|
Reja: kirish I. Naqd pulsiz hisob-kitoblar va noto‘lovlar bo'yicha muammolar
|
bet | 2/6 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 45,99 Kb. | | #229730 |
Bog'liq kurs ish AminaMavzuning obyekti - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob kitoblar va ularni takomillashtirish faoliyati hisoblanadi.
Kurs ishi maqsadi: O‘zbekiston Rspublikasining iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob kitoblar va ularni takomillashtirish faoliyati haqida ma’lumot berish.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishi oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olingan:
Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini o‘rganish.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bo‘yicha Nizomning mazmuni, ahamiyati va uning amaliyotda qo‘llanilishini o‘rganish.
Plastik kartochkalar bilan operatsiyalar va ularning milliy to‘lov tizimidagi o‘rnini o‘rganish.
O‘zbekistonda plastik kartalar orqali hisob-kitoblarni rivojlantirish va noto‘lovlar muammosi, uni bartaraf etish yo‘llari haqida ma’lumot berish.
Kurs ishi tarkibi: Kurs ishi tarkibi Kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalar ro‘yxatidan iborat.
I. NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR VA NOTO‘LOVLAR BO'YICHA MUAMMOLAR.
1.1 Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi va ularning elementlari.
Iqtisodivotda yuzaga keladigan pulli munosabatlarda pul shakllaridan foydalanish xususiyatlari vatuliov usullariga ko‘ra pul aylanishi naqd pulsiz aylanishga va naqd pulli aylanishga bo‘linadi. Chakana savdo va aholiga pullik xizmat ko‘rsatish, asosan, naqd pulda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, naqd pulli aylanishga kommunal xizmatlar uchun toiovlar, ishchi-xizmatchilarga ish haqi va shunga tenglashtirilgan toiovlarni to ‘lash, sug‘urta tashkilotlariga badallar to‘lash. uy-joy qurilishi va boshqa maqsadlar uchun aholi tomonidan olingan kreditni naqd pul ko'rinishida qaytarish bilan bog‘liq tolovlarning to‘lanishi kiradi. Iqtisodiyotda bo‘ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqdsiz pul aylanishi tashkil etadi. Naqdsiz pul aylanishi naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning keng ishlatilishiga ko‘p tarmoqli bank tizimining rivojlanishi. davlat tomonidan makroiqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va uni tartibga solish nuqtayi nazaridan davlatning qiziqishi, mulkchilik shakllarining ko‘payishi va turli mulkchilik munosabatlarining kengayib borishi asos bo‘ladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmati ko'rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo‘yicha bir-biriga b’olgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatish asdan pul m ablagiarini bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o'tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi. Iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi o‘z ichiga hisob-kitoblami tashkil qilish tamoyillari, shakllari, usullari hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishda qo‘yilgan talablarni oladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi elementlarining har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
1930-1932-yillarda o‘ikazilgan kredit reformasi davrida kiritilgan va sobiq ittifoq davrida mavjud b’olg an naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi iqtisodiyotni boshqarishning ma'muriy-buyruqbozlik usullariga asoslangan edi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi, birinchi navbatda, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish rejalarini bajarish nuqtayi nazaridan mahsulot sotuvchi korxona qiziqishlariga xizmat qilar edi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari korxonalarning shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun iqtisodiy qiziqishlar va javobgarligi chegaralangan, qat’iy qilib belgilangan edi.
