|
Mantiq chiqarish mashinasi
|
bet | 5/7 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 102,07 Kb. | | #117287 |
Bog'liq Reja Kirish Bilimlarni taqdim etish usullariMantiq chiqarish mashinasi. Uning maqsadi - tashqi muhit ob'yektlaridan olingan ma’lumotlar qayta ishlanishini muvofiqlashtirishdan iborat. Bu holda BB chekli natijalar olish uchun ishlatiladi. Tashqi muhit ostida texnik tizim, ya’ni ET hisoblagich yoki operatorlardan olayotgan ma’lumotlar tushuniladi. Natijada gipotezalar ilgari suriladi va tekshiriladi, yangi ma’lumotlar ishlab chiqariladi, yangi ma’lumotlarni kiritish shakllantiriladi, yechimlar shakllantiriladi, tavsiya qiluvchi yoki boshqaruvchilik xususiyati shakllantiriladi.
IIT ETda foydalanuvchining mantiqiy harakatlarini ifodalashga xizmat qiladi, masalan, ET “shaffoflik”ini ta’minlash uchun. Bu blok, ayniqsa o‘qituvchi va konsultatsiya beruvchi ETlarda ET foydalanuvchilarini o‘zlashtirish jarayonida alohida ahamiyatga ega. IIT vaqtning ihtiyoriy momentida ta’minlaydi:
• ayni vaqtdagi tizim holati haqidagi ma’lumotlarni to‘liq berish;
• foydalanuvchi so‘rovi bilan oldin bajarilgan harakatlar natijalarini xabar qiladi.
Bilimlar bazasi tahrirlagichi - BBT. BBni to‘ldirishda ekspertlar bilan ishlash jarayonida bilimlar muxandisiga yordam berish uchun mo‘ljallangan. BB - bu fayl tizimi va BBT tabiiy tilning ba’zi ichki to‘plamidan bilimlar muxandisi foydalanadigan, MChMga yo‘naltirilgan, maxsus kodga o‘tkazuvchi translyatorni ifodalaydi.
BBT shart:
• bilimlar muxandisiga qulay bo‘lishi;
• oldindan ko‘zda tutilgan BB tarkibining ixtiyoriy tuzilishini realizatsiya qilishi;
• BB elementlarini tuzilishga o‘zgartirish kiritmasdan to‘g‘rilashga imkon berishi;
• bilimlar muxandisi bilan “do‘stona interfeys”ni ta’minlashi.
Bilimlarni ifodalash moduli o‘ta ixtisoslashtirilgan soha maydoni haqidagi bilimlarni chiqarib olishga xizmat qiladi. Bu bilimlar empirik xarakterga ega va shu sohada uzoq vaqtdan beri ishlovchi, ekspert xususiyatiga ega bo‘ladi. Bu ETni loyihalashdagi muhim jihatidir.
Bilimni egallash - ET ishlab chiqishdagi eng nozik bosqichlardan biri. Hozirda bilimlarni egallashda hech qanday avtomatlashtirilgna vositalar mavjud emas.
YeT larning soha bo‘yicha bilimlari o‘quv adabiyotlari, hisobotlar, kasalliklar tarixi, tajribaviy malumotlar, shaxsiy tajriba kabi malum bir manbaalardan yig‘iladi.
Bilimlarning yagona asosiy manbasi - mutaxassis-ekspert hisoblanado. Bilimlar bo‘yicha muhandis bevosita ekspert bilan muloqot jarayonida bilimni to‘playdi.
|
| |