• Kurs ishimizning hajmi.
  • Reja: Kirish I. Bob. Cho`lponning kichik nasriy asarlari poetikasi




    Download 1,63 Mb.
    bet3/11
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,63 Mb.
    #125854
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Reja Kirish I. Bob. Cho`lponning kichik nasriy asarlari poetika

    Kurs ishning amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishimiz natijalaridan maktab, litsey va kollejlarda Cho`lpon hayoti va ijodi o`rganilganda foydalansa bo`ladi. Bundan tashqari Cho`lponning ijodiy faoliyati haqida ma`ruza matnlari, kurs ishlari o`qishda ham bemalol faydalanish mumkin.
    Kurs ishimizning hajmi. Bitiruv malakaviy ish ikki bob, kirish, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
    I.BOB. Cho`lponning kichik nasriy asarlari poetikasi
    I.1. Yozuvchi hikoyalarining janr xususiyatlari

    Cho`lpon nasriy asarlarining janr xususiyatlari haqida sо`z borarkan, avvalo, bu boradagi adibning о`z fikrlariga tо`xtalish maqsadga muvofiqdir. Adabiyotshunosligimizda "Qurboni jaholat"ning janrini Cho`lponning о`zi "felyeton" deb belgilagan, degan fikr о`rinlashib ketgan. Bu haqda S.Mamajonov: "Garchand "Qurboni jaholat"ni yozuvchining о`zi felyeton desa-da, asl mohiyatiga kо`ra hikoyadir. Cho`lpon uning tanqidiy ruhidan kelib chiqib felyeton belgilagan bо`lishi mumkin", – degan mulohazani bildiradi. Olimning asar janri haqidagi xulosasiga qо`shilganimiz holda, "felyeton" masalasiga aniqlik kiritmoqchimiz.


    Hikoya e`lon qilingan "Sadoi Turkiston"ning 1914 yil 6-sonini kо`zdan kechiramiz: katta harflar bilan "felyeton" deb yozilgan-da, ikki tarafidan naqsh bilan bezatilgan; ostida kichikroq harflar bilan hikoya nomi — "Qurboni jaholat" yozilgan. Odatda janr belgilanganda sarlavha ostiga yozilar edi. Ehtimol, u paytlar bu narsa rasm bо`lib ulgurmagandir? Gazetalar taxlamini varaqlashda davom qilsak, 24-sonda yana yuqoridagicha tartibda yozilgan "felyeton" sо`ziga duch kelamiz. Uning ostida hikoya nomi — "Dо`xtur Muhammadiyor", sarlavha ostida esa yana ham kichikroq harflar bilan "xayoliy hikoya" deb yozilgan. Tabiiy savol tug`iladi: agar Cho`lpon "Qurboni jaholat"ni tanqidiy ruhidan kelib chiqib "felyeton" desa, unda nega keyingi hikoyasining janrini ham shunday belgilaydi? О`ylashimizcha, "Dо`xtur Muhammadiyor" sarlavhasi tepasidagi "felyeton" sо`zi uning janriga ishora qilmaganidek, avvalgi hikoya e`lon qilingan sondagi "felyeton" sо`zi ham Cho`lponga aloqador emas. Gap shundaki, "felyeton" sо`zining dastlabki ma`nosi hozirgisidan birmuncha farqli edi. Matbuotda ilk bor 1800-yil 28 yanvardan paydo bо`lgan bu atama fransuzcha "varaq" sо`zi bilan bog`liq. О`shanda "Jurnal de deba" nomli Parij gazetasi birinchi marta qо`shimcha varaq ilova qildiki, bu gazetaning "felyeton" nomli yangi rukni(rubrika)ga asos soldi. Yevropa matbuotida tez ommalashib ketgan bu rukn ostida odatda nosiyosiy, norasmiy materiallar: e`lonlar, moda yangiliklari, teatr taqrizlari, hikoya va hatto romanlar e`lon qilina boshladi. Atamaning hozirgi ma`noda qо`llanishi, publitsistikaning ijtimoiy-siyosiy tanqid ruhidagi alohida janrini anglata boshlashi esa XIX asr adog`iga tо`g`ri keladi.
