Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning huquqiy va me’yoriy




Download 84,25 Kb.
bet8/9
Sana17.11.2023
Hajmi84,25 Kb.
#100344
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Tashqi savdo tarkibini takomillashtirish va diversifikats-fayllar.org

1.3. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning huquqiy va me’yoriy 
asoslari
Jahon tajribasi ko’rsatishicha, islohotlarning natijalari va mamlakatning ichki
rivojlanishi davlat tomonidan amalga oshiriladigan tashqi siyosiy va tashqi
iqtisodiy faoliyatning samaradorlik darajasiga hamda uning faollik bilan amalga
oshirishga bog’liq bo’ladi. O’zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlaridan
boshlaboq o’zining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy ustuvor yo’nalishlarini
belgilab olishga va xalqaro munocabatlapda o’zining ishtirok etish strategiyasini
ishlab chiqishga kirishdi. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatiga quyidagi
muhim tamoyillar asos qilib olindi:
1. O’zaro manfaatlarni xar tomonlama hisobga olgan holda davlat milliy
manfaatlarining ustunligi;
2. Teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki
ishlariga aralashmaslik;
3. Mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik qilish uchun ochiqlik,
umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
4. Xalqaro hyquq normalarining ichki davlat normalaridan ustuvorligi;
5. Tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama bitimlar,
kelishuvlar asosida rivojlantirish.



23
O’zbekiston bu tamoyillarga amal qilar ekan, qisqa muddat ichida jahon


hamjamiyatiga kirish yo’lida muayyan natijalarga erishdi, jahon xo’jalik tizimiga
izchillik bilan integratsiyalanish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratdi.
Xalqaro munosabatlarning teng huquqli ishtirokchisi bo’lish xalqaro mehnat
taqsimoti tizimiga integratsiyalashuv uchun barcha zarur shart-sharoitlarni
yaratish talab etiladi. Avvalo huquqiy tizimni yaratish kerak, chunki tashqi
siyosatning asosiy tamoyillaridan biri, xalqaro huquqning hamma e’tirof etgan
normalarigacha rioya qilish va xalqaro andozalarga izchillik bilan o’tishdan iborat.
SHu munosabat bilan 1991 yilda O’zbekiston Respublikasining «Tashqi
iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi, u iqtisodiy islohotlarning
dastlabki bosqichlarida ma’muriy usullardan bozor usullariga sekin asta o’tishda,
shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishda muhim rol o’ynadi.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada kuchaytirish uchun
O’zbekiston Respublikasi Prizidentining 1992 yil 24 iyulda «O’zbekiston
Respublikasida tashqi
iqtisodiy faoliyatini rag’batlantirish, xorijiy
investitsiyalarni jalb etish va himoya qilish chora-tadbirlari to’g’risida»gi maxsus
Farmoni asosida davlat organlarining ichki bozorini kundalik extiyoj mollari bilan
boyitish sohasidagi birinchi navbatdagi chora-tadbirlar belgilab berildi. Farmonda,
shuningdek, qo’shimcha kapital mablag’lar jalb qilish, ilg’or texnologiyalar va
boshqaruv tajribalaridan foydalanish, xorijiy investorlar huquqlarini himoya
qilishning ishonchli kafolatlarni, umuman respublikaning iqtisodiy saloxiyatidan
samarali foydalanishni ta’minlash ham nazarda tutilgan edi.
Mustaqil rivojlanishning boshlang’ich bosqichidayoq O’zbekistonning tashqi
iqtisodiy faoliyatini kuchaytirish bilan bog’liq bo’lgan vazifalar davlat faoliyatini
ana shu sohasi institutsional tuzilishini takomillashtirish zarurligini keltirib
chiqaradi.
Ana shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 21
fevraldagi Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar
vazirligi tashkil topdi, uning asosiy vazifalari - respublika uchun xorijiy
mamlakatlar bilan hamkorlikning ustuvor yo’nalishlarini belgilab olish asosida



