1.2. O’zbekistonning jahon xo’jalik tizimiga integratsiyalashuvida tashqi
iqtisodiy aloqalarning ahamiyati
Mustaqil O'zbekiston nafaqat jahon siyosati balki jahon iqtisodiyotiga ham tez
kirib bormoqda va qator mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini o'rnatish va
rivojlantirishga intilmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro hamkorlikning eng
muhim sohalaridan biridir. Turli mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va
17
madaniy aloqalarini tobora takomillashib borishi, ayrim tarmoqlarni zamonaviy
texnika va texnologiya bilan qurollanishga, yer-suv, qazilma boyliklar va mehnat
resurslaridan samarali foydalanish imkonini yaratadi.
Jahon talablari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish,
ularning raqobatbardoshliligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi. Buning uchun
sub’ektlarni zamonaviy ilg’or texnologiya, eng yangi uskunalar, ayniqsa kichik va
o’rta sub’ektlar uchun mo’ljallangan ixcham uskunalar bilan jihozlash talab
qilinadi
1
.. Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimotida, tashqi iqtisodiy aloqalarni
samarali yo’lga qo’yish va kengaytirishda faol ishtirok etish uchun respublikada
katta imkoniyatlar mavjud.
O'zbekiston juda qadim zamonlardan buyon ko’hna karvon yili-Buyuk ipak
yo’lida joylashib, tashqi dunyo (G'arb bilan Sharq) bilan faol iqtisodiy a loqalar
olib borgan. Mustaqillik sharofati bilan esa mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi
yo’nalish - tashqi dunyo bilan turli sohalarda hamkorlikka keng yo’l ochildi.
Endilikda O'zbekiston tovarlar, kapital, ishchi kuchini mamlakatlararo tranzit
etishga, jahon iqtisodini integratsiyalash, yirik transmilliy va xalqaro loyihalarni
amalga oshirishga qodir.
Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solish
maqsadida Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy
banki, bojxona qo’mitasi tuzildi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida yangi strategiya ishlab chiqilib, unda
eksportning xom ashyoviy yo’nalishini bartaraf etish hamda xorijiy investitsiyalar
oqimi kengayishiga ko’maklashish kabi yo’nalishlar belgilab olindi. Mamlakatda
tashqi iqtisodiy aloqalar tizimi, ularni yo’lga qo’yishdagi asosiy tamoyillar ishlab
chiqildi. Xorijiy davlatlar firma, bank tizimlari bilan aloqalarni barpo etish yo’lida
siyosiy, huquqiy va tashkiliy omillar yaratildi. "Tashqi iqtisodiy faoliyat
to'g'risida", "Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining
1
И.А.Каримов. Узбекистан иктисодий ислохотларни чукурлаштириш йулида. - Т.: Узбекистан, 1995.
102-103-бетлар.
18
kafolatlari to'g'risida"gi va boshqa bir qator qonun va me'yoriy hujjatlar qabul
qilindi. Ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat
sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun sharoit yaratdi.
O'zbekiston jahon hamjamiyatiga dadil kirib borib, ko’pchilik davlatlar bilan
iqtisodiy, texnikaviy, savdo-sotiq va madaniy aloqalarni amalga oshirmoqda.
Tashqi aloqalar ham ko’p tomonlama, ham ikki tomonlama rivojlanmoqda.
Vatanimizda iqtisodiy faoliyatni keng ko’lamda rivojlantirish, yuksak taraqqiy
etgan davlatlardagi ishlab chiqarishning texnologiya va iqtisodiy jarayonlari bilan
tanishish, xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda qo’shma korxonalar,
supermarketlar, savdo filiallari tashkil qilish imkoniyati yaratilmoqda.
Respublikamiz ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy - mafkuraviy taraqqiyotining
hozirgi bosqichida ko’p ukladli iqtisodiy tizimni tashkil etish, yangi davlat
mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon xo’jaligi tizimiga jadal kirib borishini
ta’minlash sharoitida insonning jismoniy va ma’naviy salohiyatidan, uning aql-
zakovatidan samarali foydalanish, ehtiyoj va manfaatlarni hisobga olish masalalari
birinchi o’ringa chiqadi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishdan
iborat o’z yo’limiz va dasturimizni muvaffaqiyatli amalga oshirish, demokratik
huquqiy davlat va fuqarolar jamiyati qurish vazifasini hal etish bevosita inson,
uning professional bilimlari, mas’uliyati, milliy ma’naviyati, tadbirkorligi,
tashabbuskorligi va boshqa bir qancha fazilatlariga bog’liqdir.
Hozirgi kunda yuzlab korxonalar, xususiy firmalar, kichik biznes vakillari,
fermer va dehqon xo’jaliklari qo’yingki har bir fuqaro respublikamizning iqtisodiy
salohiyatini oshirishga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar.
