|
O‘zbekistonda plastik kartalar orqali hisob-kitoblarni rivojlantirish va noto‘lovlar muammosi, uni bartaraf etish yo‘llari
|
bet | 5/6 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 45,99 Kb. | | #229730 |
Bog'liq kurs ish Amina2.2 O‘zbekistonda plastik kartalar orqali hisob-kitoblarni rivojlantirish va noto‘lovlar muammosi, uni bartaraf etish yo‘llari.
Bank plastik kartalari orqali hisob-kitoblarning rivojlanishi va amalda yaxshi ishlashi, avvalo, huquqiy me’yorlarning, mukammalligiga bog‘iq. Shuning uchun hukumatimiz hamda respublika Markaziy Bank tomonidan pilastik kartalar orqali hisob-kitoblarm rivojlantirishga oid chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va mukammallashtirib boriladi. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz hukumati tomonidan bank tizimida plastik kartochkalar sonini oshirish va aholining plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblarini amalga oshirishni rag‘batlantirish borasida bir qancha imtiyozlar berilmoqda. Shulardan biri bu plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsatadigan protsessing markazlari va bankomatlami keltirish hamda ularni o‘rnatish borasida bojxona to‘lovlaridan 2020-yilga qadar ozod qilish chora-tadbirlari belgilangandir. Respublikamizda plastik kartochkalar tizimini takomillashtirish hamda rivojlantirish, plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar hajmini yanada ko‘paytirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA BANK KARTALARINING CHIQARILISHI VA MUOMALADA BO‘LISHI QOIDALARI TO‘G‘RISIDAGI»gi 2021-yil 3-apreldagi 3294 -sonli Nizomi muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining « O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA BANK KARTALARINING CHIQARILISHI VA MUOMALADA BO‘LISHI QOIDALARI TO‘G‘RISIDAGI»gi Qarorida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari va Banklar Assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 2021—2024 -yillarga mo‘ljallangan plastik kartochkalardan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar bo‘yicha maxsus jihozlar tarmog‘ini qo‘shimcha kengaytirishga doir prognoz ko‘rsatkichlar belgilab berilgan Ana shu prognoz ko‘rsatkichlar ma'qullanib belgilangan yillar davomida amaliyotga tatbiq etilishi shart qilib ko‘rsatildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar, tuman hokimliklari, manfaatdor davlat hamda xo‘jalik boshqaruv idoralari, tijorat banklari bilan hamkorlikda belgilab berilgan ro‘yxatga asosan ro‘yxatga kiritilgan chakana savdo va aholiga xizmat ko‘rsatish obyektlarini bank plastik kartochkalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo'yicha hisob-kitoblarni hisob-kitob terminallari bilan jihozlash chora-tadbirlarini ko'rishlari lozimligi belgilandi. Malumotlardan ko'rish mumkinki, 2021-2024-yillarga mo'ljallangan plastik kartochkalardan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar bo'yicha maxsus jihozlar tarmog‘ini qo'shimcha kengaytirishga doir prognoz ko'rsatkichlarga binoan qo'shimcha ravishda jami 34848 ta hisob-kitob terminallari va 661ta bankomatlar o'rnatish lozim. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA BANK KARTALARINING CHIQARILISHI VA MUOMALADA BO‘LISHI QOIDALARI TO‘G‘RISIDAGI»gi Qarorida plastik kartochkalar bo'yicha to‘lovlarni amalga oshirishda foydalaniladigan plastik kartochkalar, to‘lov terminallari, dasturiy ta’minot, bankomatlar, o'ziga o ‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklari va bosliqa uskunalar import qilish va ulardan foydalanishda bojxona va soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2022-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilishi belgilab berilgan. Bu imtiyozlar esa, o‘z navbatida, respublikada plastik kartochkalar, to‘lov terminallari, dasturiy ta’minot, bankomatlar, o'ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish axborot kiosklari va boshqa