Bu tamoyillar quyidagicha belgilangan:
1) bank naqd pulsiz hisob-kitoblarni taslikil qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazorat qiladi;
2) to‘lov vaqti qatiy belgilangan, ya’ni barcha to‘lovlar tovar jo ‘natilgandan yoki xizmat bajarilgandan so'nggina o‘tkaziladi, tijorat kreditiga ruxsat etilmas edi;
3) tolovchining roziligi tolov o‘tkazilishining asosi sifatida tan olinadi;
4) qaysi sohada, qaysi hollarda naqd pulsiz hisob-kitob shakllarining ishlatilishi oldindan belgilab qo‘yilgan, bank u yoki bu hisob-kitob shakllarini tanlashga aralashar edi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillari tolovchining to'lovga va kreditga layoqatlilik qobiliyatini hisobga olmas edi. Hozirgi kunda naqd pulsiz hisob-kitoblarning birinchi tamoyili mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo'jalik yurituvchi subyektlar o‘z mablagiarini bankdagi hisobvaraqlarida saqlashlari va barcha operatsiyalarni bank orqali o'tkazishlari lozimligini bildiradi. Bozor munosabatlari sharoitida hisob-kitoblarning bank orqali oikazilishi bozor ishtirokchilarining iqtisodiy mustaqilligi bilan qo‘shib olib borilishi kerak. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning ikkinchi tamoyili shundan iboratki, mijozlarning hisobvaraqlaridan pul mablagiarini ko'chirish ularning topshirig'i yoki roziligiga asosan hisobvaraqdagi mablagiar chegarasida bajariladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining ishlab chiqilishi va joriy etilishi munosabati bilan Markaziy bank tomonidan mijozlarning hisob raqamlari bo'yicha operatsiyalar oikazish tartibi belgilangan. Hisobvaraqlardan m ablagiarni o ikazish hisobvaraq egasining topshirig‘i asosida bajariladi, mijozlarning buyrugisiz hisobvaraqlardagi pul mablagiari faqat sud qaroriga binoan, qonunda belgilangan tartibda bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomaga asosan ko‘chirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan mijozlarning hisobvaraqlarida barcha talablarni bajarishga pul mablag’lari yetarli bo‘lgan hollarda pul ko'chirilishi bo‘yicha mijozning topshirig'i va boshqa hujjatlarning kelib tushishi tartibida hujjatlar to'lanishi lozim. Mijoz hisobvarag‘ida barcha talablarni to‘lashga mablag'lar yetarli bolmagan taqdirda hujjatlarning to‘lanishi O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 13-apreldadi 3229 sonli qaroriga asosan olib boriladi. Agar mijoz bilan bank o‘rtasidagi kredit shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, to‘lovlar bank krediti hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning uchinchi tamoyili shundan iboratki, mablag'lar toiovchining hisobvarag‘idan o‘chirilgandan so'ng oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Tijorat banklarining hisob cheklari bo‘yicha pul o‘tkazish bundan mustasno. Hisob-kitoblar bo‘yicha xo'jalik yurituvchi subyektlar orasidagi o‘zaro e’tirozlar, belgilangan tartibda bank ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi hisob-kitoblarni taslikil qilishning to‘rtinchi tamoyilidir. Banklar o‘zvaqtida to ‘lanmagan hujjatlar bo‘yicha penyalarni hisoblash va undirishga javobgar emas. To‘lovchi yuklab jo'natilgan mahsulotlar uchun o‘z vaqtida to‘lanmagan summaga hisoblangan penyani to‘lovchi va mahsulot yetkazib beruvchi o'rtasida tuzilgan xo'jalik shartnomada ko‘zda tutilgan tartibda to'laydi. Agar bank bilan mijoz o‘rtasidagi penya hisoblanishi va undirilishi ko'zda tutilgan bo‘lsa, bu holda bank o‘z vaqtida to‘lanmagan hujjatlar bo‘yicha penya hisoblashi va mahsulot sotuvchi korxona foydasiga undirib berishi mumkin. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borishning beshinchi tamoyili hisob-kitob shakllarini tanlash bilan bog‘liq. Mulkchilik shakllarining xilma-xilligi hamda tovar-pul munosabatlari rivojlanishi sharoitida xo'jalik yurutuvchi subyektlarning faoliyati naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish xo‘jalik idoralari tomonidan hisob-kitob shakllarini erkin tanlash tamoyilidan kelib chiqadi va ular xo‘jalik shartnomasida mustahkamlanadi.
