|
Reja: iqtisodiy o‘sish omillari. Iqtisodiy taraqqiyot
|
bet | 3/10 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 144,35 Kb. | | #155692 |
Bog'liq umidjonO‘zbekiston Respublikasida ham so‘ngi yillarda yuqoridagi omillarga katta e’tibor qaratilyapti. Misol uchun, mamlakatda 2022- yil yakuni bo‘yicha yalpi ichki mahsulot hajmi qariyb 888.4 trl so‘mni tashkil qildi. Bundan eng yuqori hissa qo‘shgan tarmoq bo‘lib xizmatlar va sanoat hisoblanadi. Mamlakatimizda ham iqtisodiyotni rivojlantirish hamda O‘zbekiston respublikasida talab va taklif, ish bilan bandlik va ishsizlik va shunga o‘xshash masalalarda muvozanatni saqlash uchun prezidentimizning PF-60-sonli “2022-2026 yillarga moljallanganYangi O‘zbekiston Taraqqiyot Strategiyasi” to‘grisidagi farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonning III-yo‘nalishi “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” deb ataldi va quyidagi maqsadlarni o‘z ichiga oldi ➢ Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6 baravar va 2030-yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish. ➢ Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish. ➢ Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish. ➢ Raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish. ➢ Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSh dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini ko‘rish. ➢ Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSh dollaridan 7 milliard AQSh dollariga yetkazish. ➢ Respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026-yilda respublika eksport hajmlarini 30 milliard AQSh dollariga yetkazish. ➢ Suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish va suvni iqtisod qilish bo‘yicha alohida davlat dasturini amalga oshirish. ➢ Hududlarni mutanosib rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiyotni 1,4 — 1,6 baravarga oshirish. ➢ Hududlarning muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tizimini hamda xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish. Xulosa qilib aytganda, barqaror iqtisodiy o‘sish barcha davlatlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shuning uchun, iqtisodiy o‘sishni amalga oshirish uchun jamiyatdagi barcha ,ta’lim,sog’liqni saqlash, sport, iqtisodiyot, xalqaro aloqalar,soliq tizimi va shunga o‘xshash soha va tarmoqlarni bir butunlikda isloh qilish zarur bo‘ladi.
|
| |