Reja: iqtisodiy o‘sish omillari. Iqtisodiy taraqqiyot




Download 144,35 Kb.
bet5/10
Sana13.02.2024
Hajmi144,35 Kb.
#155692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
umidjon

Postsovet I.t.m. MDH mamlakatlariga xos boʻlib, ularni i.ch. texnologiyasining umumiy xususiyati, yagona standartlar, iqtisodiyotni isloh qilishning umumiy vazifalari birlashtiradi. Sobiq Ittifoq respubli-kalarining 70 yildan ortiq birga boʻlishi iqtisodiy munosabatlarning yaqinlashuviga oʻz taʼsirini oʻtkazmasdan qolmagan. Oʻtgan asrning 90-y.lari boshida va hatto uning oʻrtalariga kelib ham bu mamlakatlar tashki savdo oborotining yarmidan koʻprogʻi MDHga toʻgʻri kelar edi. Ammo keyinchalik bu tendensiya milliy taraqqiyot modellarida yetakchi oʻrinni egallay olmadi. Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy fa-oliyatida sanoati rivojlangan mamlakatlar birinchi darajaga koʻtarildi. 90-y.ning boshlarida Oʻzbekistonning oldida bir qator strategik rivojlanish yoʻllari paydo boʻlgan edi. Ularni 4 yoʻnalish — xom ashyo, agrar, industrial, xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish boʻyicha guruhlash mumkin. Ulardan har biri respublika uchun real I.t.m. boʻlishi mumkin edi. Ammo xom ashyo yoʻlini tanlash tabiiy boyliklarni yanada talon-toroj qili-nishi, aholini ish bilan taʼminlash muammosi sanoatning undiruvchi tarmoqlariga zoʻr berishga olib kelardi. Ittifoq ixtisoslashuvi bu yoʻnalishni keltirib chikargan edi.

Agrar I.t.m. agrosanoat majmui (ASK.) tarmoklarini rivojlantirishni taqozo qilib, aholining asosiy qismini qishloq xoʻjaligi bilan band qilishga olib kelar edi. Industrial I.t.m.ning sa-maradorligini Jan.sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribasi tasdiklagan. Taraqqiyotning xizmat koʻrsatish yoʻnalishi ham Oʻzbekistonga qoʻl kelishi mumkin edi. Bu yoʻldan borayotgan Yevropa mamlakatlarida yalpi ichki mahsulot(YAIM)ning 40% shu soxdda yara-tiladi. Baʼzi mamlakatlarda turizm YAIMning 25% ni hosil qiladi. Oʻzbekiston yukrrida sanalgan modellardan birontasidan voz kechmadi, balki oʻzining I.t.m.da ulardan foydalandi. Boy tabiat resurslari, uni qayta ishlash va undan maqsadga muvofiq foydalanish chet el investitsiyalarini kiritish imkonini bermoqda. ASK rivojlanishi qishloq aholisini ish bilan taʼminlashga olib kelmoqda. Qishloqda mamlakat aholisining 60% yashaydi. Industrial taraqqiyot iqti-sodiyotni eksportga, import oʻrnini bosadigan tovarlar i.ch.ga undamoqda. Xizmat koʻrsatish sohasi bozor islohotlarining ijtimoiy yoʻnalishini kuchaytirmoqda. Oʻzbekistonning I.t.m. xalqning tarixiy tajribasi, anʼanaviy madaniyati bilan belgilangan. Chun-ki islomning xususiyati shundaki, u fakatgina din emas, balki unga sigʻinadigan xalqdarning turmush tarzidir. Shuning uchun ham 70 yildan ortiq davr mobainida tashqaridan tiqishtirilgan "sovet turmush tarzi" bu yerda keng tomir otmadi.


Download 144,35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 144,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: iqtisodiy o‘sish omillari. Iqtisodiy taraqqiyot

Download 144,35 Kb.