MHT da milliy boylik tasnifi




Download 144,35 Kb.
bet8/10
Sana13.02.2024
Hajmi144,35 Kb.
#155692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
umidjon
1 курс Бошлангич таълим семестровка СИРТКИ 32 лик, элементарная математика 2022, 1. O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining ya, A.Obidjon, Tabiatdagi simmetriya, Muminov , 11-mavzu. Iqtisodiy indekslar reja Indekslar to’g’risida tushun, elektr-yuritma-asoslari-fanidan, klaviatura, Masofaviy ta’lim texnologiyasi, Reja Mexanik harakat, Ona yurtim tabiati, РПЛРПЛ, hgfhgf, uiuhiuhuh

MHT da milliy boylik tasnifi Milliy boylik statistikasini tadqiq qilishda uning barcha qirralarini takomillashtirish borasida BMT ning MHT-93 dagi kontseptsiyasiga tayaniladi. Ushbu kontseptsiyaga muvofiq mamlakat (tarmoq, sektor, hudud) ning mulkiy holati – milliy boyligi sof aktivlar qiymatiga tengdir. Bu ko’rsatkichni hisoblashda «Aktivlar va passivlar balansi»dan foydalaniladi. Iqtisodiy aktivlarning hajmi, dinamikasi va boshqa jihatlarini to’laroq o’rganish uchun statistika amaliyotida birinchi navbatda ular tasniflanadi. Tasniflashda turli xil aktivlarni u yoki bu muhim belgisi – xususiyati, xossasiga ko’ra oldindan belgilangan guruhlarga ajratiladi. Bu guruhlar BMT ning statistika komissiyasi tomonidan barcha mamlakatlar uchun standart holida tavsiya etiladi.

Milliy boylik tarkibi quyidagi mezonlarga ko’ra tasniflanadi:  mulkchilik shakllari bo’yicha;  qiymat elementlarining aylanish xarakteriga ko’ra;  iqtisodiy yo’nalishi va takror ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga ko’ra;  natura-buyum shakliga ko’ra;  ma’muriy va iqtisodiy xududlarga ko’ra;  iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlariga ko’ra.

I. Milliy boylikni mulkchilik shakllariga ko’ra tasniflash Milliy boylik hajmini mulkchilik shakllari bo’yicha davlat, xususiy korxona va tashkilotlar, ijtimoiy nodavlat va notijorat tashkilotlar hamda uy xo’jaliklari miqyosida baholashda statistik va buxgalteriya hisobotlari, inventarizatsiya va tanlama kuzatish (masalan, uy xo’jaliklari mol-mulkini hisoblashda) usullaridan foydalaniladi. II. Milliy boylikni qiymat elementlarining aylanish xarakteriga ko’ra tasniflash Bunda, milliy boylik quyidagi turlarga ajratiladi: - asosiy fondlar; - moddiy aylanma mablag’lar; - aholining joriy va uzoq muddatli iste’mol qiladigan mulki. Asosiy fondlar - iqtisodiyotdagi mehnat vositalari hisoblanib, korxona, tashkilot va uy xo’jadigida uzoq muddat (odatda 1 yildan ortiq) xizmat qiladi, qiymati esa milliy buxgalteriya standartiga ko’ra 50 minimal ish xaqi miqdoridan oshiq bo’lishi lozim. Moddiy aylanma mablag’lar – iqtisodiyotdagi mehnat predmetlari hisoblanib, ular ishlab chiqarish maqsadlarida iste’mol qilinadi va odatda bitta ishlab chiqarish tsiklida o’z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o’tkazadi. Aholining joriy va uzoq muddatli iste’mol qiladigan mulki – aholiga tegishli bo’lgan maishiy, xo’jalik, madaniy va transport vositalari va shaxsiy maqsadda foydalanadigan kiyim-kechak, poyafzal va h.k.lardir. III. Takror ishlab chiqarish jarayonida q



Download 144,35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 144,35 Kb.