• Asboblar paneli. Asboblar palitrasi. Ranglar palitrasi. Rangli malumotni ta
  • Filtrlar. qatlamlar. Kanallar. Tasvirlarni qayta ishlash usullari.
  • Reja: Kompyuter grafikasiga kirish




    Download 432.38 Kb.
    bet1/5
    Sana14.03.2024
    Hajmi432.38 Kb.
    #171861
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    17-mavzu. Kompyuter grafikasi tushunchasi va turlari. Adobe Photoshopga kirish. Dasturni sozlash
    11moliyaviy nazorat, КОРРУПЦИЯ, PT UZ TEST, 2-mavzu, Klass bayonnomasi, ZAkovat bayonnomasi, Документ Microsoft Word (2), 2021 dtm, Corel draw dasturida sohangizga tegishli bo, Kompyuter grafikasi ning informatsion jamiyatdagi ahamiyati, 22-mavzu. Matlab bilan tanishuv. Matllab dasturida vektorlar va matritsalar bilan ishlash., 21-mavzu. MathCADda vektorlar va matritsalar bilan ishlash., 11-mavzu. Kompyuter tarmoqlari va ularning mohiyati. Internet tarmog’i qidiruv tizimlari., 4-mavzu Jjarayonlarini algoritmlash va dasturlash

    17-mavzu. Kompyuter grafikasi tushunchasi va turlari. Adobe Photoshopga kirish. Dasturni sozlash.
    Reja:

    1. Kompyuter grafikasiga kirish.

    2. Asosiy tushunchalar.

    3. Kompyuter grafikasi turlari.

    4. Asboblar paneli.

    5. Asboblar palitrasi.

    6. Ranglar palitrasi.

    7. Rangli ma'lumotni taqdim etish rejimlari.

    8. Turli effektlar hosil qilish.

    9. Montaj.

    10. Filtrlar. qatlamlar.

    11. Kanallar.

    12. Tasvirlarni qayta ishlash usullari.

    Kompyuter grafikasi haqida tushuncha va uning turlari.
    Inson tashqi dunyo haqidagi axborotning asosiy qismini ko‘zlari yorda- mida qabul qiladi. Ko‘rish tizimi turli obyektlarning tasvirini qabul qilib ola- di. Ular yordamida insonda tashqi muhit va undagi obyektlar haqida tasawur paydo bo‘ladi.
    Obyektlarning tasvirini yaratish, ularni saqlash, qayta ishlash va tasvir­lash qurilmalarida tasvirlab berish kompyuterning eng qiyin va asosiy masa- lalaridan biridir. Kompyuterga hech qanday topshiriq berilmaganda, ya’ni bekor turganida ham ekranida ko‘rinishi kerak bo‘lgan tasvimi sekundiga o‘nlab marta qayta ishlab ko‘rsatadi.
    Kompyuterning ekranida paydo bo‘ladigan tasvirlar uning videokarta deb ataluvchi qurilmasi yordamida yaratiladi va ekranga chiqariladi. Video- kartalar uchun maxsus videoprotsessorlar ishlab chiqariladi. Videoprotses- sorlar kompyuterning asosiy protsessorini murakkabligi va hisoblash ishlarini bajarish tezligi bo‘yicha ortda qoldirib ketgan.
    Kompyuter ekranida tasvir qanday yaratilishi bilan tanishib chiqamiz. Kompyuterning ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda tasvirlash qurilmasi monitor (monitor - kuzatish, nazorat) deb ataladi. Kompyuterda bo‘layotgan jarayonlarni monitor orqali kuzatish mumkin. Monitorning tasvirlar ko‘rsatiladigan qismi, ya’ni ekrani displey (display - tasvirlamoq) deb ataladi. Hozirgi paytda alohida korpusda yig‘ilgan tasvir­lash qurilmalari kompyuter monitori, kompyuter bilan birga joylangan tas­virlash qurilmalari (masalan, noutbuk, planshet hamda telefonlarda) displey deb atalmoqda.
    Кompyuter grafikasi o’zoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham to’laqonli grafik tizimlar mavjud bo’lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (КG) va kompyuter animasiyasi (КA) atamalaridan foydalaniladi. Кopyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha ko’rinishlari o’z ichiga olsa kompyuter animasiyasi dinamik o’zgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi.
    Кompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o’zgartirish va tahrirlashdir.
    Кompyuter animasiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir.
    Кompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo’lib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o’rganadi.
    Virtual fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o’rganuvchi soha uch o’lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi.
    Кompyuter grafikasi turlari. To’zilishiga ko’ra tasvirlar rastrli yoki vektorli bo’lishi mumkin. Masalan tasvir xosil qilishda skaner uni ko’pgina mayda elementlar (piksellar)ga bo’lib chiqadi va ulardan rastrli surat xosil qiladi.
    Piksel – bu rastrli tasvirning eng kichik elementi bo’lib, uning rangi kompyuter xotirasiga bitlarning ma’lum bir miqdori vositasida kiritiladi. Masalan 800x600 suratda bu sonlar gorizontal bo’yicha (800) va vertikal bo’yicha (600) piksellar sonini belgilaydi. Piksellar soni qanchalik ko’p bo’lsa tasvirning ekrandagi va qoq’ozda chop etilgandagi sifati (razreshenie) yuqori bo’ladi.
    Vektorli grafikada tasvirlar matematik egri chiziqlarni rangi va bo’yalish rangini ko’rsatish orqali xosil qilinadi. Masalan oq fondagi qizil ellips bor yo’q’i ikki formula – to’q’ri to’rtburchak va ellipsning ranglari, o’lchamlari va joylashuvini aniqlovchi formulalari orqali tasvirlanadi. Demak, bunday tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli rasmdan ko’ra kamroq joy egallaydi.
    Vektorli tasvirlarning yana bir afzalligi – ularning sifatini yo’qotmagan xolda kattalashtirish yoki kichiklashtirish imkoniyatidir. Ob’ektlarni masshtablash matematik formulalardagi mos koeffisientlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish orqali amalga oshiriladi.
