|
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bo‘yicha Nizomning mazmuni, ahamiyati va uning amaliyotda qo‘lanilishi
|
bet | 3/6 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 45,99 Kb. | | #229730 |
Bog'liq kurs ish Amina1.2 Naqd pulsiz hisob-kitoblar bo‘yicha Nizomning mazmuni, ahamiyati va uning amaliyotda qo‘lanilishi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri pul aylanishini to'g‘ri va aniq tashkil qilishdan iborat, chunki bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining holati va taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liq . Korxona va tashkilotlar o'zlarining xo‘jalik faoliyatlari jarayonida doimo bir-biri bilan aloqada boiadilar. Ular o‘rtasida tovar ayirboshlash jarayoni pul va pulli hisob-kitoblar yordamida amalga oshiriladi. Tovar ayirboshlashning o‘zi esa pul aylanishining moddiy asosi bo‘lib hisoblanadi, uning asosida boshqa pulli munosabatlar vujudga keladi (soliq organlari, pensiya fondi, bank muassasalari va boshqalar). Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda. korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmat ko'rsatish va tovarsiz operatsiyalar bo‘yicha bir-biriga bo‘lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul mablag‘larini bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o‘tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi. Naqd pulsiz pul aylanishi yalpi ijtimoiy mahsulotni ishlab chitsarish jarayonida sodir boiadigan munosabatlarini O‘zida aks ettirishiga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi. Naqd pul ishtiroksiz, mablag'larni bir hisobdan ikkinchi hisobga o ‘tkazish yo'li bilan amalga oshiriladigan hisoblar naqd pulsiz hisob-kitoblar deyiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblar «O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g ‘risida»gi Nizomga asosan olib boriladi. Bu Nizom O‘zbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida»gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining boshqa me'yoriy hujjatlariga asosan ishlab chiqilgan. 2020-yil 13-apreldagi 3229-sonli Nizomga asosan hisob-kitoblarni olib borishda oldin mavjud b’olgan ba'zi bir cheklashlar olib tashlandi va korxonalarga ular qaysi mulk shakliga asoslanishidan qat’i nazar, hisob-kitob shakllarini tanlash va olib borishda erkinliklar berilgan. Naqd pulsiz hisob-kitoblar quyidagi elementlardan tashkil topgan. Bular: naqd-pulsiz hisob-kitoblarni olib borish va amalga oshirishning asosiy tamoyillari; hisob-kitob shakllari; hisob-kitob hujjatlari; to‘lov turi; navbati, manbalari; hisob-kitob qatnashchilari, bankning huquq va majburiyatlari va boshqalar. Naqd pulsiz hisob-kitoblar o‘zining iqtisodiy mohiyatiga qarab, tovarlarni sotish jarayoni bilan bo‘gliq hisob-kitoblar va notovar xarakterdagi hisob-kitoblarga bo‘linadi. Tovarlarni sotish jarayonidagi hisoblar moddiy boyliklar aylanishi bilan bogiq bolib ular, asosan, korxona, tashkilotlar o‘rtasida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar hisob hujjatlari asosida olib boriladi. Shartnomaga asosan mol yetkazib beruvchi o‘z vaqtida tovarning pulini (ekvivalenti) olishi, molsotuvchi pulni o‘z vaqtida oikazishi zarur. Naqd pulsiz hisob-kitoblar quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
-korxona, tashkilotlar o ‘z pul mablagiarini (o'zmablagiarini va qarz mablagiar) bankda saqlashlari zarur;
- barcha naqd pulsiz hisob-kitoblar bank orqali o'tishi kerak; -xo'jalik organlari hisob-kitoblar shakllarini erkin tanlashlari va uni shartnoma orqali mustahkamlab qo‘yishlari mumkin;
- xo‘jalik organlarining hisob-kitoblar bo'yicha shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmasligi kerak;
- tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov lar to‘lovchining roziligi bilan amalga oshiriladi.
