
> davlat tomonidan respublikamizga ilg’or
texnologiyalar, tajribalar,
bilimlarning kirib kelishiga subsidiyalar ajratish:
> eksport va importni litsenziyalash yoki chetga tovar chiqarishga va chetdan
uni olib kirishga ruxsatnoma berish;
> ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltiriladigan xom ashyo
va materiallar, asbob-uskunalar va jihozlar ulushini bosqichma-bosqich
kamaytirish va boshqalar.



13
SHu bilan birga, tashqi iqtisodiy siyosat milliy valyutani mustahkamlash va


uning boshqa valyutalar bilan erkin almashuvini ta’minlash, tashqi iqtisodiy
faoliyatining me’yoriy va umumiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga
yetkazishni nazarda tutadi.
Hozirgi paytda O’zbekiston sanoatining aksariyati umuman tijorat faoliyatiga
va xususan, xalqaro raqobatga tayyor emas: hozircha talabning deyarli barcha
sohalarida import mahsulot mahalliy tovarlardan, ayniqsa iste’mol tovarlaridan
ustun kelmoqda. O’zbekistonda yuzaga kelayotgan iste’molning o’ziga xos
modelida sifat asta sekin andoza bo’lib qolmoqda.
O’zbekiston «ochiq» milliy iqtisodiyot sharoitida jahon xo’jaligi tsikllarining
bevosita ta’siriga duch kelmoqda. Buning ustiga, uning hozirgi eksportining
nosanoat tuzilmasi bunday tsikllarni xushlamay qabul qilmoqda.
Respublikada iqtisodiyotini erkinlashtirishning hozirgi sharoitida «Mamlakat
eksport salohiyatini oshirish, uning xalqaro mehnat taqsimotida teng yutuqli va
o’zaro manfaatli shartlar asosida ishtirok etishi, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy
tizimiga keng ko’lamda integratsiyalashuvini yanada kuchaytiradi»
Respublika tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda iqtisodiyotga xorijiy
sarmoyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratishga hamda zarur bo’lgan
tashkilot va muassasalar tuzishga katta ahamiyat berilmoqda. Bular jumlasiga
tavakkalchilik xatarlari keltiradigan zararni qoplaydigan «O’zbekinvest» milliy
sug’urta kompaniyasini, turli sug’urta kompaniyalarini, Vazirlar Mahkamasi
huzurida BMT bilan birgalikda tashkil qilingan investitsiyalarga ko’maklashuvchi
xizmatni, Davlat mulk qo’mitasi huzuridagi ko’chmas mulk va xorijiy
investitsiyalar agentligi kabilarni kiritish mumkin.
O’zbekistan Respublikasi ko’p tomonlama xalqaro iqtisodiy hamkorlik
tashkilotlari faoliyatida qatnashmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining
iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro Valyuta Fondi, Xalqaro moliya
korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot, Xalqaro mehnat
tashkiloti, Jahon sog’likni saqlash tashkiloti kabi va boshqa obro’-e’tiborli xalqaro
moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi hamda ularda faol siyosat



14
o’tkaza boshladi.


Ko’pgina xalqaro tashkilotlar - BMT, XVF, Jahon banki, Yevropa tiklanish va
taraqqiyot banki, Yevropa Ittifoqi Komissiyasi va boshqa tashkilotlar Respublikada
o’zlarining mintaqaviy vakolatxonalarini ochdilar va o’zbekistonlik sheriklar bilan
faol hamkorlik qilmoqdalar.
Xalqaro Valyuta Fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi
ishtirokida ishlab chiqilgan hamda, jumladan, respublikada kichik va o’rta biznesni
rivojlantirishga ko’maklashuvchi bir qancha loyihalar, shuningdek iqtisodiyotning
eng manfaatli sohalaridagi loyihalarni moliyaviy jihatdan ta’minlash dasturi
amalga oshirilmoqda.
Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishdagi zarur bo’lgan
barcha muassasalar amalda yangidan barpo etildi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni
rivojlantirishda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mustaqilligini oshirish,
marketing tizimini takomillashtirish va mamlakat tovarlarini xalqaro bozorlarga
keng ko’lamda kiritish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy
aloqalar vazirligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib
qayta tashkil qilindi. Bundan tashqari tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki,
bojxonalar xizmati tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasida, vazirliklar va idoralarda,
korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalarda va mahalliy boshqaruv idoralarida
tegishli tashqi iqtisodiy bo’limlar tuzildi va ish olib bormoqda.
Mustaqillikning dastlabki yillarida tashqi aloqalarni kengaytirish,
respublikaning
eksport
imkoniyatlarini rivojlantirishni rag’batlantirish
maqsadida butun tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish uchun huquqiy
negizlarini yaratib bergan asosiy qonun hujjatlari qabul qilindi. Prezident
Farmonlari va hukumat qarorlari chiqdi. Bular, avvalo, «Tashqi iqtisodiy faoliyat
to’g’risida», «CHet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining
kafolatlari to’g’risida»gi qonunlar hamda boshqa qonuniy va me’yoriy hujjatlar
bo’lib, ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat
sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun asosiy shart -
sharoitni yaratishga imkon berdi.



