|
II. NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLARNI AMALGA OSHIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH
|
bet | 4/6 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 45,99 Kb. | | #229730 |
Bog'liq kurs ish AminaII. NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLARNI AMALGA OSHIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH.
2.1 Plastik kartochkalar bilan operatsiyalar va ularning milliy to‘lov tizimidagi o‘rni.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning oxirgi yillarda rivojlanib borayotgan shakli - bu plastik kartochkalardir. Plastik kartochka - bu shaxsiy to ‘lov vositasi bo ‘lib, uni kartochkadan foydalanuvchi shaxs mahsulot va xizmatlar uchun naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirishi uchun taqdim etadi, shuningdek, banklar va bankomatlardan naqd pul mablag‘larini olish uchun ishlatiladi. O'zbekistonda ham plastik kartochkalar bilan operatsiyalar 1994-1995-yillardan amaliyotga tatbiq etilgan bo‘lib. Plastik kartochkalar soni bu kartochkalar orqali o‘tkazilgan operatsiyalar soni va summasi, terminal va bankomatlar soni vildan yilga ortib bormoqda. 2021 yilning 1 yanvar holatida muomalaga 32ta bank tomonidan umumiy 25 million 775 ming 662ta bank plastik kartasi, 438 ming 410ta to‘lov terminali va 11 ming 800 ta bankomat va infokiosklar foydalanishga topshirilgan. O'tgan 2023-yilda plastik kartochkalar orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar hajmi 41 foizga oshdi». Plastik kartochka tegishli bankda kartochka egasining hisobvaragi mavjudligini tasdiqlovchi va naqd pulsiz tovarlar, ishlar yoki xizm atlarni sotib olish huquqini beruvchi, shaxsi belgilangan, bank tom onidan chiqarilgan to‘lov vositasini o‘zida ifoda etadi. To‘lov kartochkalari ishlatilishi vaqtida vuzaga keluvchi to‘ov majburiyatlarining bajarilishini kartochkani chiqargan emitent bank kafolatlaydi. Shuning uchun kartochkalar o‘zining amal qilish muddati davomida bankning mulki bo‘lib qoladi, mijozlar uni faqatgina foydalanish uchun oladilar Plastik kartochkada. albatta. bir xil ma'noli identifikatsiya qiladiganemitentning nomi va logotipi qayd qilinishi shart. Plastik kartochkalar jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda mahsulotni sotuvchi, ish bajaruvchi yoki xizmat koisatuvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar o'rtasidagi boradigan naqd pulsiz hisob-kitoblarda shuningdek, naqd pul berish punktlari va bankomatlardan naqd pul olishda qoilaniladi. Vakolatli banklar xalqaro plastik kartochkalar chiqarishi va ular bo‘yicha xizmat ko'rsatishi mumkin, bunda ular xalqaro to‘lov tizimlari bilan tuzilgan shartnomalarga va «Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g’risida»gi Nizomga muvofiq bajariladigan operatsiyalar qoidalariga amal qilishlari shart.
Plastik kartochkalar bo'yicha xizmat ko'rsatish shartnomasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart: a) tomonlaming nomlari; b) shartnoma mavzusi; d) tomonlarning huquq va majburiyatlari; e) tomonlarning javobgarligi; f) hisob-kitoblarni o'tkazish shartlari; g) shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari; h) nizolarni hal qilish tartibi; i) tomonlarning yuridik manzili.
Plastik kartochkalar o‘z xususiyatlari va funksiyalariga qarab quyidagi turlarga bo'linishi mumkin.
1. Ishlab chiqarilgan materiallariga qarab:
- qog'ozli (kartonli);
-plastik;
-metall.
2. Kartaga ma’lumotlar yozilishiga qarab:
- grafik yozuv;
- shtrix-kodlashtirish;
- magnit chiziqdagi kodlashtirish;
- chip;
- lazer yozuv.
3. Emitentlariga qarab:
- bank kartochkalari;
- xususiy kartochkalar.
4.Mijozlarga qarab:
- oddiy karta;
- kumush karta;
- oltin karta;
- elektron karta.