uskunalarning yetishmaslik muammolarining bartaraf etilishiga sharoit yaratadi. Shu bilan birga respublikamizda plastik kartalar tizimining yanada rivojlanishiga olib keldi. Quyidagi malum otlardan shuni ko‘rish mumkinki, 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra respublikamiz bo'yicha muomalaga chiqarilgan bank plastik kartalari soni 25 775 662 tani tashkil etdi. Bank plastik kartalarining asosiy qismi, ya’ni 25 715 409 tasi jismoniy shaxslarga tegishli. Qolgan 40 061 tashqiyuridik shaxslaming korporativ kartalari va 20 092tasi yakka tadbirkorlaming korporativ kartalaridir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘la hajmda bajarish iqtisodiyotning turli sohalari faoliyatining zarur shartidir. Korxona, tashkilot, banklar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar muammosi doimo dolzarb, shu bilan birga, hal etilishi qiyin bolgan muammolardan biri bo‘lib qoladi. Chunki tovar jo‘natish yoki xizmat ko‘rsatish bilan unga pulni to'lash vaqti bir-biriga to'g‘ri kelmaydi. Bu esa debetorlik va kreditorlik qarzlarini yuzaga keltirib chiqaradi. Bunday qarzlar o‘z vaqtida yopilmasa, uzaytirilgan debetorlik yoki noqonuniy qarzlar paydo bo‘ladi. Malumki, noqonuniy kreditorlik, shu bilan birga, muddati uzaytirilgan debetorlik qarzlari hajmining ortishi noto‘lovlar holatining paydo bo'lishiga sabab bo‘ladi. Bu esa shu mamlakat iqtisodining izchillik bilan rivojlanishiga salbiy ta’sir ko'rsatadi va to‘sqinlik qiladi. Kreditorlik qarzlari - bu birlashma, korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan vaqtincha jalb qilingan va muvofiq ravishda yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘aridir. Majburiyatlar va to‘lov muddatlari doirasidagi kreditorlik qarzlari qonuniy qarzlardir. Hisob-kitob va to‘lov tartiblari buzilganda, noqonuniy kreditorlik qarzlari vujudga keladi. U aylanma mablag'lar rejadan tashqari taqsimlanganligini bildiradi. Xaridor va buyurtmachilarning o'zaro majburiyatlarga nisbatan befarqlik bilan qarashlari va ular tomonidan shartnoma shartlariga rioya qilinmasligi debetorlik va kreditorlik qarzlari vujudga kelishining asosiy sababidir. Korxona balansida muddati o‘tgan qarzdorliklarning mavjudligi salbiy alomat bo‘lib hisoblanadi, chunki bu holda korxona balansining tarkibi yomonlashadi. Bunda jalb etilgan mablag'larga ehtiyoj kuchayadi. Ehtiyoj kam bo‘lgan, omborlarda me’yoridan ortiq to'planib qoladigan, raqobatga bardosh bera olmaydigan mahsulotlami ishlab chiqarish ham debetorlik va kreditorlik qarzlarining kelib chiqishiga olib keladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning me’yoridan ortiq miqdorda omborlarda yig‘ilib qolishi korxona aylanma mablag‘larining muzlab qolishiga, ko'zlangan foyda miqdorining kamayishiga, natijada korxona moliyaviy ahvolining yomonlashuviga olib keladi. Bu esa noto‘lovlar muammosini keltirib chiqaradi.
Noto‘lovlar muammosini keltirib chiqaruvchi ko‘plab omillarni keltirish mumkinki, ular qatoriga narx siyosati, soliq siyosati, me’yordan ortiq bo‘lgan inflatsiya darajasi va boshqalarni kiritish mumkin. Shu bilan birga, o'zaro qarzdorliklarni keltiruvchi asosiy sabablar quyidagilar hisoblanadi:
1)iqtisodiyotda to‘lov vositalarining yetarli emasligi;
2) hisob-kitoblar uchun eng qulay to‘lov vositalari sifatida hozirgi kunda amaliyotda ishlatilayotganlariga qo‘shimcha ravishda mamlakatimizda ayrim sabablarga ko'ra bekor qilingan chek va veksellarning ishlatilmasligi;
3) korxona aylanma mablag'larining inflatsiya sharoitida malum miqdorda qadrsizlanishi.
4)mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilarining mahsuloti doimo xaridorgir boim aganligi sababli sotishning qiyinligi;
5) marketingning yetarli darajada rivojlanmaganligi;
6) korxonalarni soliqqa tortish mexanizmining kamchiliklari mavjudligi oqibatida aylanma mablag‘larning yo‘qotilishi. Bu sabablami davom ettirish mumkin.