24
davlatimizning tashqi iqtisodiy siyosatini shakillantirish va amalga oshirish; tashqi


savdoni rag’batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish; tashqi iqtisodiy faoliyat
qatnashchilari operatsiyalarini nazorat qilish; respublika iqtisodyotiga xorijiy
investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanishdan iborat edi.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati tuzilishini shakllantirish zarurligi
ichki ehtiyojlari bilan bog’lik bo’lib, ayni paytda jahon moliyaviy tizimga jadallik
bilan integratsiyalashuv ham talab etilmoqda edi. O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1991 yil 7 sentyabrdagi Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi
tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tashkil etildi, u bugungi kunga kelib
Markaziy Osiyodagi eng yirik tijorat banki bo’lib qoldi. Bank o’z e’tiborini xorijiy
kreditlarni va bevosita investitsiyalarni jalb etishga qaratmoqda. O’zbekistonning
tashqi iqtisodiy faoliyatiga doir huquqiy hujjatlar tizimida xorijiy investitsiyalar
masalasiga bevosita taalluqli bo’lgan, iqtisodiyotga xorijiy mamlakatlarning ilg’or
texnologiyalari jalb qilishga va umuman jahon andozalariga erishishga xizmat
qiladigan xorijiy investitsiyalar sohasidagi mavjud qonunchilik bazasini qayta
ko’rib chiqish zarurati ob’ektiv ravishda paydo bo’ldi.
SHu munosabat bilan 1998 yil 30 aprelda mamlakatimiz parlamenti «Xorijiy
investorlar
to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi qonunini va «Xorijiy
investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari
to’g’risida» qonunni qabul qildi.
Davlat tomonidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida faqat 1999 yildagina
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida 1324 mln. AQSH dollari miqdorida xorijiy
investitsiyalar o’zlashtirildi.
Biroq, davlatimizning tashqi iqtisodiy siyosatida investitsiya sohasidagi ana
shunday muvafaqqiyatlarga qaramasdan hali xal etilmagan ko’pgina muammolar
bor. Bundan tashqari, vaqt o’tishi bilan respublikaning ijtimoiy - siyosiy hayotidagi
va umuman jahon miqyosidagi o’zgarishlar nuqtai nazaridan mamlakatimiz tashqi
iqtisodiy faoliyatidagi qonunchilik bazasini qayta ko’rib chiqish zarurati paydo
bo’lmoqda. O’zbekiston Respubilkasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov birinchi
chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi XIV-sessiyasida xuddi ana shu



25
nuqtai nazardan quyidagilarni ta’kidlab o’tdi: «Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil


etishning butun tizimini tubdan qayta qo’rib chiqish kerak. Mening fikrimcha, u
haddan ziyod reglamentlashtirilgan. Unda iqtisodiy, ta’rif sohasida tartibga
solishdan ko’ra ma’muriy tartibga solish ustunlik kiladi. Biz tashqi iqtisodiy
faoliyatning butun dunyoda qabul qilingan tsivilizatsiyali shakllariga tezroq
o’tishimiz lozim».
Bu fikr davlatimiz rahbari tomonidan uning ikkinchi chaqiriq O’zbekistan
Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiyasidagi va islohotlar hamda investitsiyalar
bo’yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash majlisidagi nutqlarida ham
chuqurlashtirildi.
Ana shu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi
«Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi Qonun ishlab chiqildi va ikkinchi chaqiriq
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkinchi sessiyasida (2000 yil 26 may)
yangi tahrirda qabul qilindi. Unga tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish
jarayonini aks ettiruvchi yangi qoidalar kiritildi. Bunga xususan quyidagi qoidalar
kiradi:
Qonunning birinchi moddasi ushbu Qonunning asosiy vazifalari deb yuritilib
unda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog’liq munosabatlarni
tartibga solishi, uning asosiy vazifalari tashqi ishiqtisodiy faoliyatni amalga
oshirishda O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, uning
iqtisodiy suvereniteti va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, milliy iqtisodiyot
rivojini rag’batlantirish, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga
integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratligi belgilangan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi qonun hujjatlari deb nomlanuvchi 2
moddada Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va
boshqa qonun hujjatlaridan iboratligi va agar O’zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat
to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar
belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llanilishi ko’rsatib o’tilgan.
SHuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O’zbekiston Respublikasi yuridik



