- BOB. MAMLAKATIMIZDA MAHALLIY BYUDJETLAR MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH AMALIYOTINING TAHLILI




Download 68.21 Kb.
bet6/8
Sana27.02.2024
Hajmi68.21 Kb.
#163585
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Reja kirish 1-bob. Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini-fayllar.org
70110201 TA\'LIM VA TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI MAKTABGACHA, Metallarni payvandlash asoslari. Payvandlashning maxsus usullari-fayllar.org, Отаева Гулноза Махмудовна 2, eko 2 lab 22, Автоматик, Yangi maqola, CamScanner 2023-12-10 16.38, Untitled document.edited, Determinantlar va ular ustida amallar (1), Oilalar gul tuzilishi, \'Тўйинмаган ( этилен ва гомологлари ) (2), AZIZ PALIGON, 1 - tajriba ishi, Mavzu Obyektlarni transformatsiyalash Reja-fayllar.org, 13-mavzu masaj. Sudjokda massaj usullari
2- BOB. MAMLAKATIMIZDA MAHALLIY BYUDJETLAR MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH AMALIYOTINING TAHLILI
2.1.Mahalliy byudjetlarning daromadlarini shakllantirishning amaldagi holati tahlili
Mahalliy byudjetlar O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning ixtiyorida aniq moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab extiyojlarni to‘liqroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlar bilan to‘g’ri olib borish imkonini beradi.
Mahalliy byudjetlarning daromadlari – mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari oldidagi muhim strategik ahamiyatga molik bo‘lgan vazifalarning amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan markazlashtirilgan pul fondini shakllantirish bilan bog‘liq pulli munosabatlar shaklidir.
Mahalliy byudjetlarni daromadlarini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi” ning 52-moddasiga asosan amalga oshiriladi. Ushbu moddaga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari:
  • belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, shu jumladan:


  • yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;


  • yagona soliq to‘lovi;


  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;


  • tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan


  • soliq;

  • qo‘shilgan qiymat solig‘i;

  • aktsiz solig‘i;


  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;


  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;


  • mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan:


  • obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;


  • transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;


  • mol-mulk solig‘i;


  • yer solig‘i;


  • yagona yer solig‘i;


  • ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish uchun yig‘im;


  • yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;


  • bozorlardan tushadigan daromadlar;


Boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar, qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari va jarima sanksyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni, huquq bo‘yicha davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.


O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari hisoblanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va o‘simlik yog‘i uchun aktsiz solig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlariga o‘tkazib beriladi.
Mahalliy byudjetlarning daromadlarining 2015-2017- yillardagi salmog‘i keltirilgan mazkur jadvalda daromadlar uch guruhga bo‘lingan, mahalliy soliqlar, Umumdavlat soliqlaridan ajratmalar, subvensiyalar. Jadvaldan ko‘rinadiki, 2015- 2017 -yillarda mahalliy byudjetlar daromadlarining taxminan 25-27 foizi mahalliy soliqlar hisobiga shakllangan, umumdavlat soliqlaridan ajratmalar va boshqa daromadlarnin ulushi 61.6 foizdan 66 foizgacha ko‘tarilishi reja qilinmoqda.
1-jadval 2015-2017 yillarda O‘zbekistonda mahalliy byudjetlar daromadlari tahlili10

Ko‘rsatkichlar


2015-yil


2016-yil


2017-yil


Summa (mlrd.


so‘m)

Salmog‘ i (%)


Summa (mlrd.


so‘m)

Salmog‘i (%)


Summa (mlrd.


so‘m)

Salmog‘ i (%)


Yer solig‘i


929,6

5,0

873,5

4,2

1102,5

5,2

Transport vositalari


egalariga Benzin, dizel va gaz ishlatganlik
uchun soliq

1281,7

6,8

1595,7

7,7

1940,3

9,1

Mol-mulk solig‘i


1716,7

9,2

1874

9,0

1988,8

9,3

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani


rivojlantirish solig‘i

743,5

4,0

668,5

3,2

839,3

3,9

Umumdavlat


soliqlaridan ajratmalar va boshqa daromadlar

11547,1

61,6

13406,3

64,4

14114,8

66,0

Subvensiyalar


2521,8

13,5

2402,9

11,5

1397,1

6,5

Mahalliy byudjetlarning


jami daromadlari

18740,4

100,0

20820,9

100,0

21382,8

100,0

Bunga asosiy sabab sifatida umumdavlat soliqlaridan ajratmalar normativlarini belgilash nisbatlari takomillashtirib borilayotganligini va mahalliy byudjetlarning boshqa daromadlari salmog‘i ham ortib borayotganligi bilan izohlash mumkin. 2018-yilda ham mahalliy byudjetlarni subvensiyadan chiqarish jarayoni davom ettiriladi, chunonchi mahalliy byudjetlar mablag‘larida subvensiyalar ulushi 2015-yilda 13.5 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilda 6.5 foiz bo‘lishi kutilmoqda.