15
Xorijiy sarmoya ishtirokida korxonalar barpo etish, tashqi iqtisodiy faoliyat


qatnashchilarini ro’yxatdan o’tkazish va chetga chiqariladigan mahsulot uchun
ruxsatnoma (litsenziya) berish tartibini anchagina soxalashtirish, eksport va import
tarkibini yaxshilash choralari ko’rib borilmoqda.
Mamlakatimizda olib borilgan islohatlarning ilk davridan e’tiboran
respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish va yanada mustahkamlash,
eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirishga asosiy e’tibor qaratildi.
Binobarin,
O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosati
mustaqillikning dastlabki bosqichlarida quyidagi vazifalarni hal etdi:
o eksport-import operatsiyalarini markazlashtirishdan chiqarish;
o davlat extiyojlari uchun tovarlar eksport va importi ustidan nazoratni
kuchaytirish;
o davlat uchun strategik muhim
hisoblanmaydigan tovarlar eksportini
soddalashtirish;
o strategik muhim tovarlar eksportidan olingan valyuta tushumi ustidan
nazoratni kuchaytirish;
o
davlat siyosatining barcha choralarini qo’llab chet el investitsiyalari jalb
etilishini va eksport salohiyatini rivojlantirishni rag’batlantirish;
SHu tariqa bozor iqtisodiyotiga o’tishining murakab sharoitlarida jahon
bozoriga chiqishni erkinlashtirish va protektsionizm chora tadbirlari bilan birikkan
izchil puxta o’ylangan tarkibiy va sanoat siyosatiga tayanadigan siyosat bo’ldi.
Umuman respublika tashqi iqtisodiy aloqalarinnig erkinlashtirish va tashqi
iqtisodiy majmuini yanada takomillashtirish borasida quyidagi masalalarni hal
etish maqsadga muvofiqdir:
o
O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari manfaatlarini
ham ichki ham tashqi bozorda himoya qilish;
o milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va uning jahon iqtisodiyoti tizimiga
integratsiyalashuvini rag’batlantirishga qaratilgan zaruriy shart-sharpoitlarni
yaratish;



16
o tashqi iqtisodiy faoliyatning davlat tomonidan tartibga solish tizimlarini


yanada rivojlantirish;
o eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilagn davlat dasturlarni ishlab chiqish
va ularni amalag oshirishni ta’minlash;
o
ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlar faoliyatini har tamonlama qo’llab
quvatlovchi tizimlarni yanada takomillashtirish;
o xorijiy mamlakatlar bilan zamonaviy texnologiyalarni standartlashtirish,
metrologiya va sifatni sertifikatsiya qilish sohasida hamkorlik qilish ko’lamini
yanada kengaytirish;
o
to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va xalqaro standartlarga
javob beradigan hamda jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan mahsulotlarni
ishlab chiqarish maqsadida mamlakatning turli hududlarida qo’shma
korxonalar tashkil etishni ta’minlash;
o
O’zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar va boshqa xalqaro huquq
sub’ektlari bilan savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorliklarini yanada
kengaytirish;
o xalqaro transport komunikatsiyalarini rivojlantrish orqali eksport tovarlarining
transportda tashish xarajatlarni kamaytirish va hokazo.
Fikrimizcha
tashqi
iqtisodiy
aloqalarining
geografik
tarkibini
takomillashtirish va yanada rivojlantirishga to’sqinlik qilib kelayotgan
masalalarning o’z vaqtida
bartaraf etilishi O’zbekistonning jahon iqtisodiy hamjamiyatida samarali ishtirok
etish imkonini beradi.

Download 84,25 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 84,25 Kb.