26
va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari,


shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o’rnatish
va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushunilishiga uchinchi moddada oydinlik
kiritilgan.
O’zbekiston Respublikasida ro’yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek,
O’zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo’lgan va
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi
iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishga haqlidir.
O’zbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonun hujjatlarida
boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga
oshirishlari mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
- tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi;
- tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining tengligi;
- savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo’l
qo’yilmasligi;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o’zaro manfaatdorlik;
- tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari
davlat tomonidan himoya qilinishi.
O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan
yuridik va jismoniy shaxslari tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlari hisoblanadi va
tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo’nalishlari quyidagilar hisoblanadilar:
- xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik;
- tashqi savdo faoliyati;
- chet el investitsiyalarini jalb qilish;
- O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati.
Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik ishlab chiqarish, moliya, bank va
sug’urta faoliyati, ta’lim va kadrlarni tayyorlash, turizm, sog’liqni saqlash, ilmiy-
texnikaviy, madaniy, ekologiya, gumanitar va boshqa sohalarda qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat



27
sub’ektlarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek


xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro foydali aloqalarni o’rnatishi va kengaytirishga
qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish sanaladi.
Tashqi savdo faoliyati esa xalqaro tovarlar, ishlar (xizmatlar) savdosi
sohasidagi tadbirkorlik faoliyati bo’lib xisoblanadi. Tashqi savdo faoliyati
tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish yo’li bilan amalga
oshiriladi.
CHet ellik investorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga hamda
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlariga kiritilayotgan
moddiy va nomoddiy ne’matlarning barcha turlari hamda ularga bo’lgan huquqlar,
shu jumladan intellektual mulkka bo’lgan huquqlar, shuningdek chet el
investitsiyalaridan olinadigan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi
hududidagi chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi.
O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi tadbirkorlik va boshqa faoliyat
ob’ektlariga moddiy va nomoddiy ne’matlarni hamda ularga bo’lgan huquqlarni
qo’yish bilan bog’liq tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlari harakatlarining yig’indisi
O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati deb e’tirof etiladi.
Xorijiy hamkorlar bilan o’zaro foydali iqtisodiy hamkorlik o’rnatish va
rivojlantirishga qaratilgan harakat sifatidagi tashqi iqtisodiy faoliyatning
mohiyatidan kelib chiqib, yangi qonunda mazkur faoliyatni amalga oshirishning
asosiy shakllari aniqlab berildi. Bular - xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik;
tashqi savdo faoliyati; xorijiy investitsiyalarni jalb qilish; O’zbekiston
tashqarisidagi investitsiya faoliyatidan iboratdir.
Qonun tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining respublika tashqarisida o’z
vakolatxonalari, filiallari va boshqa alohida bo’linmalarini ochish tartibini nazarda
tutadi. SHuningdek, qonun Vazirlar Mahkamasi va davlat boshqaruvi
organlarining tashqi iqtisodiy faoliyatni yo’lga qo’yish sohasidagi asosiy
vakolatlarini ham tartibga soladi. Ayni vaqtda unda davlat organlarining tashqi
iqtisodiy faoliyatda bevosita ishtirok etishi, ya’ni ularning xalqaro xususiy va
huquqiy munosabatlarga kirishuvi nazarda tutiladi. Ko’rinib turibdiki, O’zbekiston



28
Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi qonuni mamlakatimiz


tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga va uning istiqbolini
mustahkamlashga yordam beradi. SHu bilan birga yangi qonunda mamlakat tashqi
iqtisodiy faoliyati shakl va usullariga kiritilgan tuzatishlar, keyingi yillarda jahon
xo’jalik tizimida ro’y bergan o’zgarishlarni xar tomonlama hisobga olgan holda
iqtisodiy aloqalarning jahon andozalariga javob beradigan zurur shart - sharoitlarni
o’z vaqtida ta’minlash uchun javobgar bo’lgan davlatning yuksak rol o’ynashidan
dalolat beradi.
SHunday qilib, O’zbekiston mustaqillik yillarida respublikada qabul qilingan
barcha huquqiy hujjatlar asosida mustaqil davlat sifatida faol tashqi iqtisodiy
faoliyat ko’rsata boshladi, bundan maqsad jahon xo’jalik tizimiga to’la
qo’shilishdan iborat edi. Bu jarayon O’zbekistonning jahon hamjamiyati
mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari izchil rivojlanib borayotganligida
ko’zga tashlanadi.
O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy strategiyasining muhim tarkibiy
qismi Yevropa Ittifoqi (EI) mamlakatlari bilan munosabatlarini rivojlantirishdir.
Evropa Ittifoqi bilan iqtisodiy aloqalarni huquqiy jihatdan ta’minlash
maqsadida, hamda O’zbekistoning strategik manfaatlarini ko’zlagan holda 1996 yil
21 iyunda sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitim imzolandi va 1999 yil 1
iyuldan kuchga kirdi.
O’zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi
Qonuniga muvofiq hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish va
chuqurlashtirish, tashqi savdoni erkinlashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni
rivojlantirishda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mustaqilligini oshirish,
marketing tizimini takomillashtirish va mamlakat tovarlarini xalqaro bozorlarga
keng ko’lamda kiritish maqsadida 2002 yil 21 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining PF-3151-sonli farmoni qabul qilindi.
Bu farmonda tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada
erkinlashtirish va takomillashtirish to’g’risida quyidagi vazifalar ko’rib chiqildi va
asosiy vazifalar etib quyidagilar belgilandi.