Aloqadorligi bo'yicha plastik kartochkalar shaxsiy, oilaviy va korporativ turlarga bo'linadi
a) shaxsiy kartochka - bu jismoniy shaxsga berilgan plastik kartochkadir;
b) olaviy kartochka - bu shaxsiy kartochka egasining ishonchnomasi asosida foydalanuvchiga berilgan plastik kartochkadir;
d) korporativ kartochka - bu yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatish uchun mo'ljallangan plastik kartochkadir.
Korporativ kartochkalardan ish haqi va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan boshqa to'lovlarni, shuningdek, naqd pul mablag'larini to'lashda foydalanish ta’qiqlanadi.
Plastik kartochkalar bajaradigan vazifalari bo'yicha quyidagi turlarga bo'linadi
a) debet kartochkasidan foydalanish uning egasiga, emitent bilan mijoz o'rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq, o'zining kaitochkasidagi pul mablag‘idan tovarlar, ishlar, xizmatlar haqini to'lash va yoki naqd pul mablag‘arini olishda (korporativ kartochkalardan tashqari) foydalanish imkonini beradi;
b) kredit kartochkasidan foydalanish uning egasiga, emitent bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq, emitent tomonidan tovarlar, ishlar, xizmatlar haqini to'lash va yoki naqd pul mablag'larini olish uchun (korporativ kartochkalardan tashqari) berilgan kredit liniyasi miqdorida operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi;
d) elektron hamyon jism oniy shaxslarning kartochkasi bo'lib, undan foydalanish, uning egasiga plastik kartochkadagi qoldiq mablag'lar doirasida tovarlar. ishlar, xizmatlarga haq to'lash va yoki naqd pul mablag'larini olishga imkon beradi. Bitta elektron kartochkada bir necha «elektron hamyonlar» joylashgan bo‘lishi mumkin.
Plastik kartochkada. uni shaxs nomiga biriktirishda, quyidagi rekvizitlar yozilgan bo‘lishi shart.
a) identifikatsiya belgilari (karta raqami, seriyasi va boshqalar);
b) emitent bank (kartochkalami chiqaruvchi bank)ning kodi;
d) hisobvaraq raqami va kartochka egasining familiyasi, ismi. otasining ismi (tashkilot nomi);
e) kartochkaning amal qilish muddati.
Plastik kartochkada bir necha hamyonlar mavjud bo‘lganda, identifikatsiya belgilari har bir hamyonni bir xil ma'noli identifikatsiyalashi lozim. Ko'rsatilgan rekvizitlardan tashqari, kartochkaga operatsiyalarn amalga oshirish va ular hisobini yuritish uchun zarur bo'lgan qo‘shimcha belgilar kiritilishi mumkin. Hozirgi kunda respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘plab tijorat banklari plastik kartalar emitenti bo‘lib hisoblanadi. Shunday qilib, plastik kartochka - bu umumlashtirilgan atama bo‘lib, u hamma tur kartochkalarni bajaradigan funksiyalari, ularning biror-bir belgilanishi, texnik imkoniyatlarini umumlashtirilgan holatdir. Hamma turdagi kartochkalarning asosiy xususiyatlari shundaki, bunda alohida axborot jamlanmasi va alohida yordamchi dasturlardan foydalaniladi. Qayta to‘lov vositasi sifatida foydalanishga tayyorlash (personalizatsiya) uchun qaytarilgan plastik kartochkalar hisobi 93609-«Saqlanayotgan qimmatliklar» ko'zda tutilmagan holatlar hisob varagining alohida shaxsiy hisobvaraqlarida olib boriladi, Plastik kartochkalar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar qog'oz ko‘rinishida (slip, elektron terminal kvitansiyasi) yoki elektron shakldagi (elektron terminal jurnalidan yoki bankomatdan olingan hujjat) hujjatlarni, shuningdek, hisob-kitoblar qatnashchilari o'rtasida tuzilgan shartnomalarda belgilangan boshqa hujjatlarni (bankomat kvitansiyasi va boshqalar) tuzish lozimligini ko‘zda tutadi. Hujjatlar hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi barcha tomonlar uchun zarur bo‘lgan nusxalar miqdorida tuziladi. Kvitansiyalar o'tkazilgan operatsiyalarni qo'lda tiklash uchun barcha zarur malumotlarni o'zichiga olishi kerak. Plastik kartochkalardan foydalangan holda, operatsiyalarni amalga oshirishda tuzilgan hujjatlar rekvizitlari, plastik kartochkalar rekvizitlari bilan kartochka egalarining bank hisobvaraqlari, shuningdek, korxona identifikatorlari. NPBP bankomatlar va tashkilotlaming bank hisobvaraqlari o‘rtasidagi muvofiqlikni haqqoniy belgilashga imkon beruvchi tomonlar o‘rtasida kelishib olingan belgilari o‘z ichiga olishi kerak. Elektron hujjatlar ekvayer bank (savdo yoki xizmat ko'rsatish korxonalariga xizmat ko'rsatuvchi bank)ga, emitent bankka yoki kliring markaziga, shartnomada kelishilgan davriylikda jo‘natiladi. Bitta bank bo‘lmlari o'rtasida kartochkalar bo'yicha hisob-kitoblar qilish texnologiyasi bosh bank tomonidan o'z imkoniyatlari va foydalanadigan kartochkalar turlaridan kelib chiqqan holda mustaqil belgilanadi. Kartochkalar bo'yicha banklararo hisob-kitoblar texnologiyasi quyidagi variantlarni ko'zda tutadi. a) hisob-kitoblarni amaldagi elektron to'lovlar tizimi (ETT) orqali yalpi hisob-kitob asosda o'tkazish; b) hisob-kitoblarni hisob-kitoblar qatnashchilari tomonidan tashkil etilgan protsessing markazlaridan kun davomida o'tkazib, yakuniy o'zaro majburiyatlar hisoblangan holda, tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlaridan yakuniy hisob-kitoblar summasini o'tkazish.
ETT orqali plastik kartochkalardan foydalangan holda, amalga oshirilgan operatsiyalar bo'yicha yalpi hisob-kitoblar qilish, quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1) emitent bank tomonidan avtorizatsiya qilinmagan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblarda:
a) ekvayer bank xizmat ko'rsatilayotgan savdo yoki xizmat ko'rsatish tashkilotidan olingan kartochkalardan foydalangan holda, tuzilgan elektron hujjatlarga asosan, mablagiarni uning hisobvarag’ga o'tkazadi, bunda elektron to‘lovlar tizimi orqali emitent bankka jo ‘natiluvchi debetli elektron memorial orderi avtomatik ravishda shakllantiriladi.
b) emitent bankda olingan debetli elektron memorial orderga asosan mijozning kartochkali hisobvaragidan dasturiy ravishda mablag’lar hisobdan chiqariladi. Debetli elektron memorial order bosmadan chiqariladi va kunlik hujjatlarga tikiladi.
2) emitent bank tomonidan oldindan shart bo‘lgan tartibda avtorizatsiya qilinadigan hisob-kitoblarda:
a)ekvayer bankda xizmat koisatilayotgan savdo yoki xizmat ko‘rsatish tashkilotidan olingan kartochkalardan foydalangan holda, tuzilgan elektron hujjatlarga asosan, ETT orqali avtorizatsiyalash va o‘tkazmani amalga oshirish uchun emitent bankka jo‘natiladigan elektron malumot, foydalanilayotgan texnologiya qoidalariga muvofiq, avtomatik ravishda shakllantiriladi;
b) emitent bank, olingan elektron malumotlarga asosan, tranzaksiyalar avtorizatsiyasini o‘tkazadi, mijozning kartochka hisobvaragidan mablagiarni hisobdan chiqarish uchun avtomatik ravishda elektron memorial orderni shakllantiradi, savdo va xizmat ko'rsatish tashkilotining talab qilib olinguncha depozit hisob varag’I mablag’arni o‘tkazish uchun elektron to‘lovlar tizimi orqali ekvayer bankka jo‘natadi.
d) ekvayer bankda, emitent bankdan olingan elektron memorial orderga asosan, mablagiar savdo yoki xizmat korsatish tashkilotining talab qilib olinguncha depozit hisobvaragiga o‘tkaziladi. Memorial order bosmadan chiqariladi va bankning kunlik hujjatlariga tikiladi.