- to‘lovlar xo'jalik organlarining hisobvaragidagi mablagiari hisobidan, ba’zida (agar korxona kredit olishi mumkin bolsa) bank krediti hisobidan amalga oshirilishi mumkin;
- to‘lov qoidasi mol yetkazib beruvchi va mol sotib oluvchi tomonidan mol yetkazib berish tog’risidagi shartnoma asosida kelishib olinadi;
- mol yetkazib beruvchining hisobvaragiga pul mablagiarini o‘tkazish shu mablagiarni mol sotib oluvchining hisobvaragidan o ‘chirilganidan keyin amalga oshiriladi (cheklar bilan hisob-kitob qilish bundan mustasno);
Korxona.tashkilotlarga pul mablag’iarini saqlash va hisob-kitoblar olib borish, kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun hisob-kitob (talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaragi) ochiladi. Hisob-kitob varaqlarini ochish uchun korxona quyidagi hujjatlarni bankka taqdim qilishi zarur. a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza; b)xo‘jalik, tashkilot tashkil qilinib, ro'yxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjat; d) huquqiy shaxs Nizomining notarial tartibda tasdiqlangan, huquqiy shaxs tomonidan imzolangan nusxasi; e)imzolar namunalari, muhr bosilgan va notarial tartibda tasdiqlangan varaqcha; f) boshqa ta'sis hujjatlari. Korxona rahbarining pasporti (shaxsini tasdiqlovchi hujjat) ham bankka taqdim qilinadi. Hisobvaraq ochish uchun yuqoridagi asosiy hujjatlardan tashqari zarur boiganda boshqa qo‘shimcha hujjatlar ham bankka berilishi mumkin. «O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida»gi Qonunga asosan ish haqi tolash, budjetga to‘lovlar. Davlat sug‘urtasining majburiy turlariga doir to‘lovlar va ijtimoiy sug'urta jamgarmasi (pensiya jam g'armasi)ga to‘lovlar barcha korxonalar uchun birinchi navbatda tolanadigan to‘lovlar hisoblanadi. Banklardabajariladigan barcha operatsiyalar malum bir me’yoriy hujjatlar asosida olib boriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishda asosiy me’yoriy hujjat - bu «Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida»gi Nizomdir. Lekin bu nizom doimiy boimay, vaqt otish i bilan o‘zgarib boradi.
Iqtisodiy o‘zgarishlar. shuningdek, bank tizimidagi o‘zgarishlar barcha qonun-qoidalarning shunga mos ravishda o‘zgartirilishiga sabab boiadi. Masalan, respublikamiz mustaqillikka erishganidan so'ng, kredit, hisob-kitob va boshqa operatsiyalarni olib borish tartib-qoidalari bir necha marta o‘zgartirildi. Jumladan, naqd pulsiz hisob-kitoblar bo‘yicha 1993-1995, 1998, 2013 va, nihoyat, 2020-yillarda qonun-qoidalar ishlab chiqilgan bo‘lib , bir-biridan malum moddalari bilan farq qiladi. Masalan 1993-yilda Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan «Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida»gi Nizomda to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov talabnomasi, to‘lov talabnoma-topshiriqnomasi, akkreditivlar, limitlashtirilgan va limitlashtirilmagan chek daftarchalarining cheklari va inkasso topshiriqnomasi bo‘yicha hisob-kitoblar ko‘zda tutilgan edi. Bu Nizom ning yangiligi shundan iborat ediki, unda toiov talabnoma-topshiriqnomasi shakli yangilik qilib kiritilgan edi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning ushbu shaklining mazmuni shundan iborat ediki, mol sotuvchi korxona sherigiga mol jo'natar edi. Bunda bank chetlab otilar edi. To‘lov talabnomasini olgan mol sotuvchi korxona talabnoma-topshiriqnomaning talabnoma qismida ko‘rsatilgan rekvizitlarni ko‘rib chiqib, olgan tovari bilan solishtirib, agar shartnoma shartlari bajarilgan bolsa , hujjatning topshiriqnoma qismini to‘idirib , uni bankka topshirishi lozim edi. Shunday qilib, hisob-kitob shakllari yana bitta shakl bilan to‘ldirilgan. 1993-yilda chiqarilgan Nizomda keltirilgan cheklar bo'yicha hisob-kitoblar limitlashtirilgan va limitlashtirilmagan chek daftarchalarining cheklari asosida olib birishga moijallangan edi. Limitlashtirilgan cheklar bo'yicha hisob-kitoblarning mazmuni shundan iborat ediki, mijoz bankdan limitlashtirilgan chek daftarchasini arizasiga binoan olib, unga o‘z topshirig‘iga asosan malu bir summani o‘tkazar edi. Mana shu summa chegarasida chekni rasmiylashtirib, mahsulot sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin edi. Limitlashtirilmagan cheklar bilan hisob-kitoblarning mazmuni shundan iborat ediki, bunda chek daftarchasiga pul o'tkazilm as edi, hisob-kitoblar bank krediti hisobidan amalga oshirilardi. Bunday daftarchalardan, asosan, savdo, ta’m inot tashkilotlari ko'proq foydalanishar edi. Lekin bu hisob-kitoblar bo'yicha ko‘p noqonuniy operatsiyalar oikazilgani aniqlangach, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki limitlashgan va Iimitlashmagan chek daftarchalari bo‘yicha hisob-kitoblarni bekor qildi. Uning oldiga yangi hisob cheklari deb nomlangan hisob-kitoblarni amaliyotga tatbiq etdi. Hisob cheklari bo‘yicha hisob-kitoblarning tartib-qoidalari ishlab chiqildi. Bu qoidalar avvalgi cheklar bo‘yicha hisob-kitoblardan fai'q qilar edi. Hisob cheklarining 5,10, 25 varaqli ko‘rinishda. mijozlaming xohishilariga ko‘ra kitobcha shakliga keltirib berila boshlandi. Chek daftarchasiga pul qo‘yish mijozning topshirig‘iga binoan uning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘idagi mablag’lar hisobidan amalga oshirilardi.