29


tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati o’tkazilishini
ta’minlash va uni rivojlantirish strategiyasini shakllantirishda ishtirok etish;

milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini rivojlan-tirish va oshirish hamda
uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi bo’yicha shart-sharoitlar
yaratish;

respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini ro’yobga
chiqarishga ko’maklashish;

mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari tashqi bozorlarga kirib
borishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash;

xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida davlat siyosatining ro’yobga
chiqarilishini ta’ minlash;

tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish chora- tadbirlari kompleksini amalga
oshirish;

O’zbekiston Respublikasining xorijiy
davlatlar, xalqaro iqtisodiy va
moliyaviy institutlar, boshqa xalqaro hyqyq sub’ektlari bilan savdo - iqtisodiy
va moliyaviy hamkorligi rivojlanishini ta’minlash.
O’zbekiston Respublikasini tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ekti deb e’lon
qiluvchi tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi qonun ayni bir paytda quyidagilar
O’zbekiston Respublikasining vakolatiga taalluqligini aniq belgilab beradi:

tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonuniy asoslarini belgilash;

tashqi iqtisodiy siyosatni, jumladan valyuta kredit siyosatini ishlab chiqish va
amalga oshirish, respublika valyuta jamg’armasini to’plash va foydalanish;

tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni
bajarish;

respublikaning, O’zbekiston huquqiy shaxslari va fuqarolarining manfaatlarini
xorijda himoya qilish;

respublika hududida xorijiy sarmoyadorlar faoliyati uchun huquqiy kafolatlar
belgilash; xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va birlashmalarda ishtirok etish;

respublika Konstitutsiyasiga asoslangan boshqa vakolatlar.
Davlat o’z milliy va butun jamiyat manfaatalrini muhofaza qilish maqsadida



30
tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqaradi, shuningdek ana shu boshqaruv jarayonida


paydo bo’ladigan munosabatlarning ishtirokchilarini qo’llab-quvvatlab yoki tashqi
iqtisodiy faoliyatning ayrim turlari bilan shug’ullanishga noqulay sharoit yaratish
yo’li bilan ta’sir o’tkazadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga davlat ta’siri bevosita yoki bilvosita
bo’lishi mumkin.
Bunday ta’sir tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish chog’ida vujudga
keladigan munosabatlarni boshqaradigan qonunlar hamda me’yoriy hujjatlarni
qabul qilish yo’li bilan o’tkaziladi va uning maqsadi ham jamoat, ham xususiy
manfaatlarni himoya qilishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotini qapop toptirish yo’lida huquqiy jihatdan ko’p ishlar
kilindi. Respublikada huquqiy masalalar ham izchillik bilan shakllantirilib
borilmoqda. Bozor munosabatlarini tsivilizatsiyalashgan shaklda joriy etishga
imkon beradigan qonunlar majmui yaratilmoqda. Hozirgi vaqtda iqtisodiyot
sohasiga tegishli bo’lgan, iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishning huquqiy
negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilindi.
Islohotlarning huquqiy negizini yaratish bir qancha muhim yo’nalishlar bo’yicha
amalga oshirildi.
Iqtisodiy islohotlar huquqiy negizining barpo etilishidagi vazifalardan biri
O’zbekistonni xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatida ta’riflovchi
huquqiy normalarni yaratishdan iborat. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida,
O’zbekistan Respublikasining yetakchi xalqaro tashkilotlarga a’zoligi to’g’risida,
valyutani tartibga solish to’g’risida qabul qilingan qonunlar, asosiy xalqaro aktlar
va bitimlarning O’zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz-ning tashqi
aloqalarining rivojlanishi tarixida sifat jihatidan yangi sahifa ochdi.
Iqtisodiyotimizga chet el investitsiyalarini keng jalb etish, chet ellik
investorlarning huquqlari va manfaatlari ishonchli himoyalashning kafolatlari
ta’minlanishi bo’yicha qonun asoslari qabul qilindi.
Bu O’zbekistonning kelajagi uchun alohida ahamiyatga ega. CHet el
investitsiyalari tashqi dunyo bilan jonli aloqa bo’libgina qolmay, balki chuqur