Lekin asosiy masala - o'zaro qarzdorliklarni to'liq yo'qotib bo'lmaydi. Ammo ularning umumiy summasini qisqartirish mumkin. Respublikamizda hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri ham aynan mana shu qarzdorliklardir. Bu masala Vazirlar Mahkamasining majlislarida hamda respublika iqtisodiyotini isloh qilish bilan bog‘liq turli yig‘ilishlarida doimo ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, iqtisodiyotda hisob-kitoblarni o 'z vaqtida o'tkazish va qarzdorlik muammolari bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan. Tijorat banklariga belgilab berilgan bir qator vazifalar bilan birgalikda Markaziy bankning bosh boshqarmalariga tijorat banklarining joylardagi har bir boshqarmasi va bo'limlarida yil davomida kamida 1 marta Davlat soliq boshqarmasi bilan kelishilgan muvofiqlashtirilgan tekshiruvlar rejasiga muvofiq debetor-kreditor qarzlar yuzasidan tekshiruvlar o'tkazish topshirilgan.
Tijorat banklari mijozlar bilan «Bank hisobvarag'ini yuritish bo'yicha shartnoma» tuzishda bir qator nyuanslarni e’tiborga olishlari lozimligi belgilab berilgan:
1. Xo'jalik yurituvchi subyektlar har oyning 6-kunida ichki idoraviy o'zaro qarzlaming summasini alohida qatorga ajratgan, barcha muddati o'tgan kreditorlik va debetorlik qarzlarining yuzaga kelish sanasi va ulami undirib olish yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlarni ko'rsatgan holda operativ m a’lumotlami taqdim etishi.
2. Har chorakda taqdim etilayotgan balans bilan birga 2-shakldagi «Debetorlik va kreditorlik qarzlari to'g'risidagi ma'lurnotnoma»ni taqdim etish to'g'risidagi band mavjud bo'lishi shart. Korxona va tashkilotlardan operativ, oylik va choraklik balans malumumotlari, muddati o‘tgan debetorlik qarzlariga solishtirish dalolatnomalarining talab qilinishi, ma’lumotlar taqdim qilinayotgan mijozlarga nisbatan qanday choralar ko'rilayotganini, olingan ma’lumotlarning tahlil qilib o'rganilishini ko‘rib chiqish lozim. To‘lo v hujjatlarida, ya'ni to‘lov talabnoma, topshiriqnomalarida xo'jalik subyektlari tomonidan yuborilayotgan mahsulot haqining oldindan to‘lanayotgan miqdori to‘g‘risidagi yozuv mavjudligi tekshirilishi kerak. Xo‘jalik organlarida debetorlik qarzlari holati bo‘yicha o'tkazilgan tekshirish dalolatnomalarining sifatini korish va tekshirishda aniqlangan qonunbuzarlik holatlari bo'yicha ko'rilgan choralarni o‘rganib chiqishlari lozim.
Hozirgi kunda banklar tomonidan notoiovlarni qisqartirish bo'yicha bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tijorat banklari filiallari tomonidan 2-kartotekadagi to‘lov hujjatlari muntazam ravishda inventarizatsiya qilib boriladi va uning natijasida noto‘g‘ri qo'yilgan hisob-kitob hujjatlari aniqlanib, mijozlarga qaytarilmoqda. Biz yuqorida banklar tomonidan debetor va kreditor qarzdorliklarni kamaytirish bo'yicha qanday tadbirlarni o'tkazilishi mumkinligini ko'rib chiqdik. Lekin xo'jalik yurituvchi subyektlarning o'zlari ham bunday qarzlarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirishlari maqsadga muvofiq bo'ladi. Muddati o'tgan qarzlarning oldini olish usullarining har birini puxta bilish bu borada amalga oshirilgan ishlarning samarali bo‘lishi uchun yetarli emas, balki muayyan vaziyatdan kelib chiqqan holda biror usullarni tatbiq etish ketma-ketligini chuqur anglash lozim. Sotuvchi va xaridor o'rtasida uzoq muddatli shartnomalarning va aloqalarning mavjud bo'lganligiga qaramay, sotuvchi, o'z navbatida. xaridoming to'lov