Biznes rejada biznes modeli




Download 21.15 Kb.
bet3/4
Sana21.11.2022
Hajmi21.15 Kb.
#31157
1   2   3   4
Bog'liq
Biznes modeli
texnalogiya (1), inklyuziv ta\'limning tamoyillari, 52 Panjiyeva Shaxodat Olimdjonovna 387-391, 9.amaliy ish

Biznes rejada biznes modeli


Biznes-reja jarayonini tahlil qilish biznes-rejaning ushbu jarayonning mahsuli sifatidagi biznes-model bilan har qanday rejalashtirish jarayonining boshlang'ich nuqtasi sifatidagi munosabatlarini ko'rsatadi. Biznes modeli biznes-rejaning asosini tashkil etadi va hatto biznesning asosiy yo'nalishlarini rejalashtirish jarayonini soddalashtirishi mumkin. Hech bo'lmaganda xarajatlar, daromadlar va rentabellikning asosiy hisob-kitoblarini biznes modeli orqali ko'rish mumkin.
Biznes reja — aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxminan hisobkitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan tadbirkorlik ishining hamma tomonlari oʻz aksini topadi. Biznes reja oʻz tarkibi jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy natijalar bayon etilgan yakuniy xulosa hamda asosan 10 boʻlimdan iborat asosiy qismga boʻlinadi.
Bozor munosabatlari rivojlangan sari rejaning ahamiyati tobora oshib boradi. Biron-bir ishlab chiqarish, xususan, tijorat g'oyasini rejasiz amalga oshirib bo'lmasligini xorijiy biznesmenlar allaqachon tushunib etganlar. Bu erda gap awalgi besh yillik rejalarimiz haqida bormayapti. Xorijiy mamlakatlarning "Besh yillik rejalari" butunlay boshqacha usulda tuziladi. Ularni biznes-reja deb yuritishadi.
Agar o'z faoliyatingizni biznes-rejasiz boshlaydigan bo'lsangiz, tez kunlar ichida inqirozga uchrab, sinishingiz turgan gap! Hayron qolmang, chunki jahon amaliyotidan bizga ma'lumki, biznes-reja ishbilarmonning hammasi uchun juda zarur, go'yoki suv bilan havodek.
Nega deganda, biznes-reja-bu shunday narsaki, uning yordamida siz ko'p ishlarni bajarishga qodirsiz. Masalan, siz o'z loyihangizni amalga oshirmoqchi yoki sotmoqchisiz. Buning uchun esa sizga lozim bo'lgan mablag'ni bankdan qarzga olish paytida bankirni o'zingizning biznes-rejangizdan xabardor etishingiz shart.
Bundan tashqari, bu narsa, o'z kelajagini bilishni xohlagan va o'z vazifasini aniq hamda puxta tushunish niyatida yurgan kasbdoshlaringiz, to'g'rirog'i xodimlaringiz uchun ham, eng avvalo yuqorida ta'kidlaganimizdek o'zingiz uchun ham juda keraklidir.
Biznes-reja korxonaning ichki hujjati bo'libgina qolmay, balki undan investorlar va kreditorlarni taklif qilishda ham foydalanish mumkin. Investorlar tavakkal qilib sarmoya berishdan awal loyihaning sinchiklab ishlab chiqilganiga ishonch hosil qilishlari va uning samarali ekanligidan xabardor bo'lishlari kerak. Ular sarmoya berish imkoniyatlarini ko'rib chiqishdan oldin biznes-rejani sinchiklab o'rganib chiqishadi. Shundan so'ng ular loyihani ishlab chiqqanlar bilan uchrashadilar. Korxona o'z faoliyatini biznes-rejasiz boshlar ekan, u albatta inqirozga uchrashi muqarrar.
Muvaffaqiyatli tuzilgan biznes-reja korxonaning holatini chuqur tahlil qilishga hamda uning istiqboldagi rivojlanishiga xolisona va ob'ektiv baho berishga yordam beradi. U muhim hujjat hisoblanadi. Shuning uchun ham uni begona odamlarga, shuningdek korxona boshqaruviga aloqador bo'lmagan shaxslarga berish ta'qiqlanadi.
Biznes reja da loyiha boʻyicha ishlab chiqariladigan tovar (xizmat)larning tavsifi hamda uning xaridorgirligi va raqobatbardoshligini taʼminlaydigan omillar; bozor hajmini baholash asosida sotish bozori, tadbirkor bozorning qaysi segmentida ish yuritishi, savdo hajmi, tovar (xizmat)lar narxi prognozlari; ehtimoli boʻlgan raqobatchilar (ularning mahsulotlari sifati va xaridorgirligi, narxi toʻgʻrisida axborot beriladi); marketing xizmatining asosiy unsurlari (tovarning qanday yoʻl bilan sotilishi, tovar narxining shakkllanishi, sotishni ragʻbatlantirish, reklamaning qaysi usullarini tanlash va boshqalar); mahsulot ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish aloqalari, mahsulot sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarish harajatlari va boshqalar); umuman ishni, xodimlar ishini tashkil etish; loyihaning tashkiliyhuquqiy shakllarini belgilaydigan yuridik reja; loyiha boʻyicha barcha maʼlumotlarni umumlashtiradigan hamda ularning qiymat ifodalari koʻrsatilgan moliya rejasi; loyihani moliyalash strategiyasi (vositalarni qayerdan va qanday shaklda olish, jami qancha pul kerakligi, uning qayerdan olinishi va harajatlarning qoplanishi, investorlarning daromad olish vaqgi va boshqalar) oʻz ifodasini topadi.
Biznes reja ni ishlab chiqishda tadbirkorning oʻzi („birinchi rahbar“), firma (xoʻjalik)larning mutaxassislari ishtirok etadi, tashqaridan maslahat va tavsiyalar olinadi. Biznes reja ekspertlar koʻrigidan oʻtkaziladi va olingan xulosalarga tayanib Biznes reja yanada mukammallashtiriladi. Biznes reja kredit berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Biznes modeli biznesning to'rtta asosiy elementiga qaratilgan: mijozlar, ta'minot, infratuzilma va moliyaviy barqarorlik. Ushbu elementlar biznes-rejada batafsil muhokama qilinadi.
Agar bizda poydevor bo'lsa, rejalashtirishni boshlash osonroq. Rejalashtirish jarayonida biznes modeli yordamida bizning e'tiborimiz to'g'ri narsalarga qaratiladi.
Va, albatta, agar biznesni daromadli qiladigan ishlaydigan biznes modeli taqdim etilsa, investorni sarmoyaning rentabelligiga ishontirish osonroq bo'ladi.

Xulosa
Qaysi maqsadda biznes modelini ishlab chiqishni rejalashtirayotganligingizdan va hozirda qanday biznes vazifalarini hal qilayotganingizdan qat'i nazar, avvalo diqqat bilan ko'rib chiqishingizni, keyin esa biznes modeli kabi samarali vositani o'rganishingizni tavsiya qilaman.
Byudjetingiz va muddatlaringizdan, shuningdek, kompaniyangiz uchun biznes modelini kim ishlab chiqishidan qat'i nazar (mustaqil ravishda yoki taklif qilingan biznes-tahlilchi yordamida), men ushbu maqoladagi ma'lumotlardan foydalanishni maslahat beraman, bu mening biznes sohasidagi tajribamni umumlashtiradi.


Download 21.15 Kb.
1   2   3   4




Download 21.15 Kb.