Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalalari




Download 68.21 Kb.
bet4/8
Sana27.02.2024
Hajmi68.21 Kb.
#163585
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Reja kirish 1-bob. Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini-fayllar.org
70110201 TA\'LIM VA TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI MAKTABGACHA, Metallarni payvandlash asoslari. Payvandlashning maxsus usullari-fayllar.org, Отаева Гулноза Махмудовна 2, eko 2 lab 22, Автоматик, Yangi maqola, CamScanner 2023-12-10 16.38, Untitled document.edited, Determinantlar va ular ustida amallar (1), Oilalar gul tuzilishi, \'Тўйинмаган ( этилен ва гомологлари ) (2), AZIZ PALIGON, 1 - tajriba ishi, Mavzu Obyektlarni transformatsiyalash Reja-fayllar.org, 13-mavzu masaj. Sudjokda massaj usullari
1.2.Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalalari
Mamlakatimizda olib borilayotgan byudjet-soliq siyosatiga ko‘ra mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash asos qilinib, u o‘zining tashkiliy-huquqiy asoslari bilan ifodalanadi. Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi hududlarning potensialidan kelib chiqib o‘zining daromadlari orqali ijtimoiy va iqtisodiy xarajatlarini to‘la qoplay olishi, byudjetning yuqori byudjetlardan subvensiya, dotatsiya hamda byudjet ssudalari olmasdan balans berishiga aytiladi. Mahalliy byudjetlar moliyaviy jihatdan barqarorligining vaqt bo‘yicha 3 xil turga bo‘lib o‘rganish mumkin:
  • joriy barqarorlik (joriy moliya yili ichida);


  • o‘rta muddatli barqarorlik (ikki yildan besh yilgacha);


  • uzoq muddatli barqarorlik ko‘rinishlarida bo‘ladi.


Joriy moliya yilida byudjet balansliligini saqlab qolinganligi, kassa uzulishlarning yo‘qligi, o‘zgaruvchan iqtisodiy konyuktura holatlarida to‘g‘ri moliyaviy qarorlarning qabul qilinganligi - bularning barchasi joriy moliyaviy barqarorlik xususiyati hisoblanadi. O‘rta muddatli moliyaviy barqarorlikning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, hududlar o‘zini o‘zi boshqaruv organlarining kreditga layoqatliligi va investitsiyalash qobiliyatlari ma’lum imkoniyatlari mavjudligidir. Byudjet holatiga ta’sir etuvchi hududning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish strategiyasining mavjudligi va salbiy faktorlar harakatining qisqarishi – bu mahalliy byudjet moliyaviy barqarorligining uzoq muddatli faktori hisoblanadi.


Mahalliy byudjet organlarining barqaror rivojlanayotgan sharoitida pul fondlarining va risklarning mavjud holatida o‘zining moliyaviy xavfsizligini saqlab qolishi mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini anglatadi. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi majburiy shartlari bo‘lib, daromadlar va xarajatlarning muvozanatliligi, to‘lovga layoqatliligi, byudjetning mustaqilligi, mahalliy boshqaruv organlari yuqori byudjetdan yordam olmasdan moliyaviy resurslarni byudjetga safarbar qila olish qobiliyati, shuningdek barcha moliyaviy majburiyatlarni amalga oshirilishi hisoblanadi.
Hududiy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi ushbu byudjetlarning moliyaviy holatining eng asosiy xarakteristik jihati hisoblanadi. Mamlakatimiz qonunchiligida rasmiy “byudjet barqarorligi” tushunchasining mavjud emasligi uni aniqlashning bir qancha metodlari va usullarini ishlab chiqishni taqazo qiladi. Moliya nazariyasi va amaliy moliya faoliyatida moliyaviy barqarorlik doim balanslilik, stabillik va muvozanatlilik tushunchalari bilan tenglashtiriladi. Bizning nazarimizda, mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi tushunchasiga mahalliy boshqaruv organlarininig o‘z funksiya va vazifalarini amalga oshirish va hududdagi aholini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash uchun muhim bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlash imkoniyatlarini xarakterlovchi moliyaviy holat sifatida qaraladi. Mahalliy moliya tizimning barqarorligi mahalliy hokimiyat organlarining munitsipal darajadagi o‘z daromadlari manbalariga va maksimal darajada byudjet majburiyatlari xarajatlarini to‘liq moliyalashtirishga zamin yaratadigan hajmda ularni safarbar qilish vakolatlariga ega bo‘lishi orqali ta’minlanadi.
Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligi tushunchasi birinchi bor akademik G.B.Polyak tomonidan taklif etilgan. Olimning fikriga ko‘ra, hududiybyudjetlarning barqarorlik darajasi minimal byudjet xarajatlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar hajmi bilan belgilanadi.
Mahalliy byudjetlarda moliyaviy barqarorlik darajasi ko‘rsatkichlari 3-rasmda ko‘rsatilgan.
Quyidagi sxema orqali biz mahalliy byudjetlarimizning turli davrlardagi barqarorligini ko‘rishimiz mumkin. Afsuski, bizda ayrim hududlarimiz nobarqaror holatda ekanligini ta’kidlash joiz. Shu hududlarimizni moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ularning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish uchun mahalliy byudjetlar huquqiy asoslarining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash va nomarkazlashtirish asosida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirish, byudjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, yangi ish joylari yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hisobiga soliq salohiyatini kengaytirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ularning mas’uliyatini oshirishni ta’minlash maqsadida quyidagilar mahalliy byudjetlar darajasida soliq-byudjet siyosatining ustuvor vazifalari etib belgilangan8:
  • birinchi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning aniq turlarini ularga


  • biriktirib qo‘yish orqali mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash;


  • ikkinchi, viloyatlar, shahar va tuman byudjetlarini subventsiyadan chiqarish, ularning yuqori turuvchi byudjetlar ajratmalariga bo‘lgan qaramligini bosqichma- bosqich qisqartirish, buning asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlari erkinligi va mas’uliyatini oshirish;



  • uchinchi, mahalliy byudjetlarning daromadlarini oshirish uchun tizimli asosda qo‘shimcha rezervlarni aniqlab borish;


  • to‘rtinchi, deputatlik va jamoat nazoratini keng jalb qilgan holda, mahalliy byudjetlarni shakllantirishning shaffofligini va uning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;


  • beshinchi, mahalliy byudjetlar daromadlar bazasini mustahkamlash hamda xarajatlarining tasdiqlangan parametrlarini o‘z vaqtida, maqsadli moliyalashtirish, ijtimoiy soha obyektlari va infratuzilmani yanada rivojlantirish va tegishli darajada saqlab turishni ta’minlash ustidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, moliya va soliq organlarining javobgarligini kuchaytirish.





Download 68.21 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 68.21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalalari

Download 68.21 Kb.