Reja: I kirish II asosiy qism




Download 84,25 Kb.
bet4/9
Sana17.11.2023
Hajmi84,25 Kb.
#100344
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Tashqi savdo tarkibini takomillashtirish va diversifikats-fayllar.org

II Asosiy qism 
1.1. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va 
o’rni 
Bozor munosabatlariga o’tgan va o’tayotgan mamlakatlar uchun tashqi
iqtisodiy faoliyat va tashqi savdo hayotiy zaruratdir. Umumjahon xo’jaligi tobora
rivojlanib, takomillashib borgan sari mamlakatlararo iqtisodiy munosabatlarning
doirasi va ko’lami ham kengaya boradi. Mamlakat iqtisodiyotining umumjahon
iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvining asosiy sharti ham tashqi iqtisodiy
faoliyatning rivojlanishidir.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov “...eksport
imkoniyatini kengaytirish, jahon bozoriga kirib borish uchun avvalo, qimmatbaho
xom ashyoni qayta ishlash negizida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo’shma
korxonalarni rivojlantirish zarur. Xorijiy sheriklar bilan birgalikda zamonaviy
ixcham korxonalar barpo etib, ularni mehnat resurslarining manbalari bo’lmish
qishloqqa yaqinlashtirish lozim”
3
- deb bejiz ta’kidlamagan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda, mamlakatdagi yuridik va jismoniy
shaxslarning xorijiy davlatning yuridik va jismoniy shaxslari hamda xalqaro
tashkilotlar bilan olib boradigan o’zaro manfaatli iqtisodiy aloqalari (faoliyati)
tushuniladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanganlik darajasi asosan mamlakatning
iqtisodiy taraqqiyot darajasiga, davlatning tashqi siyosati va strategiyasiga bevosita
bog’liqdir. SHu bilan birgalikda tashqi iqtisodiy faoliyatga ta’sir ko’rsatuvchi bir
qator omillar mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
- mamlakatning tabiiy-iqlimiy sharoitlari;
- mamlakatning industrial taraqqiyot darajasi;
- ishlab chiqarishning ilmiy-texnikaviy va texnologik salohiyati;
- mamlakatdagi demografik vaziyat va aqliy salohiyat;
- xalq mentaliteti va milliy an’analari;
3
Каримов И. А. Узбекистан буюк келажак сари. Тошкент. “Узбекистан”. 1998, 146 бет



8
- aholining xarid qobiliyati.


xar qanday davlat ham o’zining tashqi iqtisodiy faoliyat strategiyasi va
yo’nalishlarini o’zining hayotiy ehtiyojlaridan, mamlakatning mudofaa xavfsizligi
manfaatlaridan va nihoyat, o’z aholisining turmush darajasini oshirish
maqsadlaridan kelib chiqqan holda belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat davlat tomonidan
tartibga solinadi. Buning uchun, avvalambor, bu faoliyatning qonunchilik negizini
shakllantirish, uni rivojlangan mamlakatlarda amal qiluvchi qonunchilikka tobora
muvofiqlashtira borish o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyoti rivojlanayotgan, o’z tashqi iqtisodiy aloqalarini faollik bilan
kengaytirib
borishga
intilayotgan
mamlakat, so’zsiz, erkin bozorning
stixiyasigagina umid qilib qolmaydi: davlat rivojlanishning kafili, ta’minlovchisi
sifatida faol ravishda harakat qilishi lozim. Tashqi iqtisodiy aloqalarni davlat
tomonidan tartibga solinishi ob’ektiv ravishda zarur. SHu bilan birga, tashqi
savdoni tartibga solish mexanizmlari va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa
shakllarini o’zgarib borayotgan zamonaviy ichki va tashqi sharoitlarga
moslashtirish talab qilinadi. O’zbekistonda mazkur sohadagi o’zgartirishlar ayni
tashqi iqtisodiy siyosatni barcha yo’nalishlar bo’yicha erkinlashtirish bilan va
birinchi navbatda respublikada «ochiq model»ni shakllantirish bilan bog’liq
bo’lgan edi.
O’zbekiston uchun iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish «ochiq model»ning
afzalliklari quyidagilardan iborat:
> xalqaro savdoga boradigan yalli ichki mahsulot (YaIM) ulushi ko’paygan
sayin mamlakat jahon bozorining kon’yunkturasi tufayli, xalqaro mehnat
taqsimotining
afzalliklaridan foydalanib, o’z milliy daromadi ko’payishini
tezlashtirish va yuksaltirishning sifat jihatidan yangi imkoniyatiga ega bo’ladi.
SHunga ko’ra, uning milliy xo’jaligida tashqi iqtisodiy aloqalar jadal iqtisodiy
yuksalishning muhim omili bo’lmoqda;
> jahon xo’jaligiga qo’shilish mamlakatda uning iqtisodiyotida xali sust
bo’lgan yoki mavjud bo’lmagan bozor mexanizmlari va institutlarini jadal