qobiliyati, moliyaviy natijalari va umumiy ahvoli haqida muntazam ravishda malumotga ega bo‘lshga intilishi lozim. Sotuvchi, o'z navbatida, xaridor bilan uzoq muddatii hamkorlikka tayyorligi va xaridorning muvaffaqiyatli rivojlanishi tarafdorligini bildirib turishi maqsadga muvofiq. Shunda xaridor ham sotuvchiga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘ladi va sotib olingan tovarlar uchun to‘lovlarni kechiktirishi mumkin bo‘gan sabablami sotuvchidan yashirmaydi. Muddati o‘tgan qarzdorlik vujudga kelishining oldini olishning eng maqbul va zamonaviy usullaridan biri - bu sotuvchi va xaridorning qarzdorlikni birga bartaraf etishni amalga oshirishidir. Shunday qilib, yuzaki qaraganda qanchalik asossiz bo‘lib tuyulsa ham, sotuvchi va xaridor orasidagi hamkorlik hamda do'stona munosabatlar muddati o‘tgan qarzdorlikni bartaraf etish va vujudga kelishining oldini olishdagi eng tezkor hamda samarali yoi bo‘ib hisoblanadi. Xo'jalik faoliyatida uchraydigan hamma holatlarni hisobga olish qiyin. Shuning uchun quyida sanab o'tilgan muddati o'tgan qarzdorlik vujudga kelishining oldini olish va bartaraf etish usullari tadbirkorlarga mavjud muammoni hal etish borasidagi strategiyasini ishlab chiqishda qo‘l keladi. Chunki kapitalning aylanish tezligini oshirish va xaridorlarning qarzdorligini kamaytirish tadbirkorlik faoliyatining asosiy tamoyillari bolib hisoblanadi. Ushbu muammoni atroflicha va sistematik ravishda korib chiqish maqsadida xo'jalik faoliyatida uchraydigan barcha holatlarni katta bloklarga bo'lish mumkin:
I. Sotuvchi va xaridor orasida uzoq muddatli munosabatlarga asoslangan xo'jalik aloqalari (xomashyo, materiallar, yarim tayyor mahsuiotlar, ehtiyot qismlarni yetkazib berish).
II. Xomashyo. materiallar, butlovchi qismlar yetkazib berish va bajarilgan xizmatlarni bajarish uchun jismoniy shaxslar bilan tuzilgan yakka shartnomalar.
III. Yetkazib berilayotgan asbob-usukunalar, transport vositalari, hisoblash va boshqa texnikani xaridorlar asosiy fondlar sifatida ishlatish hollari.
Har bir bloklar bo'yicha alohida vaziyatlarni ko'rib chiqamiz.
A) Sotuvchi va xaridorlar orasida uzoq muddatli kooperatsiyaga asoslangan xo‘jalik aloqalari (xom ashyo, materiallar, yarim fahrikatlar, butlovchi qismlarni yetkazib berish). Ushbu holat uchun ikki tomonlama yaxshi aloqalar, sheriklarni bir-birini yaxshi bilishlari, o'zaro ishonch va hamkorlik alomatlari xosdir. Bunda keyinchalik ham o'zaro foydali hamkorlikni amalga oshirish hamda tovar oborotini ko'paytirish maqsadida, avvalambor, sotuvchining manfaatini ko'zlagan holda, xaridorlarga nisbatan oldindan to‘lash, bo‘lak to‘lovlari va hatto akkreditiv kabito'lov shakllari ishlatilishi tavsiya etilmaydi. Quyida sotuvchi va xat idorning ushbu blokka kiritilgan vaziyatlardagi amalga oshiradigan tadbirlari sanab o'tilgan:
1. Xaridorda malum bir moliyaviy qiyinchiliklar vujudga kelganida, sotuvchi tomonidan tijorat krediti berilishi maqsadga muvofiq. Bu vaziyatda tijorat kreditining qo'llanishiga sabab shuki, ikkala tomon vaziyatdan kelib chiqqan holda to'lov muddati va summasini muvofiqlashtirishlariga imkoniyat tug'iladi. Tijorat krediti qo'llanilganida, xaridor kredit hisobidan olingan tovarlardan (xom ashyodan) tayyorlangan o 'z mahsulotini sotishdan kelib tushgan tushum hisobiga o'z moliyaviy ahvolini yaxshilab oladi, sotuvchi esa, o‘z navbatida, xaridorni yo'qotmagan holda, kredit operatsiyasidan tushgan foizlar ko'rinishidagi foydaga ham ega bo'ladi.