Tijorat banklari hisob cheklari bo‘yicha operatsiyalarni olib borishlari uchun hisob-kitob markazida alohida hisobvaraqlarini ochib, unga mablag‘ qo‘yishlari lozim edi. Hisob cheklari bo‘yicha hisob-kitoblar 1995-yildagi Nizomga yangilik bo'lib kiritildi. Shu bilan birga, ushbu Nizomda veksel muammosi ham ko‘zda tutilgan edi. 1995-yil may oyidan boshlab O 'zbekistonda veksel muomalasini kiritish to'g‘risida Vazirlar Mahkamasining Qarori chiqarildi. Qarordan so‘ng «Paxtabank», « O‘zsanoatqurilishbank», «Savdogarbank», «Turonbank» kabi bir qator banklar birinchilar qatorida veksellar emissiyasini boshlab berdilar. Lekin bu davrda respublikada amalda bo‘lgan «Naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g‘risida»gi Nizomda veksel muomalasi ko‘zda tutilmagan edi. Shu sababli veksellar bo‘yicha banklarning operatsiyalar o ‘tkazish tartib-qoidasini ishlab chiqish birinchi navbatdagi vazifalardan biriga aylandi. Shunday qilib, navbatdagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish qonun-qoidalarini o‘z ichiga mujassamlagan yangi Nizom ishlab chiqilib, 1995-yil 4-sentabrda Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlandi. Ushbu Nizomda avvalgi hisob-kitob shakllari bilan bir qatorda yangi hisob cheklari va veksellar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblar ko‘zda tutildi. To‘lov talabnomasining o'rni esa ancha pastga tushirildi va Markaziy bankning maxsus qarori bilan hisob-kitoblarda ishlatilishi, alohida xabar berilishi ko‘rsatib o‘tildi. Bunga sabab, bu davr ichida notoiovlar uchun amaliyotda ishlatilayotgan 2-kartoteka bekor qilingan bo‘lib. mijozlardan hisob-kitob hujjatlari ularning hisobvarag‘ida to‘lash uchun pul yetarli bo‘lgan taqdirdagina qabul qilinishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan edi. To‘lov talabnomasi esa bunday talabga javob bermas edi. Vaqt o‘tishi bilan respublika to‘lov tizimi takomillashib bordi, buning natijasida elektron to‘lov tizimi joriy etildi. Barcha banklar o'zaro hisob-kitoblarni yangi elektron to‘lov tizimi asosida amalga oshira boshladi. Bu esa hisob-kitoblar shakliga, ularning taqdim qilinishi, bank tomonidan qabul qilish va ishlov berish tartibining o‘zgartirilishiga sabab bo‘ldi. Bir oz vaqt o‘tgach veksel muomalasi va cheklar bo‘yicha hisob-kitoblar malum sabablarga ko‘ra bekor qilindi. Natijada hisob-kitoblarni tashkil qilish qonun-qoidalariga o‘zgartishlar kiritish zarurati paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng, «O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to‘g‘risida»gi 11/22-sonli Nizom qayta ishlab chiqildi. Bu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yilda 13-aprelda 3229-son bilan ro‘yxatga olingan.
Ushbu Nizom quyidagi bolim larni o‘z ichiga oladi:
Umumiy qoidalar;
To‘lov hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni ijro qilish;
Memorial orderlar bilan hisob-kitoblar;
To‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitob qilish;
To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilish;
Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar;
Akkreditivlar bilan hisob-kitob qilish;
Yuridik shaxsni qayta tashkil etish va tugatish vaqtida mablag‘larni hisobdan chiqarish;
Yakuniy qoidalar.
