|
-rasm. Bilimni egallash jarayoni
|
bet | 6/7 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 102,07 Kb. | | #117287 |
Bog'liq Reja Kirish Bilimlarni taqdim etish usullari 2-rasm. Bilimni egallash jarayoni.
Bu jarayon uzluksiz, odatda oylab davom etadigan tizimli intervyular ketma-ketligidan tashkil topgan.
Bilimlar muhandisi ekspert bilan ishlashi zarur, ayni ma’lum bir vaziyatda qanday yo‘l tutmoqda, shuni kuzatishi zarur. Ma’lum bir toifaga kiruvchi masalani aniq hal etishda uning uslublari va qoidalari haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri savol berish orqali samarali yondoshuvni tashkil etishi zarur. Bu kabi qoidalarni shakillantirishda odatda ekspertga qiyinchilik tug‘iladi. Bu tabiiy holat ekspertiza paradoksi deyiladi. Shu sababli asosiy talab: o‘zingizning ekspertingiz bo‘lib qolmang.
4. Bilimni egallash bosqichlari.
Bilimlarni egallash bosqichlari. O‘quvchilarning o‘quv yordamida bilish faoliyatiga rahbarlik qilishga o‘rgatish uchun o‘quvchining bilimlarini egallashning asosiy bosqichlarini yaxshi bilishi kerak.
Birinchi bosqich – idrok etish. Psixologiyadan ma’lumki, idrok etish, bu maqsadga yo‘naltirilgan tarzdagi bilish jarayoni demakdir. Shuning uchun ham o‘quvchilarga avval mavzu haqida xabar berish, ya’ni ular oliygohda ham nimani o‘rganajagini aytish zarur. Vazifa qo‘yish va uni tushuntirish shart. So‘ngra o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida tayyorgarlik ishlarini bajaradi. U real yoki tasviri tushurilgan narsalar, hodisalar, vaziyatlarni kuzatishdan, sodda tajribalar o‘tkazishdan iborat bo‘ladi.
Ikkinchi bosqich – o‘quv materiallarini idrok etish bosqichi. U bilimlarning nazariy tomonini alohida ajratib ko‘rsatishdan va tahlil qilishdan iborat. Asosiy fikrni topish, tushunchalarni ajratib ko‘rsatish, ularning belgilarini asoslab berish, misollar va tushuntiruvchi faktlar yig‘indisini o‘rganish kerak.
Agar o‘quvchilar o‘quv vazifasini hal etish usullarini tushunib yetib va bilimlardagi tizimni anglab olgan bo‘lsalar, u holda mazkur bosqichni o‘tilgan deb hisoblash mumkin.
Uchinchi bosqich – yod olish (tushunish A.U) yoki mustahkamlash. Vazifa olingan bilimlarni uzoq vaqt davomida esda saqlab qolishdan iboratdir. Bu borada bilish faoliyati, asosan, mashqlar, mustaqil ravishda reproduktiv (so‘zlab borish, tushuntirish) va ijodiy ish qilish tarzida yuz beradi. Nazariy material tushunchalari, qoidalar, isbotlar har xil mashqlarda takrorlanadi. Ushbu bosqich yakunida o‘quvchilar nazariy materialni biladigan va uni mashqlarni bajarishda, masalalarni yechishda, isbotlashda va hokazolarda qo‘llay oladigan bo‘lishlari kerak. Ularda o‘quv ko‘nikmalari va malakasi shakillangan bo‘ladi.
|
| |