2. Xom ashyo, yarim fabrikatlar hamda butlovchi qismlarni doimiy va bir maromda yetkazib turilishi holatida sotuvchi bank muassasasi bilan faktoring xizmatlarini ko‘rsatish haqidagi shartnoma imzolashi mumkin. Shunda ushbu muassasa qarzlami undirish majburiyatini o'z bo‘yniga oladi. Tovarlar ortib jo‘natilishiga qarab o‘z mablag‘arini olib turadi. Hozirda banklararo vakillik aloqalarining mavjudligi, ayniqsa, agar faktoring xizmatlarini ko'rsatayotgan bank muassasasi va qarzdor shaxsning banki orasidagi vakillik aloqalari mavjud bo‘Isa bank muassasasi tomonidan qarzlarni undirish borasidagi imkoniyatlari ko'proq. Ammo bu holda sotuvchi tashkilot faktoring xizmatlari haqini to‘lashga majbur bo‘ladi hamda korxona kapitalining aylanish tezligi oshganligi, debetorlk qarzdorlikni undirish xarajatlarining kamayishi, kredit olish ehtiyojining kamayishi va bank bilan muomala shakllarining osonlashuvidan keladigan foyda miqdori faktoring xizmatlari haqidan yuqori boigandagina o‘z samarasini beradi.
3. Yuqorida sanab o‘yilgan usullarning hammasi xaridor tomonidan muddati o‘tgan debetor qarzdorligi vujudga kelishining oldini olishda hamda xaridor tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarning mavjudligi holatlarida ham malum muddatdan so‘ng to‘lovlarning amalga oshirilishi qoilanishi mumkin. Agar xaridor surunkali ravishda o‘z majburiyatlarni buzsa, u holda sotuvchi nufuzli va baquvvat moliyaviy muassasalarining to‘lovning amalga oshirilishini kafolatlovchi xatlarini talab qilishi mumkin.
B) Xomashyo materiallar, butlovchi qismlar yetkazib berish va bajarilgan xizmatlarni bajarish uchun tuzilgan yakka shartnomalar. Ushbu turdagi xo'jalik aloqalarida sotuvchi va xaridor o'zaro oldi-sotdi operatsiyalarini birinchi marotaba amalga oshiradilar, ayniqsa, bunday holatlar yangi tuzilgan tashkilotlarda kuzatiladi. Shuning uchun sotuvchi o'z xaridori haqida hech qanday ma’lumotga ega bolmaydi. Bunday holatlarda quyidagi ko'rsatilgan usullardan foydalanish maqsadga muvofiq:
1. Vaziyat: sotish hajmi kichik, xaridor sifatida jismoniy shaxs qatnashishi mumkin. Bunday holatda hisob-kitob naqd pul yoki cheklar yordamida amalga oshirilishi maqsadga tnuvofiq. Biroq xaridorning kimligi nomalum bo‘lib uning yana bir bor qaytib kelishi nomalum va to‘lov summasi unchalik katta bo‘lmagan holatlarda u taqdim etayotgan cheklaming pul bilan ta'minlanganligi tekshirib ko‘rilishi lozim. Buning uchun xaridordan unga xizmat ko‘rsatuvchi bankdan og‘zaki yoki yozma ravishda bankdagi hisob raqamida qancha pul mavjudligini bilish kifoyadir. Agar sotuvchi cheklar bilan hisob-kitob shaklini xush ko'rmasa, xaridordan naqd pul, kredit kartochkalari orqali hisob-kitob qilinishini talab qilishi lozim.
2. Vaziyat: ulgurji savdo. Bunday hollarda faqat naqd pulsiz hisob-kitoblar amalga oshirilishi lozim. Xaridor haqida hech qanday malumotlar mavjud boim agan hollarda to‘lov amalga oshirilishini yuz foizga kafolatlovchi akkreditiv to‘lov shaklida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Xulosa.