    Bizningcha, har ikki hikoya e`lon qilinganida uchratganimiz "felyeton" sо`zi Cho`lponga taalluqli bо`lmay, balki gazeta tahririyatiga tegishlidir. Chamasi, jadid ma`rifatchilari о`z gazetalarida shu nom ostida rukn tashkil qilganlar-da, atamaning har ikki ma`nosini nazarda tutganlar.
    Demak, janrini bevosita Cho`lponniing о`zi belgilagan ilk asar "qurboni jaholat" emas, balki "Doktor Muhammadiyor" bо`lib chiqadi. Avvalgi bobda aytganimizdek, adib asar janrini "xayoliy hikoya" deb belgilaganida unda yaratilgan badiiy voqelik bilan real voqelik munosabatidan kelib chiqadi. Aytish kerakki, Cho`lpon adabiyot maydoniga madrasa tahsilini, rus-tuzem maktabi saboqlarini olib kirib kelgandi. Adibni yaqindan bilgan kishilar uning yoshlik yillari о`z ustida qattiq ishlagani, kо`p mutolaa qilganini eslashadi. О`ylashimiz-cha, Cho`lpon faqat ijtimoiy-siyosiy yoxud badiiy asarlar о`qish bilangina cheklanmasdan, adabiyotshunoslikka oid asarlar bilan ham tanishgan kо`rinadi. Hartugul, adibning ayrim asarlari janrini belgilashdagi aniqlik shunday о`ylashga asos beradi. Masalan, "Turkiston" gazetasining 1922 yil 23-sonida e`lon qilingan "Oktabr qizi" nomli nasriy asari janrini Cho`lpon "doston" deb belgilaydi. Daf`atan qaraganda bunga qо`shilish qiyindek, chunki adabiyotimiz uchun, xususan, о`sha davr adabiyoti uchun nasriy yо`lda yozilgan doston yangi hodisa edi. Xо`sh, nima uchun Cho`lpon "Oktabr qizi"ni doston deb ataydi? Gap shundaki, о`zbek sahnasining qaldirg`ochlaridan biri
    Vannaychaxonning о`limi munosabati bilan yozilgan mazkur asar voqeaband syujetga ega emas, unda epik unsurlardan kо`ra lirik unsurlar salmog`i ortiqroq. Cho`lpon Vannaychaxon haqida hikoya qilishni maqsad qilmaydi, u haqdagi ayrim tafsilotlarni berishdan muddao — yuz bermish mudhish qotillikka о`z munosabatini, uning ta`sirida tug`ilgan hislarini ifodalash, xolos. Shu jihatdan qarasak, dostonning qahramoni — adib, u kо`p jihatlari bilan lirik qahramon sanalishi mumkin. Tо`rt qismga ajratilgan dostonning birinchi qismida lirik qahramon xotirasida Vannaychaxonning san`ati jonlanadi: u о`zini qizning musahhar ovoziga mahliyo bо`lganlar orasida kо`radi — taassurotlari bilan о`rtoqlashadi. О`zining Vannaychaxonga, uning betakror san`atiga bо`lgan mehrini о`quvchiga "yuqtirgach", ikkinchi qismda u haqda qisqachagina ma`lumot beradi. Bu qismda epik tafsilotlar salmog`i ortgan bо`lsa-da, ular keyingi qismdagi his-tuyg`ular uchun zamin hozirlashga xizmat qiladi, xolos. Dostonning uchinchi qismidan boshlab epik unsurlar salmog`i va о`rni yanada kamayib boradi, voqelik tamomila lirik subyekt ruhiyasidan о`tkazib beriladi. Peyzaj lirikasining ustasi bо`lgan Cho`lpon bu о`rinda ham о`z ifoda yо`siniga sodiq qoladi. Uchinchi qismning "Bir sovuq shamol keldi" degan birinchi jumlasiyoq hissiy tonallik о`zgarganligiga ishora qilib, о`quvchini sergak torttiradi. Kuz tasviri, sarg`aygan barglarning chirs-chirs uzilishi, qushlarning uzoq yurtlarga uchishi, qarg`alar shodligi — bular bari о`quvchini keyingi hodisalarni qabul qilish va hissiy baholashga hozirlaydi:
    "Yiroqlardan qarg`alarning mudhish nag`malari, shodlik kuylari eshitildi.