O‘z navbatida Davlat byudjetining shakllanishida mahalliy byudjetlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu rasmdan ko‘rinib turibdiki, mahalliy byudjetlarning 2017 -yildagi o‘zgarish tendensiyasini ko‘rish mumkin.
4-rasm. 2016-2017 -yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari daromadlarining mahalliy byudjet daromadlaridagi ulushi.11

Shu o‘rinda davlat byudjeti barqarorligini ta’minlashda, daromadlar va xarajatlarning bir biriga mutanosib bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliqli tushumlar ekanligini hisobga olib, bugungi kunda Respublikamizda olib borilayotgan byudjet-soliq siyosati mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgandir.


2016-2017-yillardada respublika byudjeti daromadlarining mahalliy byudjet daromadlaridagi ulushi viloyatlar kesmida 5-rasmda keltirilgan. Bunga ko‘ra 2016- 2017 -yillarda mahalliy byudjetlar daromadlarida eng salmoqli o‘ringa ega bo‘lgan oltita hudud Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri hududlarining jamidagi ulushi taxminan 9-12 foiz atrofida, o‘rtacha hududlar sifatida oltita hududni, eng kichik hududlar sifatida esa Jizzax va Sirdaryo viloyatlarini kiritamiz. Oltita yirik hududning mahalliy byudjet daromadlarining jamidagi ulushi 2016-yilda 62.6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2017- yilda 59.9 foiz bo‘lishi reja qilingan.Bundan shu narsa ko‘rinadiki, hududlarning ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan tenglashtirish siyosati ijobiy samara bermoqda.
Respublika va mahalliy byudjetlarni samarali boshqaruvini tizimli tartibga solishda quyidagi chora-tadbirlarni kelgusida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi: soliq yuki darajasini asosli ravishda kamaytirib borish, davlat byudjeti daromadlari tarkibida bevosita va bilvosita soliqlar ulushini oshirish yoki soliqqa tortish nisbatining optimal darajasini aniqlash lozim. Chunki YaIMni soliqlar orqali qayta taqsimlash va davlat xarajatlari salmog‘ining kamaytirilishi iqtisodiyotda ishsizlik darajasini kamayishga xizmat qilib, soliq yukining kamaytishiga mutanosib ravishda davlat xarajatlarining qisqartirilishi yangi ish o‘rinlarini yaratib, ishlab chiqarishni kengaytirishga hamda oxir oqibat iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga olib keladi. Iqtisodiyotda soliqqa tortish mexanizmining ishlash samaradorligini baholashda YaIMdagi soliqlar ulushi bilan Davlat byudjetida ijtimoiy xarajatlar ulushi ko‘rsatkichini o‘zaro bog‘liqlikda tadqiq etish maqsadga muvofiqdir.
Mahalliy byudjetlar daromadlar bazasining mustahkamlanishini va yuqori byudjetga bog‘liqlikning qisqarishini ta’minlash hamda bu orqali mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqilligi va ma’suliyatini oshirish bo‘yicha mamlakatimizda bir qancha chora tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, 2017-yilning 1-iyulidan boshlab Toshkent shahri va poytaxt tumanlarida mahalliy byudjetlarni shakllantirish va xarajat qilishning yangi tartibi tajriba tariqasida amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7- iyundagi "Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PF-5075-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish va xarajatlarini maqbullashtirishda ularning manfaatdorligini oshirishni ta’minlaydigan mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlari va majburiyatlarini belgilashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklariga quyidagilarni ta’minlash yuklatilgan:
o‘z hududidagi soliq to‘lovchilarni to‘liq qamrab olish va soliqlar yig‘iluvchanligini oshirish, yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, ishlamayotgan, iqtisodiy nochor korxonalarni faoliyatini qayta tiklash orqali mahalliy byudjet daromadlarini ko‘paytirish;
tegishli byudjetlarning tasdiqlangan daromadlari rejasini bajarishni, qonunchilik doirasida xarajatlarni, shu jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlash;
byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqini oshirish to‘g‘risidagi farmonlari va boshqa normativ-hujjatlarda belgilangan miqdorlar doirasida oshirish;
byudjet tashkilotlarida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan shtat normativlaridan ortiqcha shtat birliklari kiritmaslik belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 -yil 29 - iyundagi “Mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zahiralarni aniqlash ishlarini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi 445-sonli qarori qabul qilindi. Bunga ko‘ra uchta Nizom ishlab chiqildi. Moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tushumlarni ko‘paytirishga va soliq solinadigan bazani kengaytirishga yo‘naltirilgan ishlarini takomillashtirish borasidagi faoliyatini tartibga solish va o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida Vaqtinchalik Nizomi, tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlar parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash va mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom, Tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspektsiyalari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining daromadlar parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash va mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom qabul qilindi.
2017-yil 13-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 5283- sonli “Mahalliy davlat organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Yuqoridagi Farmon va Qarorlarning qabul qilinishi natijasida mamlakatimizda mahalliy byudjetlar moliyaviy imkoniyatlarini sezilarli ravishda o‘sishiga erishildi.
Avvalo savol tug‘iladi:mahalliy byudjetlar tizimini isloh qilish zaruriyati nimalardan iborat edi?Bu savolga bir nechta sabablarni keltirgan holda javob berishimiz mumkin bo‘ladi. Bular quyidagilar:
Mahalliy byudjetlar mustaqil emas edi, ya’ni daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi yuqori byudjet tomonidan olib qo‘yilardi;
Mahalliy byudjetlarni zimmasiga xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining ish haqini (katta miqdorda) to‘lash yuklab qo‘yilgan edi, lekin bunga mos ravishda barqaror daromadlar bazasi yo‘q edi;
Mahalliy byudjetlar daromadlar rejasini bajarishda imkoniyatlari bir xil emas edi. (masalan, yirik soliq to‘lovchi korxonasi bor tuman bilan asosiy qismi cho‘l zonalarida joylashgan tuman imkoniyatlari turlicha edi);
Mahalliy hokimliklarning mahalliy soliq va yig‘imlar bo‘yicha soliq stavkalarini belgilashdagi vakolatlari kam edi.