31
tarkibiy va muayyan tizimdagi o’zgarishlarning qudratli manbai hamdir. Bularsiz


yangilangan jamiyatni qurish aslo mumkin emas.
Mustaqillik yillarida tashqi siyosatimizni yo’lga qo’yishning sosiy tamoyillari
ishlab chiqildi va izchil amalga oshirildi. Bu tamoyillar, avvalo O’zbekistonning
o’z tashqi siyosatini teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, boshqa
mamlakatlarning
ichki
vajlariga
aralashmaslik
negizida
qurishga
intilayotganligidan kelib chiqadi. Biz biron-bir davlatning ta’sir doirasiga
kirmaymiz,-degan qoidaga qat’iy amal qilib kelmoqdamiz va bundan buyon ham
o’z milliy va davlat manfaatlarimizga asoslanib, mafkuraviy qarashlardan qat’iy
nazar, dunyoning barcha mamlakatlari bilan o’zaro munosabatlarni mustaqil
belgilayverishga ahd qilganmiz.
Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida
ishlab chiqilgan hamda, jumladan, Respublikada kichik o’rta biznesni
rivojlantirishga ko’maklashuvchi bir qancha loyihalar, shuningdek iqtisodiyotning
eng manfaatli sohalaridagi loyihalarni moliyaviy jihatdan ta’ minlash dasturi
amalga oshirilmoqda. Respublikamiz tashqi iqtisodiy faoliyat kompleksining 2000
yil yarim yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan majlisda ham kichik biznes korxonalar
eksportni rivojlantirishda yuqoridagi omillar ta’siri ta’kidlab o’tildi.
Ya’ni, kichik biznes tuzilalari tomonidan eksport qilinayotgan
mahsulotlarning sifati, tovar turlarini jahon bozori talablariga javob bera olmasligi,
transport xarajatlarining yuqoriligi natijasida tovarlarning tannarxi yuqori bo’lishi -
ularning raqobatlasha olish qobiliyatining pasayishiga va bevosita eksport
imkoniyatlari kamayishiga sabab bo’lmoqda.
Ilg’or mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, xar qanday mamlakat
iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes tuzilmalari muhim rol o’ynaydi.
CHunonchi, kichik biznes tuzilmalarining YaIMdagi ulushi Buyuk Britaniyada 50-
53 foiz, AQSHda 50-52 foizni, Yevropa hamjamiyati mamlakatlarida 63-67 foizni
tashkil qiladi va bu o’z navbatida mamlakat iqtisodiy rivojlanishida xam, eksportda
ham o’z o’rniga ega.
Bu esa, mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni muvaffiqiyatli amalga oshirish



32
iqtisodiy yuksalish va eksport importlarini yanada takomillashtirishda muhim


ahamiyatga egaligini ko’rsatadi.
Hozirgi kunda respublika tashqi iqtisodiy faoliyat kompleksida kichik biznes
sub’ektlar eksporti hajmini oshirish, uning samaradorlik darajasini ko’tarish uchun
qator omillardan izchilrok foydalanish lozim. SHubhasiz, bu omillar asosini eng
birinchi galda eksportchi sub’ektlar joylashuvi, ihisoslashuv darajasi, ularning
transport, moliyaviy va boshqa infratuzilmalar bilan uyg’unligi, ishlab
chiqarilayotgan tovar va xizmatlarning raqobatbardoshlik darajasi va boshqalar
tashkil qiladi.
Bugungi kunda milliy iqtisodiyotda kichik biznes sub’ektlarining tashqi
iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Bu respublikada
iqtisodiyotning eksportga yo’naltirilgan strukturasini shakllantirish bo’yicha olib
borilayotgan keng miqyosli tadbirlar zamirida yuzaga kelmoqda. CHunonchi,
mazkur muhim tadbirlarda e’tibor berilayotgan bosh jabha, mahalliy xom ashyo
asosida tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish va uning eksportga
yo’ naltirilganlik darajasini oshirishdir.



