Reja: iqtisodiy o‘sish omillari. Iqtisodiy taraqqiyot




Download 144,35 Kb.
bet4/10
Sana13.02.2024
Hajmi144,35 Kb.
#155692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
umidjon

Iqtisodiy taraqqiyot  (frans. modele — oʻlchov, namuna) — mamlakat iqtisodiyotini tashkil etish va rivojlantirishning strategiyasi, maqsadlari, umumiy tamoyillari ifodalangan nazariy qarashlar majmui. I.t.m. tushunchasi 20-asrning 50-y.larida paydo boʻldi. Bu davrga kelib koʻpchilik sobiq mustamlaka mamlakatlar oʻz mustaqilligiga erishib, milliy davlat qurish yoʻliga oʻtgan edilar. Bu vaqtda asosiy 3 yirik taraqqiyot yoʻli boʻlishi mumkinligi haqidagi qarashlar bor edi [(kapitalistik, so-sialistik va sotsialistik yoʻnalish (oriyentatsiya)]. 20-asr oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qatʼiy qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin emasligi, taraqqiyot yoʻllari (modellar) ancha keng koʻlam va maq-sadga egaligi, ulardan birini tanlashda har bir mamlakat oʻz ichki shartsharoitlaridan kelib chiqmogʻi zarurligi maʼlum boʻldi. Iqtisodiyot nazariyasida ayrim olimlar I.t.m.ni davlat tuzumi desa, boshqalar ijtimoiyiqtisodiy formatsiya, uchinchilari esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan yoʻli deb hisoblaydi. I.t.m. iqtisodiy munosabatlarning keng miqyosli tizimi, huquqiy, maʼ-muriy hamda xoʻjalik mexanizmlari orqali boshqariladi. Bunday munosabatlarning subʼyekti mulk egalari, xoʻjalik faoliyati ishtirokchilari, uyushmalar, davlat va xususiy sektor, mamlakat doirasidagi mintaqa va tar-moklar hisoblanadi. Albatta, I.t.m.ga axloq va dunyoqarash, mentalitet, turmush tarzi, madaniyat kabi ijtimoiy meʼyorlar oʻz taʼsirini maʼlum dara-jada oʻtkazadi.

I.t.m. global va milliy harakterda boʻladi. Hoz. vaqtda taraqqiyotning bir qator tipik global modellari shakllangan. Ular orasida Osiyo, Yevropa, Lotin Amerikasi, Osiyo-Tinch okeani, Afrika va postsovet I.t.m.larini koʻrsatish mumkin. Ular ichki taraqqiyot omillari, shartsharoitlari, i.ch. tuzilmasi va b. jihatlari bilan bir-birlaridan tubdan farqlanadi. Misol uchun osiyocha taraqqiyot modeli jamoaning kuchli pozitsiyasi va diniy omilga asoslangan boʻlib, bu modelda undiruvchi sanoat va qishloq xoʻjaligi asosiy oʻrinda tursa, yevropacha modelda iqtisodiy taraqqiyotning ijtimoiy yoʻnaltirilganligi, xususiy tashabbusning yuqori darajada rivojlanganligi, biznesni qoʻllab-quvvatlash va soliq undirishning sharoitiga moslanuvchan tizimi, jamiyatning texnokratik yoʻnalishi, yalpi ichki mahsulotda xizmat koʻrsatish sohasining yuqori hissasi koʻzga tashlanadi. Lotin Amerikasi modeli xom ashyo tamoyiliga qurilgan boʻlib, undiruvchi sanoat tarmoklarining rivojlanganligi, mehnat resurslarining or-tiqchaligi, xufyona narkokapitalning yuqori hissasi, eksportning past, tovar va xizmatlar importining esa yuqori darajasi, iqtisodiyotda mayda tovar i.ch.ning sezilarli darajasi bilan harakterlanadi. 70—80-y.larda shakllangan Osiyo-Tinch okeani modelining tipik xususiyati — yuqori tex-nologiyaga egaligi, tabiat va inson resurslaridan oqilona foydalanish, i.ch. ilmiy bazasining rivojlanganligidir. Afrika I.t.m. tipik xom ashyo yoʻnalishi, iqtisodiyotda past unumdorlik darajasi, mehnat resurslarining or-tiqchaligi, aholi turmushining past darajasi, infratuzilmaning rivojlanmaganligi, urugʻchilik, qabilalar oʻrtasidagi urushlar, ijtimoiy-siyosiy beqarorlik bilan tavsiflanadi.


Download 144,35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 144,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: iqtisodiy o‘sish omillari. Iqtisodiy taraqqiyot

Download 144,35 Kb.