    Borib kо`rdilar.
    Paxta kabi oppoq tan, kо`k qarg`a shoxidan kо`ylak – qonga belangan.
    Bosh tandan ayrilg`on holda, qon surkalgan qora sochlar ustiga yopilg`on.
    Gо`zal qora kо`zlar jahannam chuqurligiga botqonlar.
    Yuzdagi nurlar yiroq о`lkalarni eslab uchub ketgan qushlar bilan birga ketganlar".
    Bunda Cho`lpon ishlatgan yorqin tazodlar hayot va о`lim, jaholat va ma`rifat, ezgulik va yovuzlik, qullik va hurlik oralaridagi tubsiz jarni yana bir bor kо`z oldimizda namoyon qiladi, о`zi nur tomonida turgan adibning hislarini о`quvchiga-da yuqtiradi, uni birga iztirob chekishga majbur qiladi. Cho`lpon kо`zlagan maqsad, asarning ruhiyu mohiyati quyidagi sо`zlarda о`zining yorqin ifodasini topadi: "Gulidan ayrilg`on sahna, kel, kо`nglingdagi alamlarga qо`limdan kelgan qadar tilmochlik qilay! Qizidan ayrilg`on xalq, kel, qayg`ilaringni о`rtoqlashay!"
    Yuritgan mulohazalarimiz Cho`lpon "Oktabr qizi"ni bejiz doston deb atamaganini kо`rsatadi. Chindan ham asarda voqelikni tо`laqonli tasvirlash maqsad qilinmaydi, unda muallif munosabati, voqelik ta`sirida yuzaga kelgan his-tuyg`ular ifodasi birlamchidir. Shu nuqtadan yondoshsak, "Oktabr qizi" — tom ma`nodagi lirik asar, nasriy yо`lda yozilgan lirik dostondir, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Kо`ramizki, Cho`lpon asar janrini belgilashda uning tashqi shakliy belgilaridan emas, ichki tabiatidan kelib chiqadi. Bu esa 20-yillar adabiy-nazariy tafakkurida ham jiddiy burilish yuz berganidan dalolatdir.
    Cho`lpon о`z asarlarining janrini belgilashda ularning konkret xususiyatlaridan birini(voqelik bilan о`zaro munosabati — "xayoliy hikoya"; adabiy turga mansubligi — "doston"; badiiy nutq shakli — "sochma"; asosiy estetik belgisi – "kulgi hikoya") asos qilib oladi. Yaqqol kо`rinadiki, adib janrlarni belgilashda yagona prinsipga tayangan emas. Aytish kerakki, buning hech bir ajablanarli joyi ham yо`q: hozirga qadar janrlarga ajratish masalasida adabiyotshunoslikda tugal fikrga, tо`xtamga kelingan emas. Yaxlitroq olib qarasak, Cho`lponning kichik nasriy asarlari hikoya, nasriy she`r va doston, etyud, ocherk, safarnoma kabi janrlardan tashkil topadi, degan xulosaga kelish mumkin. Biroq, bizningcha, shu xil tasnifning о`zi bilanoq cheklanish yaramaydi, chunki adibning bir janr doirasidagi asarlari ham yaknav emas: ularning har biri о`ziga xos janr xususiyatlarini namoyon etadi. Bu о`ziga xosliklar, bizningcha, konkret asardagi: 1) hayotni badiiy aks ettirish tamoyillari; 2) adabiy turga munosabat; 3) syujet va kompozitsion xususiyatlar; 4) voqelikka munosabat turi; 5) tasvir va ifoda qatlamlari munosabati — kabi bir qator muhim nuqtalarda kо`zga tashlanadi.