To‘lov tizimi yaxshi rivojlanishi uchun kartochkalarga xizmat ko‘rsatishda texnik qoilab-quvvatlashni amalga oshiruvchi nomoliyaviy tashkilot protsessing va kommunikatsiya markazlari, texnik xizmat ko‘satish markazlari va boshqalar muhim. Protsessing markazi - bu maxsus xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bo‘lib, ekvayerlardan kelib tushuvchi avtorizatsiya uchun, talablar va o'zida kartochka bilan amalga oshgan to‘lovlar va naqd pul berilgan ma’lumotlarni aks ettiruvchi protokollarni qabul qiladi. Buning uchun markaz ma’lumotlar bazasini olib borib, unda to ‘lov tizimi a’zolari va kartochka egalari aks ettirilgan. Agar emitent bank o‘zida bazasi bo‘lmasa (off-line bank), markaz o‘zida kartochka egalarining limitlari haqida ma’lumot va avtorizatsiya uchun talablami bajaradi. Aks holda (on-line bank), protsessing markazi qabul qilingan talabni emitent bankka yuboradi. Markaz, shuningdek, ekvayer bankka ham javobini yuboradi. Bundan tashqari, bir kunda yig‘ilgan tranzaksiya protokollari asosida protsessing markazi to ‘lov tizimining ishtirok etuvchi banklari o ‘rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun oxirgi malumotlarni yig‘adi va tarqatadi. Shuningdek, protsessing markazlari emitent banklaming boshqa yangi kartochkalariga bo'lgan talabini qondirishi mumkin.
Ta’kidlash kerakki, rivojlangan tolov tizimi bir qancha protsessing markazlariga ega bo‘lshi, ularning rolini bank ekvayerlar ham bajarishi mumkin. Kommunikatsiya markazlari to‘lov tizimi subyektlariga malumotlarni tarqatuvchi tarmoq dastumi ta’minlaydi. Hozirgi vaqtda 200 dan ortiq davlatlarda plastik kartochkalardan to ‘lov hisob-kitoblarida foydalanilmoqda. Plastik kartochkalarning bunchalik ommaviyligining sababi uning afzaliklaridadir.
Protsessing markazlari orqali hisob-kitoblarni o'tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Kun davomida kartochkalar bo‘yicha barcha tranzaksiyalar, hisob-kitoblar qatnashchilari tomonidan tasdiqlangan tartibda, protsessing markazi orqali o‘tkaziladi va hisob-kitoblarda qatnashuvchi har bir bank uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi.
2. Hisob-kitoblar qatn'ashchilari kelishuviga asosan, hisob-kitoblar bo'yicha yakuniy summalar (majburiyatlar) tijorat banklarining Markaziy bankning hisob-kitoblar markazida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali shartnomada qayd etilgan davriylikda o‘tkaziladi.
3. Tijorat banklari, protsessing markazidan olingan malumotlarga asosan, kartochkalardan foydalangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar bo'yicha mablag'larni mijozlarning hisobvaraqlariga kiritadi yoki chiqaradi. Shunday qilib, bu jarayon har kuni plastik kartalarga xizmat ko‘rsatish davomida davom ettiriladi.
Plastik kartalarning afzalliklari, albatta, ommaviyligini ta’minlaydi. Ular quyidagilardan iborat:
- xavfsizlikning pasayishi, ya’ni foydalanuvchi o'zi bilan juda ko'p miqdorda naqd pul olib yurmasligi, boshqa tomondan to‘lovni tezda amalga oshirishi;
- valuta konvertatsiyasidan xavotir olmaslik. buni bankning o‘zi amalga oshiradi;
- budjet rejasi va nazorati yanada oshadi;
- plastik kartochka yo‘qolsa, bankka xabar berib, o ‘z hisob-kitob raqamini muzlatib qo‘yishi mumkin;
- bankka qo‘yilgan qo‘yilmaiarga bank foiz to‘laydi; kartochka egasi naqd pul egasidan ko‘proq savdoni amalga oshirishi mumkin;
- plastik kartochkalardan foydalangan holda mijozlar hisob raqamidan mablag‘ yechish va unga pul o‘tkazish umum respublika yagona protsessing markazi orqali amalga oshiriladi, bu ham mijozlar hamda oluvchilami turli qalloblik va aldovlardan him oya qiladi;
- kartochkada mijozning mablagiari yigilib borib, biror katta summadagi xarid yoki xizmatlar uchun toiovlarni amalga oshirish imkonining ko‘payishi va hokazolar.
|
| |