SHuni ham ta’kidlash lozimki, zamonaviy bilimlarsiz, yangi texnika va
texnalogiyalarsiz bozor sharoitida muvoffaqiyatga erishish mumkin emas.
SHunday ekan iqtisodiyotni boshqarish, ishlab chiqarishni tashkil qilish, tashqi
iqtisodiy faoliyatni samarali amalga oshirish, jahon va ichki bozor
kon’yunkturasini tadqiq qilish, talab va taklif munosabatlari, zamonaviy
menejment va marketing bilan bog’liq bo’lgan bilimlarni puxta egallash bugungi
kun talabiga aylanib bormoqda. Bozor munosabatlari har bir ishtirokchisida o’z
19
iqtisodiy faoliyatini baholash ko’nikmalarini hosil etish, tashqi iqtisodiy aloqalar
bilan bog’liq bo’lgan shartnomalar tuzish, hamkorlarni tanlash, xalqaro marketing
tamoyillaridan o’z faoliyatlarida foydalanish, shular asosida qarorlar qabul qilish,
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning, jahon bozoriga raqobatbardosh
mahsulotlar chiqarishning qudratli omili sifatida maydonga chiqadi.
Respublikamizning jahon hamjamiyatiga qo’shilishining shart-sharoitlari va
tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari mustaqilligimizni qo’lga
kiritish bilan vujudga kela boshladi. Vujudga kelgan vaziyat tashqi iqtisodiy
majmuani boshqarishning o’ziga xos tizimini shakllantirish, aloqalarni yo’lga
qo’yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, respublikamizning jahon
iqtisodiy hamjamiyatiga qo’shilish yo’llarini belgilashni taqazo etdi.
O'zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati keng qamrovli bo’lib bormoqda.
Mamlakatimizda chet el firmalari mablag'i ishtirokida tuzilgan qo’shma korxonalar
soni 6 mingdan oshib ketdi. Hozirgi vaqtda O'zbekistonni dunyoning 170 ga yaqin
mamlakati tan olgan, shundan 140 dan ortig’i bilan diplomatik munosabatlar
o'rnatilgan. Poytaxt - Toshkentda 50 ga yaqin mamlakatning elchixonalari faoliyat
ko’rsatmoqda. O'zbekistonning chet mamlakatlarda elchixonalari, konsulliklari va
30 dan ortiq vakolatxonalari ishlab turibdi.
O’zbekiston
Respublikasining
birinchi
prezidenti
I.Karimovning
“O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishining o’ziga xos yo’li”,
“O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”, “O’zbekiston iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida” va “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarlarida tashqi
iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning asosiy tamoyillari o’z aksini topgan.
O’zbekiston o’zining tashqi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda
milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, yaratilgan tamoyillarga qat’iy rioya qiladi,
ularni boyitib va kengaytirib borib, tashqi siyosiy hamda iqtisodiy faoliyatning
asosiy yo’nalishlarini qat’iyat va izchillik bilan turmushga tadbiq etadi
4 5
.
Mavjud imkoniyatlardan samarali va oqilona foydalanish natijasida
respublikamizning kuch va qudratini, iqtisodiy salohiyatini oshirish, xalqaro
20
mehnat taqsimotida o’z o’rnini egallashida iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlarini
rivojlantirish, import o’rnini bosadigan va eksportga mo’ljallangan mahsulotlar
assortimenti, hajmini kengaytirish bugungi kunning asosiy vazifasidir.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan,
hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish
hajmi 8 foiz, qishloq xo’jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari
hajmi salkam 18 foizga oshdi.
5
2015 yilda O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25,3 mlrd. AQSH dollarini
tpshkil etgan. Bu ko’rsatkich 2012 yilda 26,286 mlrd AQSH dollariga teng
bo’lgan.
Ayni vaqtda, O’zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash
hajmida ham bir muncha pasayish 2015 yilda kuzatiladi. Mazkur yilda tashqi
savdo ko’rsatkichi 9,9 mlrd.ga teng bo’lgan. 2012 yilda esa 12,4mlrd.ni dollarni
tashkil etgan di.
Boshqa mamlakatlar bilan tovar ayirboshlash hajmi 15,4 mlrd dollarni tashkil
etgan holda oldingi yillarga nisbatan bir muncha ortganligini ko’rish mumkin.
2012 yilda 13,884 milliard dollarni tashkil etgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, 2015 yilda O’zbekiston eksport hajmi 2014 yilga
nisbatan 5,0 foizga kamayib, yuqorida ta’kidlanganidek 25,3 milliard dollarni
tashkil etgan, import hajmi esa 11,2 foizga kamaygan va 12,4 mlkd. dollarga
yetgan.