    Ma`lumki, adabiyotshunoslikda "hikoya" va "novella" atamalari xususida yakdillik yо`q: ayrim adabiyotshunoslar bu ikki atamani sinonim hisoblasalar, boshqalari keskin farqlaydi-lar. Biz bu masalada hikoyaning ikki tipi bor: birinchisida ocherklilik (tavsifiy-rivoyaviy), ikkinchisida novellistiklik (konfliktli-rivoyaviy) xususiyati ustundir, degan fikrga kо`proq qо`shilamiz, ya`ni, bu о`rinda gap ikki turli janr haqida emas, balki bir janrning ikki xil sifat kо`rinishi haqida boradi.
    Misol uchun Cho`lponning "Doktor Muhammadiyor" hikoyasini tavsifiy-rivoyaviy xarakterdagi asarlar sirasiga kiritishimiz mumkin. Avvalo shuni qayd etish lozimki, bu ikki tipga mansub hikoyalar orasidagi bosh farqni ularda roviy tutgan mavqeda kо`rilgani ma`qulroq bо`ladi. Xо`sh, "Doktor Muhammadiyor"da roviy qanday mavqe tutadi? Bizningcha, hikoyada о`quvchi barcha ikir-chikirlardan xabardor, binobarin, voqealar silsilasidan ham, qahramonlaridan ham bir bahya yuqorida turgan roviyga duch keladi. Roviy uchun о`zi tasvirlayotgan voqea-hodisalar — amalga oshib bо`lgan fakt ("men – о`tmish"), uning qahramonlariga, voqea yoki holatga munosabati tо`la shakllanib bо`lgan. Eng muhimi, "Doktor Muhammadiyor"da badiiy reallik roviy vositasidagina, u bilan uzviy aloqadorlikdagina mavjud (obyektivlashtirilmagan tasvir).
    Tabiiyki, tavsifiy-rivoyaviy xarakterdagi nasriy asarlar kelib chiqishiga kо`ra qadimiyroq. Jumladan, aksariyat xalq ertaklari, afsonalari, mumtoz adabiyotimizdagi hikoyatlarni shu tipdagi asarlar sirasiga kiritish mumkin. Kо`plab nasriy janrlar nomi ("hikoya", "hikoyat", "rivoyat", "rasskaz", "skaz")ning bevosita "hikoya qilmoq" fe`lidan о`sib chiqqani ham bejiz emas, albatta. Biroq, shunisi borki, dastlabida eposning asos mohiyatini tashkil etgan rivoya taraqqiyot jarayonida о`zining yetakchi mavqeini yо`qota bordi. Tabiiyki, bu narsa epik janrlardagi tasvir manerasi va ifoda yо`sinida jiddiy sifat о`zgarishlarini yuzaga keltirdi. Bu о`zgarishlarning mohiyati nimada? Ma`lumki, sinkretik san`atdan ajralib chiqqan sо`z san`atining uch asosiy turi orasida о`zaro farqlanish jarayoni bilan bir qatorda о`zaro yaqinlanish jarayoni ham kechgan. Bu uch turning farqli jihatlaridan biri quyidagicha belgilanadi: lirikada inson(subyektning noplastik obrazi), dramada dunyo(obyektning plastik obrazi), eposda esa har ikkisining qorishiq obrazi yaratiladi. Epik tafakkur taraqqiyoti jarayonida bu turga mansub asarlarda borliqning plastik obrazi tobora kо`proq mustaqillik kasb eta bordi. Tabiiyki, bu narsa epik janrlarda roviy tutgan mavqega, uning funksiyalariga ham ta`sir qildi. Endi roviy qachonlardir о`zi guvoh bо`lgan yoki birovdan eshitgan voqealarni hikoya qilib beruvchi sifatidagina emas, kо`proq о`sha voqealarning kuzatuvchisi (albatta, sharhlovchisi va baholovchisi ham) sifatida bо`y kо`rsata boshladi. Roviy bilan tasvirlanayotgan voqea orasidagi vaqt hissi dramatik turga (ya`ni, voqealar ayni paytda yuz berayotgandek taassurot qoladi) yaqinlashdi. Natijada epik asarda ham xuddi dramatik asarlardagi kabi konfliktning hamda uning asosida rivojlanuvchi syujetning roli bag`oyat ortdi. Nuqtai nazarning bu turiga asoslangan ijodiy manera — muallifning xolis turishga intilgani holda voqea-hodisalarni plastik jonlantirishi — katta epik asarlarda epizodik hodisa bо`lsa, hikoya tо`laligicha shu yо`sinda qurilishi mumkin. Shu jihatdan Cho`lponning "Oydin kechalarda" nomli hikoyasini kо`zdan kechiramiz.