9
rivojlantirish imkonini beradi. Bu esa, birinchi navbatda, raqobat, fond bozori,


kreditlash va sug’urtalashga taalluqli bo’lib, kengroq ma’noda aytganda,
O’zbekistonda haqiqiy ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishga ko’maklashadi;
> chet elga mahsulot yetkazib berishlarni dunyoda umum qabul qilingan
tijorat asosiga o’tkazish ularni qo’llagan ma’muriy buyruqbozlik tizimiga xos
taqsimot va narxlarga oid tarkibiy qismlarining tashqi iqtisodiy quyqalaridan xolos
etadi. SHunga ko’ra, O’zbekiston tashqi savdosi samaradorligini oshiradigan
rezervlar yuzaga chiqa boshlaydi;
> O’zbekiston jahon bozoridagi ehtiyojlar va resurslarning o’zgargan
balansini hisobga olib, o’z milliy manfaatlariga javob beradigan Respublikaning
yangi tashqi iqtisodiy ihtisoslashuvini shakllantiradigan o’z mustaqil tuzilmaviy
siyosatini ishlab chiqarmoqda, o’z eksportida xom-ashyo tarmoqlari mahsulotlari
ulushi asta-sekin kamaytirilib, tayyor mahsulot ulushi oshirib borilmoqda;
> jahondagi
o’zgarib
borayotgan
siyosiy
voqeliklar
endilikda
O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar faoliyatida siyosiy
bayonotlar bilan chiqish tarzida emas, balki bevosita xo’jalik ishtirokchisi sifatida
qatnashishini, o’z davlat iqtisodiy manfaatlarini amalga oshirish uchun ko’p
tomonlama asosda ularning yordamidan foydalanishini faollashtirmoqda.
SHu bilan birga, «ochiq iqtisodiyot», mutaxassislar fikricha, xalq
xo’jaligining takror ishlab chiqarishga va tuzilmaga oid mutanosibliklarini jiddiy
o’zgartiradi, o’zining qaltis tomonlariga ega bo’ladi va shu bois u bozor
munosabatlarini rivojlantirishning murakkab va qiyin davrida barcha illatlardan
xolos etadigan qandaydir «ming dardga davo» sifatida tushunilmasligi kerak.
Xalqaro iqtisodiy aloqalar o’z mazmun va mohiyatiga ko’ra har qanday davlat
iqtisodiyotining barqarorligi va rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatuvchi omilga
aylanib qoldi. SHuning uchun xo’jalik aloqalarini xalqaro miqiyosda
integratsiyalashuvini kengaytirish va chuqurlashtirishga berilayotgan e’tibor tobora
kuchayib bormoqda.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni taraqqiy ettirish mustaqil rivojlanish yo’liga o’tgan
respublikamiz uchun, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Sobiq Ittifoq tarkibida



10
bo’lgan vaqtda O’zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqa


qilish imkoniyatidan mahrum bo’ldi. Xo’jalik yuritishning yopiq sharoitida
mamlakatda faqat orzu qilish mumkin edi xolos. Ishchi kuchining xalqaro
miqyosida
migratsiyasi
mutlaqo
rivojlanmagan
edi.
SHuning
uchun
o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar eng qisqa muddatlarda O’zbekistoning jahon
xo’jalik tizimiga keng huquqli a’zo bo’lib kirishi va barcha mamlakatlar bilan
o’zaro manfaatli hamkorlik qilishini ta’minlashga qaratilgan.
Bu bir tomondan yangi texnologiyalarni boshqarish tajribasi va bilimlari,
xorijiy sarmoyalarni mamlakatimizga olib kirilishini ta’minlasa, ikkinchi
tomondan O’zbekistonning boy tabiiy resurslari va ishlab chiqarish
imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga ko’maklashadi.
Jahonning 40 dan ortiq yirik davlatlari qatorida xom ashyoning katta
zahiralariga, sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning rivojlangan
tarmoqlariga,
shuningdek shakllangan ishchi kuchiga ega bo’lgan
mamlakatimizning jahon bozoridagi dastlabki qadamlari o’zining samarasini bera
boshladi.
XX asrning so’nggi yillarida jahonning yetakchi mamlakatlari iqtisodiyotidagi
tub sifat o’zgarishlarining kuchayib borishi xalqaro munosabatlarning hozirgi
bosqichida quyidagi xususiyatlarini belgilab beradi:

Download 84,25 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 84,25 Kb.