    Shunday qilib rastrli yoki vektorli formatni tanlash tasvir bilan ishlash maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Rangni o’zatishning fotografik aniqligi talab etilgshanida rastrli formatdan foydalanish lozim. Logotip, sxemalar va chizmalarni tasvirlashda vektorli formatdan foydalanish maqsadga muvofiq. Shuni ta’kidlash lozimki, rastrli va vektorli tasvirlashda (matn ham) grafika ekranga yoki chop etish qurilmasiga nuqtalar jamlanmasi sifatida o’zatiladi.
    Axborotni grafik shaklda ishlab chikish, takdim etish, ularga ishloB bеrish, shuningdеk, grafik ob'еktlar va fayl­larda bulgan nografik ob'еktlar urtasida boKlanish urnatishni informatikada kompyutеr grafikasi dеb atash kabul kilingan. Kompyutеr grafikasi uch turga bulinadi: rastrli grafika, Vektorli grafika va fraktal grafika. Ular urtasidagi asosiy fark nurning displеy ekrandan utish usulidan iborat. Eslab koluBchi elеktron-nurli trubka (ENT)larga ega Vektorli kurilmalarda nur bеrilgan traеktoriya buylab bir marta chopib utadi, uning izi esa ekranda kеyingi buyruk bеrilgungacha saklanib koladi. Dеmak, Vektorli grafikaning asosiy elеmеnti — chizikdir.
    Vektorli grafika bilan ishloBchi dasturiy Bositalar birinchi naBbatda tasvirlarni yaratishga muljallangan. Bunday Bositalar rеklama agеntliklarida, dizaynеrlik byurolarida va nashriyotlarda kullaniladi.
    Rastrli kurilmalarda esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuktalar majmuasidan Bujudga kеladi. Bu nuktalar piksеllar (pixel) dеb ataladi. Rastr — bu ekranning butun maydonini koploBchi piksеllar matritsasidir. Dеmak, rastrli grafikaning asosiy elеmеnti nuktadan iborat.
    Rastrli grafika Bositalari bilan tayyorlangan tasvirlar kompyutеr dasturlar yordamida kamdan-kam xoldagina yaratiladi. Kupincha ushbu maksadda rassom tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar skanеrlanadi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga muljallangan kupgina grafik muxarrirlar asosan tasvirlarga ishloB bеrishga muljallangan. Internet tizimida kuprok rastrli tasvirlar kullanilmokda.
    Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish — bu tasvirni chizish yoki jixozlash emas, balki uni dasturlashdir, ya'ni bunda tasvirlar formulalar yordamida kuriladi. Fraktal grafika odatda uyin dasturlarida kullaniladi.
    Rastr grafikasida obyektlar bit kartasidagi to’rda ranga ega bo’lgan nuqtalar (piksellar) erdamida tasvirlanadi.
    Rastrli tasvirlar bilan ishlash uchun rastr muharriridan foydalanamiz. Rastr tasvirlarni tasvirni rastr ko’rinichiga o’tkazish (Convert to Bitmap) yoli bilan olarniz. Rastr tasvirlarni muharrirlaganda piksellar ranglarini da o’zgartirish imkoniyati tugiladi, fahat ranglarni o’zgartirganimizda obyektning formasi uzgarishiga uz tasirini tegizadi.
    Vektor grafikasi matematik obyektlar ustida tashqi qurilmalarga (monitor,printer) bogliqsiz holda amallar bajaradi.Vektor grafikasida birinch navbatda obyektning formasi uzgaradi rangi esa ekkinchi darajali bo’ladi. Sababi vektor grafikasida rang bilan forma bir-biriga bogliq emas bulib, forma birinchi darajali, rang bo’lsa ikkinchi bulib, faqat toliqtiruvchi xizmatini bajaradi.
    Vektor grafikasi “qul yordamida” chizishdan yiroq shuning uchun avval obyektning vektor konturini chizish kerak keyin esa uni qanday qilib muharrirlashni oylab ko’rish kerak.
    Vektor kontorlarinin muharrirlashda qanday asbob bilan yaratilganidan qattiy turda Forma (Shape) va maxsus muharrir paneli (Node Edit) (tuginlarni muharrirlaydi) foydalaniladi.
    Kompyuter grafikasi nimaning tasviri yaratilishiga qarab quyidagi sinf- larga ajratiladi: 1) statsionar (o‘zgarmas) yoki oddiy grafika; 2) kompyuter animatsiyasi; 3) multimedia.
    Oddiy grafika vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan tasvirlarni yaratish bilan shug‘ullanadi. Ularga misol sifatida rasmlar, fotosuratlar, chizmalarni kelti- rish mumkin. Kompyuter animatsiyasi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan tasvir­lar yaratadi. Masalan, multfilmlar, videoklip va videoroliklar.
    Multimedia mahsulotlari rasmlar va animatsiya bilan birga boshqa turda- gi axborotlarni, masalan, ovoz va matnni ham o‘z ichiga oladi. Multimedia- ning o‘ziga xos jihati uning interfaolligi bo‘lib, unda bir joy dan ikkinchi joyga o‘tish imkoniyati ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Multimediaga yorqin misol sifatida butun olam to‘ri - wwwni, undagi www-saytlar va www-sahifalarni keltirish mumkin.
    Qaysi sohada ishlatilishiga qarab, grafika quyidagi turlarga ajratiladi:

    1. Ilmiy grafika. Ilmiy izlanishlar va ularning natijalarini tasvirlash uchun.

    2. Tijorat grafikasi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar va jarayonlarni yaqqol ko‘r- sata bilish uchun xizmat qiladi.

    3. Konstruktorlik grafikasi. Iqtisodiyot, texnika, qurilish va boshqa soha- larda loyihalash ishlarini osonlashtirish, yaxshilash, jadallashtirish va avto- matlashtirishni ta’minlaydi.

    4. Illyustrativ grafika. Xizmat ko‘rsatishning turli sohalarida bezatish ishlarida foydalaniladi.

    5. Badiiy grafika. San’at asarlarini yaratishda keng qo‘llaniladi.

    6. Adobe Photoshop dasturining ishlab chiqilish tarixi

    7. Adobe Photoshop dasturining ishlab chiqilgan sanasi birorta kalendarda qayd etilmagan. Biz ishlatadigan Adobe Photoshop dasturining 2005-yilda bir yilligi nishonlandi. Bundan 17 yil oldin, fevral oyida, «Adobe» kompaniyasi, Rassomlar, fotograflar, dizaynerlar orasida hozirgacha mashhur bo'lgan «Photoshop — 1.0» muallifini e'lon qildi. Photoshop dasturi bugungi kunda, «kompyuter grafikasi» sohasi bo'yicha eng oldingi o'rinda turibdi va mustaqil dastur bo'lib ajraldi. Biz foydalanayotgan Adobe Photoshop dasturining boshlanishi ancha ilgari bo'lgan. Hozir 41 ta muallifi e'lon qilingan dasturni aslida aka-uka Jon Noll va Tomas Nollar boshlab bergan.