Respublikamiz tashqi savdosida nafaqat miqdoriy o’zgarishlar yuz berib
qolmasdan, balki tarkibiy o’zgarishlar ham amalga oshirildi. Asta sekinlik bilan
eksport tovarlari tarkibida xom-ashyo emas tayyor mahsulotlar ulushi sezilarli
darajada oshib bormoqda, shu bilan birga import tarkibi ham o’zgarib bormoqda.
Asosiy e’tibor mashina va asbob- uskunalar, yangi texnologiyalar va “nou-xau”
keltirishga qaratilmoqda
Tashqi iqtisodiy faoliyatda Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko’p tomonlama
aloqalarni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Respublikamizning Yaqin
SHarq va Janubiy-SHarqiy Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlarga yaqinligi va
21
chegaradoshligi, Yevropa va Osiyo mamlakatlari savdo yo’lida joylashganligi
tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bu eksportga
ixtisoslashgan qo’shma korxonalarni yaratish, tabiiy resurslardan foydalanish
bo’yicha chegaradosh xo’jaliklarni tashkil qilish, erkin iqtisodiy mintaqalarni
shakllantirish negizida tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada rivojlantirish
imkoniyatlari vujudga keladi. Respublikamizning qadimiy “Buyuk Ipak Yo’li” da
joylashganligi sababli yevroosiyo iqtisodiy va madaniy ko’prik vazifasini o’tashi
mumkin. Ana shunday ko’prik doirasida tovarlar, texnologiyalar, sarmoyalar,
ishchi kuchi, madaniy qadriyatlarning harakat qilishi va ayriboshlanishi uchun
qulay shart-sharoit yaratilishi mumkin.
Hozirgi kunda respublikamizda importni o’rnini qoplash va eksportga
yo’naltirilgan ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xorijiy sarmoyalarni ustuvor
yo’nalishlarga jadalroq jalb qilish, ularga kafolat va imtiyozlar berish, litsenziya,
“nou-xau”lar sotib olishda, kadrlarni tayyorlashda valyuta tushumlarini sarflashda
erkinliklar berishga qaratilgan izchil siyosat olib borilmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish ushbu sohada boshqaruvni
takomillashtirish, eng avvalo sanoat korxonalarining boshqarish va iqtisodiy
rag’batlantirish tizimini yaratishga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Jahon talablari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish,
ularning raqobatga bardoshliligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi. Buning
uchun korxonalarni zamonaviy ilg’or texnologiya, eng yangi uskunalar, ayniqsa
kichik va o’rta korxonalar uchun mo’ljallangan ixcham uskunalar bilan jihozlash
talab qilinadi
6
. Haqiqatdan ham jahon bozori tovarlarga, ularning sifatiga yuksak
talab qo’yadi, raqobat kurashida yenga olgan korxonagina o’z tovarini sota oladi.
4
И.А.Каримов. Узбекистоннинг уз истиклол ва тараккиёт йули. - Т.:Узбекистон, 1992. 24-27 бетлар.
5
Узбекистан Республикаси биринчи Президент Ислом Каримовнинг “Бош максадимиз - мавжуд
кийинчиликларга карамасдан, олиб бораётган ислохотларни, иктисодиётимизда таркибий узгаришларни
изчил давом эттириш, хусусий мулкчилик, кичик бизнес ва тадбиркорликка янада кенг йул очиб бериш
хисобидан олдинга юришдир”. // Мамлакатимизни 2015 йилда ижтимоий-иктисодий ривожлантириш
якунлари ва 2016 йилга мулжалланган иктисодий дастурнинг энг мухим устувор йуналишларига
багишланган Вазирлар Махкамаси мажлисидаги маърузаси . - Т.: "Халк сузи” газетаси, 2016 йил, 22 январь.
22
Umuman olganda, Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda xorijiy
sarmoyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, hamda zarur
bo’lgan infrastrukturalarni yaratishga katta ahamiyat berilmoqda. Bular jumlasiga
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Xorijiy
sarmoyalar bo’yicha agentlik, “O’zbekinvest” eksport-import sug’urta
kompaniyasi, AQSH bilan hamkorlikda tuzilgan “O’zAIG” interneyshnl sug’urta
kompaniyasi va hokazolarni kiritishimiz mumkin. Bu tashkilot va muassasalar
respublikamizga xorijiy sarmoyalarning kirib kelishini tezlashtirishda, ustuvor
yo’nalishlarni aniqlashda, ularni sug’urtalashda, bank va konsalting xizmatlari
ko’rsatishda o’z hissalarini qo’shmoqdalar. Natijada esa xorijiy sarmoyalarning
ulushi yil sayin oshib mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanib bormoqda.
|