|
Reja: Kirish I. Bob. Cho`lponning kichik nasriy asarlari poetikasi
|
bet | 2/11 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #125854 |
Bog'liq Reja Kirish I. Bob. Cho`lponning kichik nasriy asarlari poetikaMavzuning o`rganilish darajasi. Cho`lpon she`riyati 20-yillardayoq adabiy tanqidchilik diqqat markaziga tushib, keskin adabiy-mafkuraviy bahs munozaralarga sabab bо`lgan bо`lsa-da, uning nasriy ijodi e`tibordan chetda qolib keldi. Agar "Kecha va kunduz" haqidagi kichkinagina informatsiya va "fosh etish" ruhidagi taqrizni aytmasak, adibning nasriy merosini о`rganish, asosan, 1987 yildan keyin boshlandi. Hozirgi о`quvchi Cho`lponning nasriy ijodi haqidagi ilk ma`lumotlarni adib nomini oqlash jarayonida e`lon qilingan materiallardan olish imkoniga ega bо`ldi. "Kecha va kunduz" romani qayta e`lon qilinganidan keyingina adibning nasriy asarlari tahliliga bag`ishlangan bir qator maqolalar e`lon qilindi. Aytish kerakki, Cho`lpon romanining g`oyaviy-badiiy xususiyatlarini umumiy tarzda tahlil qilishga qaratilgan mazkur maqolalarda mavzumizga bevosita aloqador о`rinlar mavjud. Xususan, O.Sharafiddinov va R.Otayev maqolalarida “Kecha va kunduz” romanning syujet-kompozitsion qurilishi, undagi obrazlar tizimi, adibning xarakter yaratish mahoratiga oid mulohazalar bildirilganki, ular fikrga turtki berish jihatidan qimmatlidir. Shuningdek, O.Sharafiddinov va N.Karimovning ilmiy-ommabop risolalarida tahlilga tortilgan nasriy asarlar orqali о`quvchini Cho`lponning badiiyat sirlariga oshno qilishga intilish borligini alohida ta`kidlash joizdir.
Kurs ishning maqsadi. Ishda Cho`lpon nasriy asarlarining jumladan hikoya, ocherk va roman janrlarining poetikasinitadqiq etish asosiy maqsad qilib olindi.
Kurs ishning vazifalari.
Cho`lponning nasriy asarlari poetikasini aniqlash
Yozuvchi hikoyalarining janr xususiyatlarini tadqiq etish
Ijodkor yaratgan ocherk janrlarining o`ziga xos kompazitsiyasini aniqlash
Kecha romanini va uning obrazlarini tahlil qilish
Kurs ishning ilmiy yangiligi. O`zbek adabiyotshunosligida Cho`lpon ijodi baholi qudrat o`rganilgan. Ammo Cho`lpon nasrining poetikasi to`lig`icha hali o`rganilmagan. Biz ya`na shularni hisobga olib, Cho`lpon nasri poetikasini, ijodkorning yaratgan hikoyalari, ocherklari va romani timsolida tahlilqilishga urindik. Ishimizning yangiligi ana shunda.
|
| |