Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta’minlashning tashkiliy huquqiy asoslari




Download 68.21 Kb.
bet5/8
Sana27.02.2024
Hajmi68.21 Kb.
#163585
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Reja kirish 1-bob. Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini-fayllar.org
70110201 TA\'LIM VA TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI MAKTABGACHA, Metallarni payvandlash asoslari. Payvandlashning maxsus usullari-fayllar.org, Отаева Гулноза Махмудовна 2, eko 2 lab 22, Автоматик, Yangi maqola, CamScanner 2023-12-10 16.38, Untitled document.edited, Determinantlar va ular ustida amallar (1), Oilalar gul tuzilishi, \'Тўйинмаган ( этилен ва гомологлари ) (2), AZIZ PALIGON, 1 - tajriba ishi, Mavzu Obyektlarni transformatsiyalash Reja-fayllar.org, 13-mavzu masaj. Sudjokda massaj usullari
1.3.Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta’minlashning tashkiliy huquqiy asoslari
Mamlakatimizda byudjet tizimi taraqqiyotining hozirgi bosqichi davlatning yaxlit byudjet va ijtimoiy siyosatining manfaatlari mushtarakligini ta’minlash asosidagi o‘ta mas’uliyatli vazifalarini samarali boshqarilishi talab etmoqdaki, ushbu vazifani ikki jihatini ajratib ko‘rsatish muhimdir. Birinchidan davlat ijtimoiy siyosatining joylardagi ijobiy ijrosi yoki hududiy iqtisodiyot muammolari keskinlashuvining oldini olinishidir, ikkinchidan mahalliy byudjet huquq va majburiyatlaring kengayib borishi sharoitida shunga mos tarzda ular imkoniyatlarini yaxshilashning zarurligidir. Ushbu har ikki jihatning o‘zaro bog’liq tarzda birgalikda olib borilishi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoting hozirgi kundagi o‘ta muhim moammosini ijobiy hal etishga imkon beradi.
Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy ehtiyojlarni to‘laroq hisobga olish va ularni davlat markazlashtirilgan tartibda amalga oshiradigan chora-tadbirlar bilan to‘g‘ri muvofiqlashtirish imkonini beradi. Shuning uchun mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjetga daromadlar kelib turishini va resurslardan maqsadli foydalanishdan manfaatdorlar, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning o‘sish sur’atlari mahalliy zaxiralarni safarbar etishga, mablag‘larni rejali sarflashga doir ishlarni tashkil etishga bevosita bog‘liq bo‘lib, bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjetini muvaffaqiyatli bajarishga imkon yaratadi.
Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda mahalliy byudjetlar huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa mexanizmlar bilan tartibga solinib qo‘yilgan bo‘lib, ular mahalliy byudjetlarni samarali faoliyat yuritishlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi Hududiy iqtisodiyotni rivojlantish va mahalliy byudjetlar imkoniyatlarini hamda iqtisodiy erkinlashtirish shart-sharoitida mahalliy byudjetlarni shakllanishiva ijrosini ta’minlashda mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy va huquqiy rolini oshirish yo‘nalishlarining ilmiy tadqiqi hozirgi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Biz bilamizki byudjetlarning mustaqilligini byudjet tizimining asosiy tamoyili sifatida belgilangan bo‘lib ushbu tamoyil turli darajadagi vakolatli hokimiyat organlarining o‘zlariga berilgan vakolatlari doirasida byudjet jaroyonini mustaqil ravishda amalga oshirish huquqlarini angaltadi. Har bir darajadagi byudjet daromadlarining o‘z manbalari shuningdek, joylardagi vakolatli hokimiyat organlarining qonunlarida belgilangan doirada mahalliy soliqlar va yig’imlar soliq stavkalrini o‘zgartirish huquqini qonun asosida mustahkamlab qoyilgan. Daromadlar manbalari belgilanishi va ular mahalliy byujetlarga tushishi qonun asosida mustahkamlab qo‘yilishi mahalliy hokimiyat organlarining mustaqilligi va byudjetlarni shakllantirishdan manfaatdorligini oshiradi.
Mahalliy byudjetlariizning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish, ularning faoliyatini tartibga solishda quyidagilar tashkiliy huquqiy asos sifatida qaralmoqda:
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi.
Byudjet Kodeksi orqali mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasi, xarajatlar yo‘nalishlari, Byudjetlar orasidagi munosabatlar, byudjet sohasidagi vakolatlar hamda turli holatlr tartibga solinadi. Aynan Byudjet Kodeksiga ko‘ra hududiy moliya organlari quyidagi vakolatlarga ega:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalarini tayyorlaydi hamda ularni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
  • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ularning manbalari kesimida to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;