« O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to‘g‘risida»gi Nizom Fuqarolik kodeksi, «Markaziy bank to‘g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Markaziy bankning O‘zbekiston hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Nizomning bir maromda qoilanishi respublikaning butun iqtisodida hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlaydi. Nizomda naqd pulsiz hisob-kitob shakllarining mazmuni, ularning qoilanish sohalari, hujjatlarni rasmiylashtirish, bankka taqdim etilishi va ularning ishlatilishi qonun-qoidalari belgilab berilgan. Keyingi paragraflarda ular bilan batafsil tanishib chiqamiz. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning har birida alohida shakldagi hujjatlar ishlatiladi. Hisob-kitob nomi hujjat nomi bilan belgilanadi. Har bir hisob-kitob hujjatlari belgilangan me’yorlarga javob berishi kerak. Bu hujjatlarning har biri o‘z ichiga quyidagi rekvizitlarni olishi lozim:
- hisob-kitob hujjatining raqami;
- hujjat yozib berilgan sana;
- toiovchining nomi; - hisobvaraq raqami;
- soliq to'lovchining identifikatsiya kodi (chek va akkreditivlarda ko‘rsatilmavdi);
- to‘lovchi bankning nomi;
- to‘lovchi bankning kodi;
- mablag‘larni oluvchining nomi;
- mablagiarni oluvchining hisobvaraq raqami;
- mablag' oluvchi bankning nomi;
- mablag‘ oluvchi bankning kodi;
- to‘lovning summasi raqam va yozuvda ko'rsatilishi lozim;
- to‘lovning maqsadi (cheklarda ko‘rsatilmaydi);
Tijorat banklarining hisob-kitob cheklarida qo‘shimcha ravishda quyidagilar yoziladi:
- hisob-kitob chekining seriyasi va raqami;
- jism oniy shaxs pasportining seriyasi va raqami;
- chekning amal qilish muddati;
Akkreditiv ochish uchim taqdim etilgan ariza qo‘shimcha ravishda quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
- akkreditivning amal qilish muddati (akkreditiv yopilayotgan sana va oy)
- akkreditiv ochilayotgan shartnoma raqami;
- buyurtma raqami;
- buyurtma sanasi;
- akkreditiv qaysi mahsulotlarni yuklab jo ’natish va xizmat ko‘rsatish uchun ochilganligi;
- akkreditivning turi (u haqida kerakli m a’lumotlarni ko‘rsatish bilan);
- qo'shim cha majburiyatlar;
Banklar va mijozlamingishiga halal bermaydigan tarzda to‘lovchi va mablag‘larni oluvchining nomini ratsional darajada qisqartirish mumkin. Xo‘jalik subyektlariga sotilgan mahsulot va ko'rsatilgan xizmatlar uchun qo‘shimcha qivmat solig‘i hisoblansa, hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirishda qo‘shimcha qivmat solig'i summasi alohida qatorda ko‘rsatiladi. Qo‘shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan tovarlar, ko'rsatilgan ish va xizmatlar uchun hisoblashishda rasmiylashtirilgan to‘lov hujjatlarida qo'shilgan qiymat solig‘isiz so'zi yoziladi yoki shu yozuv yozilgan shtapm qo‘yiladi. To‘lov topshiriqnomalari texnik vositalardan foydalangan holda. bir martaning o ‘zida nusxa ko‘chirish yoki birinchi nusxani hisob-kitobda qatnashuvchi barcha tomonlar va bank uchun yetarli bo‘lgan nusxalar sonida ko‘paytirish yo‘li bilan yozib beriladi. Cheklar siyoh va sharikli ruchkalarda qo‘lda yoki texnik vositalardan foydalangan holda yozib beriladi. Hisob-kitob hujjatlariga qo‘lda o'zgartirish kiritish, bo'yash va tozalashga yo‘lqo‘yilmaydi.
Hisob-kitob hujjatlari bank tomonidan hisob-kitob pul operatsiyalarini bajarish uchun qabul qilinadi:
1) yuridik shaxslar birinchi nusxada hisob-kitob hujjati tayyorlanishi shartidan qat'inazar, imzo qo'yish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shasxlarning imzosi va korxona muhrining izi mavjud bo‘lishi;
2) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy va yakka tartibdagi ijarachilar va tadbirkorlar tomonidan bajariladigan operatsiyalar bo'yicha hisob-kitob hujjatlari ularda imzo mavjud bo‘lgan holda bajarish uchun qabul qilinadi.
|
| |