Tuman va shahar byudjetlariga shunday soliqlar va to‘lovlar biriktirilmoqdaki, bu tushum turlarida to‘lovchilar soni ko‘pligi, soliq solish bazasining xarakteri ularning barqarorligini ifodalaydi.


5-rasm. Mahalliy soliqlar va yig’imlarning mahalliy byudjetlarga
biriktirilishi16
Shuningdek bu soliqlar va to‘lovlarning yig‘ilishi bevosita mahalliy hokimiyat, moliya va soliq idoralari faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur daromad turlari barcha tuman va shaharlarda mavjudligi hamda ularni yig‘ish joylarda bir xil mehnat talab qiladi. Ayrim soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha aniq stavkalar mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan belgilanadigan bo‘ldi.
Viloyat byudjetiga quyidagi soliqlar va yig‘imlar biriktirilib qo‘yildi:
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
Abonent to‘lovi;
Davlat bojlari;
Jarimalar;
Yo‘l harakati xavfsizligi idoralari (GAI) yig‘imlari.
3-rasm. Soliqlar va to‘lovlarning tuman va shahar byudjetlari va viloyat byudjetlari o‘rtasida taqsimlanadi17

Bu to‘lovlarning viloyat byudjetiga yo‘naltirilishidan maqsad – bu


to‘lovlarning barqaror ravishda tushmay qolishi ehtimolining mavjudligidir. Shuningdek undiruvchi idoralar tuman va shaharlar o‘rtasida tekis taqsimlanmagan.
Quyidagi soliqlar va to‘lovlar viloyat byudjetlari va respublika byudjeti o‘rtasida taqsimlanadi:
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (tuman va shahar byudjetlariga ham ajratma qilinadi);
  • Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;


  • Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;


  • Qo‘shilgan qiymat solig‘i;


  • Ayrim tovarlar uchun aktsiz solig‘i;


  • Qo‘shimcha foyda solig‘i.


Tushumlarning o‘z vaqtida tushmasligi yoki soliq solish bazasining keskin kamayishi natijasida tuman va shahar byudjetlari zarar ko‘rmasligi kerak.


Daromad miqdori yildan yilga o’sib borayotganini ko’rishimiz mumkin. Bu daromadlar mahalliy soliqlar, yig’imlar va boshqalar hisobidan shakillangan.

Yillar davomida soliqlar 2014-yilda 61,813,056.86 ming so’mni tashkil qilgan, 2015-yilda 79,196,313.87 ming so’mni, 2016-yilda 85,662,821.66 ming so’mni, 2017-yilda 80,366,578.13 ming so’mni tashkil qilgan. O’z navbatida soliqsiz daromadlar, yani boshqa daromadlar 2014-yilda 33,528,440.73 ming so’mni tashkil qilgan, 2015-yilda 35,985,265.79 ming so’mni, 2016-yilda 38,184,341.99 ming so’mni, 2017-yilda 32,058,453.32 ming so’mni tashkil qilgan. Soliqli va soliqsiz daromadlarni mahalliy byudjetdagi nisbati aynan davlat byudjetidagi nisbatga yaqin ekanligini, bunda soliqli daromadlar soliqsiz daromadlardan ko’proq salmoqni tashkil qilishini ko’rishimiz mumkin.


Quyidagilar mahalliy byudjetlar ixtiyorida to‘liq qoldirildi:
tegishli byudjetlarning har chorak yakuni bilan shakllanadigan daromadlari prognozining oshirib bajarilgan summasi; (korrektirovka qilinmaydi);
davlat aktivlarini xususiylashtirishdan va ijaradan tushgan tushumlarning 25 foizi; (2017 yilning may oyidan Davlat mulk qo‘mitasining maxsus hisob- raqamiga tushayotgan edi);
Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan tushumlar;
Tegishli byudjetlar xarajatlari umumiy hajmining 1 foizi miqdorida shahar va tumanlar hokimliklari zahira jamg‘armasini belgilandi.

Download 68.21 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 68.21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- BOB. MAMLAKATIMIZDA MAHALLIY BYUDJETLAR MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH AMALIYOTINING TAHLILI

Download 68.21 Kb.