  • tegishli byudjetning ijro etilishi jarayonida unga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha zaxiralarni aniqlaydi;


  • byudjet tashkilotlariga va byudjet mablag‘lari oluvchilarga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini yetkazadi;


  • byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini hamda byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;


  • ushbu Kodeksida nazarda tutilgan tartibda tegishli byudjetlar parametrlariga moliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritadi;


  • tegishli byudjetlarning mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;


  • yuqori turuvchi moliya organlariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga tegishli byudjetning ijrosi to‘g‘risida har choraklik hisobotlarni taqdim etadi;


byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi;


tegishli byudjetlar ijrosining byudjet hisobini yuritadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari balansliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarini moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazadi;
Davlat byudjeti daromadlari prognozini davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlariga har chorakda tegishli ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha etkazadi;
byudjet ssudalarini beradi.
Hududiy moliya organlari qonun hujjatlariga muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.9.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har yilda “O‘zbekiston Respublikasining keying yil asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘grisida”gi Qarori. Ushbu Qaror orqali mahalliy byudjetlarning asosiy manbasi bo‘lmish soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalari, mahalliy byudjetlarga umumdavlat soliqlaridan ajratmalar me’yorlari, mahalliy byudjetlarning aylanma kassa me’yori va boshqa asosiy ko‘rsatkichlar o‘z ifodasini topadi.
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi 913-XII-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni. Ushbu qonun orqali mahalliy hokimliklar, Xalq deputatlarining viloyat, tuman, shahar Kengashining vakolatlari, byudjetni qabul qilishi, Mahalliy hokimiyat organlarining viloyat, tuman, shahar byudjetdan tashqari jamg‘armalari, mahalliy mulk obyektlarini boshqarish va boshqa masalalar o‘z qonuniy ifodasini topgan.
Hududiy davlat boshqaruvi va ijroiya organlarining mahalliy byudjetlar parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Qarorlari. Ushbu Qarorda mahalliy byudjetlarning asosiy parametrlari, yuqori byudjetdan o‘tkazib berladigan daromad va maqsadli subvensiyalar hajmi, Umumdavlat soliqlaridan shahar va tumanlar mahalliy byudjetlariga ajratmalar me’yori, viloyat, shahar va tumanlar mahalliy byudjetlarining aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari, mahalliy hokimliklarning ayrim qarorlariga kititilayotgan o‘zgarishlar mavjud bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. Ushbu Farmonda mamlakatimizni 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar joy olgan bo‘lib, uning asosini quyidagi beshta asosiy ustuvor yo‘nalish tashkil etadi:
Davlat va jamiyat qurulish tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari;
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari;
  • Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘lishlari;


  • Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari;


Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashhamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.


Ushbu yo‘nalishlardan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish bo‘lib, bu sohada qilanayotgan asosiy vazifalardan biri mahalliy byudjetlarning moliyaviy imkoniyatlarini barqarorlashtirish hamda hududlarni har tomonlama rivojlantirish hisoblanadi.
O‘tgan 2017- yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan mahalliy byudjetlar moliyaviy imkoniyatlarini oshirish va mustaqilligini ta’minlashga tashkiliy- huquqiy asos bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar mahkamasining qarorlari hamda tegishli ijro organlarining bir qancha yo‘riqnomalari ishlab chiqildi. Bularning ayrimlari sifatida quyidagilarni qayd etishimiz mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 -yil 7-iyundagi “Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5075 -sonli Farmoni
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 -yil 13 -dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5283 -sonli Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” pq- 3042-sonli qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi “Mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 445-son qarori va boshqa qonuniy-huquqiy hujjatlar.



Download 68.21 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 68.21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta’minlashning tashkiliy huquqiy asoslari

Download 68.21 Kb.