Xo‘jalik organlarining shartnomaviy munosabatlariga bank aralaslimaydi.Bu tamoyil hisob-kitob ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarining ijobiy natijalari uchun moddiy javobgarligini oshirishga, hisob-kitob va shartnomaviy munosabatlami tashkil qilishda iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning oltinchi tamoyili to‘lovning muddatliligidir. Bu tamoyil katta amaliy ahamiyatga ega. Xo'jalik yurituvchi subyektlar toiovning qanday muddatda kelib tushishi to‘g‘risidagi axborotga ega bolgan holda, o‘z mablagiarining aylanishini ratsional tashkil qilish, qarz mablagiariga bo‘lgan zaruratni hisoblab ko‘rishi, shu bilan birga, o‘z balansining likvidligini boshqarib borishi mumkin bo‘ladi. Mahsulot sotuvchi va oluvchi tomonlar kelishuviga ko‘ra to‘lovlar muddatli, muddatidan oldin hamda muddati kechiktirilgan bo‘lishi mumkin. Muddatli to‘lovlar quyidagi hollarda amalga oshiriladi: -tovar jo'natilmasdan yoki xizmatlar bajarilmasdan oldin — bunday to‘lovlar avans ctoiovlari yoki oldindan to‘lov ko‘rinishida amalga oshiriladi; - tovar jo'natilgandan keyin, ya’ni tovarni bevosita aksept qilish yo‘li bilan; - yirik summaga tuzilgan shartnomalarda ko‘rsatilgan summalarni b’olib –bo‘lib to‘lash yo'li bilan amalga oshiriladi. Muddati uzaytirilgan to‘lovlar belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirolmay qolgan hollarda, to‘lov muddatini qandaydir muddatga cho‘zish, ya’ni yangi to‘lov muddatini belgilashni bildiradi. Muddati uzaytirilgan tolovlar tomonlarning moliyaviy ahvoliga zarar yetkazmagan holda shartnomaviy munosabatlar doirasida boiishi lozim. Muddati kechiktirilgan to‘lovlar to‘lovchi korxonaning hisobvaragidan hujjatda korsatilgan summani yo‘lash uchun pul mablagiari bo‘lmagan holatda yuzaga keladi. Agar korxona bankdan kredit olish huquqiga ega bo‘lmsa, hujjat korxona hisobvaragiga pul kelib tushgandan so‘nggina belgilangan tartibda to‘lanadi. Yuqorida biz korxona va tashkilotlar o‘z mablagiarini bankdagi hisobvaraqlarida saqlashlari lozimligini ta’kidlagan edik. Banklarda mijozlarga bir qator hisobvaraqlar ochiladi. Bular talab qilinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha hisobvaraqlar, jamg'armalar depozitlar va muddatli depozitlar bo‘yicha hisobvaraqlardir. Talab qilingungaeha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha hisobvaraqlar ilgarigi hisob-kitob hisobvaraqlariga tenglashtirilgan b’olib xo‘jaliklarning barcha operatsiyalari aynan mana shu hisobvaraqlardan o‘tkaziladi. Jamg‘armali va muddatli depozitlar bo‘yicha hisobvaraqlar xo‘jaliklar tomonidan qo‘shimcha daromad olish yoki pul mablagiarini asta-sekin ko‘paytirib borish maqsadida ochiladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar bir necha shakllarda olib boriladi va bu shakllar vaqt o ’tishi bilan o‘zgarib borishi mumkin.
Hozirgi kunda respublikada naqd pulsiz hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan va xalqaro amaliyotda qabul qilingan shakllarda tashkil etiladi. Hisob-kitob shakllari deyilganda, huquqiy me’yorlarda ko‘zda tutilgan pul mablagiarining mahsulot yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvhi korxona va tashkilotlarning hisobvarag‘iga yozish usuli, hisob-kitob hujjatining turi va hujjatlar aylanishi tartibi bilan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi. Korxonalar o‘zlariga qulay bo‘lgan hisob-kitob shaklini erkin tanlaydilar va uni o‘zaro shartnomada mustahkamlab qo‘yadilar.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar hozirgi kunda quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi: - to‘lov topshiriqnomasi; -to‘lov talabnomasi; - akkreditiv; -inkasso topshiriqnomasi; hisob-kitob cheki; -memorial order; -plastik kartochkalar. Hisob-kitob shakllarining har birini keyingi paragraflarda batafsil ko‘rib chiqaraiz. Naqd pulsiz hisob-kitoblar oldiga bir qator talablar qo‘yiladi. Hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayonlarida ularga amal qilish talab qilinadi. Bu talablar quyidagilar: Birinchidan, aylanma mablag‘lar aylanishining uzluksizligini ta’minlash lozim, ya’ni xo‘jalikda ishlab chiqarishning rivojlanishiga to'siq boim asligi kerak. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli bo‘lgan mablag‘lar doimiy harakatda bo‘lishi kerak. Ularning doimiy ravishda doiraviy aylanishda bolishi naqd pulsiz hisob-kitoblarning ijobiy ta’siri natijasida bo‘ladi. Ikkinchidan, naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning muddatliligi deb qarash mumkin. Bu talabning mohiyati shundan iboratki, naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish vaqt jihatidan ularning ma’lum bir davrda yoki m a’lum bir muddatda amalga oshirilishini taqozo qiladi. Ularni amalga oshirish vaqti qanchalik kam bo‘ladigan bo‘lsa. Naqd pulsiz hisob-kitoblar shunchalik tez amalga oshirilsa, xo‘jalik yurituvchi subyektlar bolgan molyetkazib beruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar va iste’molchilar o‘rtasida molni yetkazib berish va ularning pulini undirib olish shunchalik qisqa va tez muddatlarda amalga oshirilsa, naqd pulsiz hisob-kitoblarning samaradorligi shuncha yuqori boiadi. Uchinchidan, toiovlarni amalga oshirishdagi javobgarlik masalasi hisoblanadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda qo‘yilgan bu talab ham naqd pulsiz hisob-kitoblarning mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi.
|
| |