    Hikoyada tasvirlanayotgan voqealarning kuzatuvchisi sifatida bо`y kо`rsatuvchi roviy birinchi jumladanoq tugunni о`rtaga tashlaydi: "Zaynab kampir bir narsadan chо`chib uyg`ondi". О`quvchi, tabiiyki kampir nimadan chо`chiganini bilishni istaydi, lekin buni hali kampirning о`zi ham anglagan emas: "Kampir u yoq-bu yog`iga yaxshilab qarab, oydinda hech bir qora-mora uchratmagandan keyin yana bolishga boshini qо`ydi". Shundan sо`ng muallif nigohi kampirdan uziladi-da, oppoq oydin kecha tasviriga о`tiladi: "Tuni bо`yi chopishub, hurushub, yugurushub chiqg`on itlar tovushi sekin-sekin yо`qola boshladi. Eshonchaning hovuz bо`yidagi tollaridan turub hasrat va qayg`ularini har kecha о`qiyturg`on bulbul bugun juda erta tо`xtadi. Gо`riston va mozorlardagina bо`ladigan chuqur bir jimlik..." Hikoyani о`qiyotgan kitobxonda ilgariroq paydo bо`lgan bilish istagi yanada kuchayadi: shunday osuda kechada kampirni chо`chitgan, uning uyqusini qochirgan narsa nima bо`ldi ekan? Durustroq e`tibor qilsak, ayni shu savol roviyni ham о`ylatayotganini sezishimiz qiyin emas. Shu bois ham muallif nigohi kampirdan uzilib, tevarak-atrofga qaratiladi: u ham savolga javob izlaydi gо`yo. Kо`rib turganimizdek, bu о`rinda roviy ham о`quvchi kabi voqealarning kuzatuvchisi, xolos, uning uchun ham voqealar ayni paytda yuz bermoqda. Hikoyaning davomida adib introspeksiya usulidan unumli foydalanadiki, natijada roviy mavqei sifat jihatidan yana о`zgaradi: "Kampir yumulub borg`on kо`zlarini birdan ochdi: yaqin bir yerdan hasratlik, kо`ngul buzaturg`on bir yig`i tovushi eshitilar edi". Garchi kо`chirma qilib keltirganimiz gap qurilishi jihatidan yaxlit bо`lsa-da, uning qismlari о`zaro farqlidir. Bizningcha, ta`kidlab kо`rsatganimiz birinchi qism roviy nigohi bilan, qolgan qismi esa qahramon nigohi bilan bog`liqdir. Gapning mazkur tartibdagi qurilishi hikoyadagi "nuqtai nazar poetikasi"ning mо`jaz maketidir, deyish mumkin. Bu narsa quyidagi parchada yaqqolroq kо`rinadi:
    "Yana diqqat bilanrak tingladi: bu yig`i kelinchakning uyidan eshtilgan kabi bо`lar edi.

    Download 1,63 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1,63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Kirish I. Bob. Cho`lponning kichik nasriy asarlari poetikasi

    Download 1,63 Mb.