33
Xulosa


Mamlakatimizda iqtisodiy munosabatlarning bozor qonuniyatlari asosida
rivojlanishining bugungi sharoitida barqaror tashqi iqtisodiy faoliyatga erishish
makroiqtisodiy o’sishni ta’minlashning muhim shartidir. Bugungi kunda
respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni rag’batlantirish, mamlakatning eksport
salohiyatini oshirish hamda eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni kuchaytirish,
ayniqsa viloyatlar ishtirokini faollashtirish hamda samarali tashqi iqtisodiy
faoliyatga erishish maqsadida import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab
chiqarishni rivojlantirish yuzasidan amaliy ishlarni olib borish lozim. Bu borada
mahalliy xom ashyo va resurslarga asoslanish bilan bog’liq davlat ustuvor
siyosatini amalga oshirish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi
bozorga chiqarish tizimi va tashqi savdo infratuzilmasining samaradorligini
oshirish bo’yicha dasturlar majmuini ishlab chiqish talab etiladi.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarining
rivojlnishini siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, qulay sarmoyaviy muhit va soliq
siyosati, boy mineral-xom-ashyo bazasi, energetika mustaqilligi, transport va
ishlab chiqarish infratuzilmasi, mehnat resurslari va intellektual salohiyat, ishlab
chiqarish ixtisoslashuvi kabi omillarga bog’liq deb aytish mumkin.
Kelgusida, Namangan viloyatida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va
tashqi iqtisodiy majmuani yanada takomillashtirish borasida quyidagi masalalarni
hal etish maqsadga muvofiqdir:
Namangan viloyatida tashqi iqtisodiy
faoliyat
qatnashchilari
manfaatlarini ham ichki, ham tashqi bozorlarda himoya qilish;
milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va uning jahon iqtisodiyoti tizimiga
integratsiyalashuvini rag’batlantirishga qaratilgan zaruriy shart - sharoitlarni
yaratish;
tashqi iqtisodiy faoliyatning davlat tomonidan tartibga solish tizimlarini
yanada
eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga
oshirilishini ta’minlash;



34
ishlab


chiqaruvchilar
va
eksportyorlar
faoliyatini
har
taraflama
qo’llab-quvvatlovchi tizimlarni yanada takomillashtirish;
viloyat iqtisodiyotining barcha jabxalarida raqobatbardosh maxsulotlarni
ishlab chiqarishga mo’ljallangan halqaro standartlarni joriy etish.
xorijiy mamlakatlar bilan zamonaviy texnologiyalarni standartlashtirish,
metrologiya va sifatni sertifikatsiya qilish sohasida hamkorlik qilish
ko’lamini yanada kengaytirish;
halqaro standart talablariga mos ravishda sifat ustidan nazorat tizimini joriy
etish;
to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalarni jalb etish va halqaro standartlarga
javob
beradigan
hamda
jahon
bozorida
raqobatbardosh
bo’lgan
mahsulotlarni
ishlab
chiqarish
maqsadida viloyatimizning turli
hududlarida qo’shma korxonalar yaratilishini ta’minlash va ko’paytirish.
Namangan viloyatining MDX mamlakatlari va ayniqsa qo’ shni davlatlar
bilan
savdo — iqtisodiy va moliyaviy hamkorliklarini yanada kuchaytirish;
kichik va o’rta biznes sub’ektlari tashqi iqtisodiy faoliyati
rivojlanishiga hamkorlik qilish;
Halqaro transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish orqali eksport
tovarlarining transportda tashish xarajatlarini kamaytirish va h.k.



35


Download 84,25 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 84,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning huquqiy va me’yoriy

Download 84,25 Kb.