Xulosa kilib shuni aytish mumkinki, plastik kartochkalarning joriy etilishi, xisob-kitob tizimining joriy kilinishi mijozlarga bank xizmatiginani kursatib qolmasdan,balki pul aylanmalarini xarakatini osonlashtirib,nakt pulga bulgan talabni kiskartiradi,xujalik yurituvchi subʼektlar urtasidagi debitorlik va kreditorlik akrzlarining xajmini kamaytiradi. Shuningdek pul massasini nazorat kilishni soddalashtiradi. Xisob-kitoblarning nakd pulga amalga oshirish va tijorat asosida faoliyat kursatayotgan moliya tizimlariga yordam beradi. Muomalaga yangi pul belgilarinichikarish va eskilarini almashtirish va xodimlarni saklab turish mijozlarning kup vaktini sarflanishi kabi muammolarni oldini oladi. Plastik kartochkalar naqd pulsiz xisob-kitoblarning eng kulay turi xisoblanadi. Аna shu plastik kartochkalar yordamida mijoz uzining bankdagi xisob-varakini bankka kelmay turib boshkarishi, tovarlar va xizmatlar uchun nakd pulsiz xak tulashi, bank muassasalaridan va bankomatlar orkali nakd pul olishi mumkin. Sum plastik kartochkalari Uzbekistonning barcha shaxarlaridagi supermarketlarda, dukonlar, maishiy xizmat korxonalarida, uyalialoka kompaniyalarida, avia va temiryul kassalarida, avtomobilga moy kuyish shaxobchalarida tulov uchun kabul kilinadi. Umuman, maxsus uskunasi bor xar kanday savdo korxonasida kartochka orkali xisob-kitob kilish xam mumkin.
Plastik kartochkalar bozorini kengaytirish va iqtisodiyotning barcha soxalarida ulardan foydalanishni yoʼlga qoʼyish dasturini ishlab chiqish hamda bu boʼyicha hukumatning idoralararo komissiyasini tashkil etish zarur. Mazkur dasturda kartochka foydalanuvchilarning hamda terminallar bilan taʼminlangan chakana savdo va xizmat koʼrsatish bilan shugʼullanuvchi xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning iqtisodiy qiziqishiga alohida eʼtibor qaratilishi lozim: Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning ikkinchi tamoyili shundan iboratki, mijozlarning hisobvaraqlaridan pul mablag’larini ko‘chirishg ularning topshirig’i yoki roziligiga asosan hisobvaraqdagi mablag’lar chegarasida bajariladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining ishlab chiqilishi va joriy etilishi munosabati bilan Markaziy bank tomonidan mijozlarning hisobraqamlari bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazish tartibi belgilangan. Hisobvaraqlardan mablag’larni o‘tkazish, hisobvaraq egasining topshirig’i asosida bajariladi, mijozlarning buyrug’isiz hisobvaraqlardagi pul mablag’lari faqat sud qaroriga binoan, qonunda belgilangan tartibda bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomaga asosan ko‘chirilishi mumkin. Pul-kredit tizimining muxim bulagi bu tulov aylanmasidir. Unda kompьyuter texnologiyalari asosida pul oʼtkazishning elektron tizimlari alohida muhim oʼrin tutadi.
Oʼzbekistonda yangi iqtisodiy mexanizimlar shakllanmoqda. Bu fuqarolar korxona va tashkilotlarga moliyaviy xizmat koʼrsatishda kredit-moliya institutlarining roli tobora oshib bormokda. Shu bilan birga milliy toʼlov tizimining samaradorligi ,aniqroq qilib aytganda pul-hisob kitoblari tizimlarining amal qilish samaradorligi hal qiluvchi omilga aylanib bormoqda. Respublikamiz iqtisodiyotining bosqichi axborot uzatish va uni qayta ishlashning elektron vositalaridan tobora koʼp foydalanayotganligi bilan davrlardan ajralib turadi. Bu esa pul mablagʼlarini oʼtkazishning elektron tizimini shakllantirish imkonini bermoqda. Keng qamrovli elektron toʼlovlar tizimini tashkil etish ,ularning texnologiyasini takomillashtirish borasida yangi nazariy yondashuvlarni ham jiddiy talab qiladi. Bunda naqd pulsiz mablagʼlar qarz majburiyatlari boʼlib , ular naqd pul oʼrnini bosadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekistonda plastik kartalar orqali hisob-kitoblarni rivojlantirish va noto‘lovlar muammosi, uni bartaraf etish yo‘llari
|