    8. Ularning otasi fotograf bo'lib, ular yerto'lada joylashgan fotolabaratoriyada otasiga yordam berar edilar. Tomas nur va rang kontrastini o'rgandi. Jonn esa eski «Apple» da ishlashga qiziqardi. 1984-yilda Aka-uka Nollarga otasi dastlabki Macintosh olib berdi. Uning imkoniyatlarining ko'pligi shu dasturni tuzishga sabab bo'ldi va ularga millionlab dollar foyda keltirdi.Dasturning Boshlanishi 1987-yilgacha Jonn Noll «Lucasfilm» firmasining Industrial Light and Magic (ILM) bo'limida «Stars Wars» ga maxsus effektlar tayyorlashda ishlar edi. Tomass bu vaqtda «Tasvirlar bilan ishlash» to'g'risidagi nomzodlik dissertatsiyasini yozayotgan edi. Tomassning Apple Mac plus monitorli kompyuteri «Grayscale Images» tasvirini namoyon qilmadi. Tomass vaziyatni o'zgartirish uchun yangi dastur tuzishga kirishdi. Qizig'i shundaki, Industrial Light and Magic (ILM) da Jon ham tasvirlarni qayta ishlash bilan shug'ullanardi. Akasini muvaffaqiyatlarini ko'rgan Jon birga ishlashni taklif qildi. Jon o'zining «Kompyuter grafikasi asoslari» kitobida shunday yozadi:«Men Tomas ishlarining natijasini ko'rganimda, Pixar studiyasidagi tasvirlarni qayta ishlash dasturiga o'xshashligini ko'rib hayron qoldim». O'shandan boshlab biz birga ishlab, murakkab va mukammallashgan Display dasturini tuzdik. Oradan ko'p vaqt o'tmay Jon yangi sotib olgan rangli ekranli Macitntosh II kompyuteriga Display dasturini ko'chirishni taklif qildi. Jon display dasturida ranglar gammasi korreksiyasi, import, fayllarni har xil formatlarda saqlash va boshqalarni o'ylab topdi. Dastur ustida ishlash Tomasni dissertatsiya yozishdan chalg'itdi, lekin u shunda ham xursand edi. Hech qancha vaqt o'tmay Tomas tasvirlarni bir qismini ishlov berishni yangi usulini o'ylab topdi va ishlov berish asboblar to'plamini tuzdi. Keyinchalik bular «Plug-ins» deb ataldi. Keyinchalik tonlarni sozlash-(Levels), balansni boshqarish funksiyasi, ranglar va to'yinishni boshqarish (Hue and Saturation) ishlab chiqildi. Bu imkoniyatlar Photoshopda dastlabki qadam bo'ldi. O'sha davrda bunday funksiyalar faqat maxsus dasturlarda bo'lgan. Ular esa faqat labaratoriyalarda yoki Industrial Light and Magic (ILM) da bo'lgan. 1988-yilda «Display»ni «ImagePro» deb nomi o'zgartirildi. Dastur o'sha davrda juda zamonaviy edi. Jon bu dasturni sotib, pul ishlashni o'ylar edi. Tomas esa unga qarshi chiqdi. Bundan tashqari Tomas o'z dissertatsiyasini tugatmagan, to'liq ishlangan dasturni tuzishga ancha vaqt va mehnat kerak edi. Ular shunga o'xshash dasturlarni analiz qilishib, o'z dasturlari «Image Pro' ni boshqalardan oldinga o'tib ketganligini aniqlashdi.»Image Pro« dan „Photoshop“ ga o'tilishi Dasturni moliyalashtirish boshlandi. „Photoshop“ atamasi qayerdan paydo bo'lganligini hech kim bilmaydi. Dastur namoyishi vaqtida nashriyotchila tomonidan „Photoshop“ deb nomlangan degan gap bor. Dastlabki versiyalarda ekranlarda Photoshop ko'ringanligi hozirda bizda „ExTraneous CapitaliSation“ ko'ringanday.Qizig'i shundaki, ko'p dastur tuzuvchilar o'z yo'nalishlarini Photoshop tomonga burdilar va bunday dasturlarni mustaqil ishlab chiqa boshladilar.Faqatgina bitta kompaniya Photoshopni sotib olishga kuchi yetar edi. Bu kompaniya hozirda bizga mashhur bo'lgan „Adobe“ kompaniyasi edi. Lekin masalani hal qilishgacha hali ancha bor edi. Barneyscan skanerlarini ishlab chiquvchilar aka-ukalarga Photoshopni o'z mahsulotlari komplektida sotishni taklif qilishdi. Natijada 200ta nusxalangan Photoshop Barneyscan XP savdo belgisi ostida tarqalib ketdi. Yaxshiyam Adobe bilan kelishuv uzoq davom etmadi. Tez orada Jon o'z dasturiga e'tiborni jalb qilish uchun kompaniyaga keldi. U bu yerga kelib Rassel Brounga o'z dasturini imkoniyatlarini namoyish qildi. Keyin Photoshop Art-director ga namoyish etildi. Direktorga ma'qul bo'ldi va tezda sotib olish kerakligini aytdi. Aobe tomonining soddaligidanmi yoki aka-ukalarning ehtiyotkorligidanmi dastur to'la sotilmadi, faqat litsenziyalandi. Shuning uchun, dasturdan keladigan gonorar aka-ukalarga tegishli bo'lib qoldi. Hammasi juda yaxshi borar edi. Lekin aka-ukalar bu muvaffaqiyatlar bilan to'xtab qolishmadi. Oldinda juda ham o'gir ish-Photoshop 1.0 rasmiy versiyasini ishlab chiqish turar edi. Tomas dasturni natijaviy kodlash ustida ishladi. Bu vaqtda Jon esa Plug-ins ni kengaytirish ustida ishlar edi. Bu esa Adobe xodimlarini hayratlantirdi. Ular bunda ayyorlik va aldashni ko'rishdi.Qizig'i shunda ediki, ba'zi qoidalarga qattiq rioya qiluvchi xodimlar, Photoshopni kengaytirish standartlarga to'g'ri kelmaydi va yaxshi natija bermaydi deb fikr bildirishdi. Boshqalar esa, uni to'g'ri ishlatish ko'p foyda berishini aytishdi. Dasturni tugatishni oxirgi bosqichlarida ham Tomas uni o'zgartirish va mukammallashtirishga vaqt va kuch topdi. Photoshopning tarafdorlari Jon va Rassel Brounning qo'llab quvatlashi va Adobe ning qarorlari natijasida 1990-yil, fevral oyida Adobe Photshop rasmiy versiya sifatida chiqdi. So'zsiz 1-versiyaning chiqishi, ko'p xatolarga qaramasdan muvaffaqiyatli bo'ldi. Adobe kompaniyasi Photoshopning hammabopligini isbotlab berdi, lekin u o'sha vaqtda maxsus dastur tuzuvchilar uchun ishlab chiqilgna edi.Adobe kompaniyasi: Photoshop yordamida shunday natijaga erishishish mumkinligini, bunday natijaga ilgari faqat bir necha ming dollar turadigan professional, maxsus dastur asosidagina erishish mumkin ekanligini ta'kidladi. O'sha vaqtda Photoshopning narxi 1000$ bo'lishiga qaramasdan, uning eng katta raqobatchisining narxi 1995$ turadigan Letraset's ColorStudio dasturi edi.2.0 versiyani ishlab chiqish bosqichida Adobe dasturchilar shatitini kengaytirdi. Dasturga Bezye egri chizig'ini kiritish uchun Mark Gamburgni taklif qildi. Bu vaqtda Photoshopda yangi imkoniyatlar ochildi: Pen tool, ikki tonli tasvirda ishlash, Illustratordan ba'zi tasvirlarda import va Rasterize. Bulraga yana CMYK qo'shildi. Photoshop uchun kasb bozorining ochilishi, poligrafiya xizmatlari Adobe kompaniyasi uchun juda qo'l keldi. Sotish bo'yicha birinchi menedjer Steven Gutman beta-versiya dasturlariga kodli nomlar taklif qildi. Bu odat shu kungacha davom etyapti. 1990-yilda chiqqan 'Fast Eddy' beta-versiya 2.0 ning kodli nomidir. Photoshop uzoq vaqt, asosan Macintosh platformasida ishladi. Lekin uning muvaffaqiyatga erishishiga Grafika bozorida paydo bo'lgan Windows kafolatlab berdi. Yangi platformaga versiya ishlab chiqish oson ishlardan emas edi-buning uchun Brayan Lepkin boshchiligida yangi guruh tuzildi. Ko'p miqdorda yangi kiritmalar, masalan 16bitli fayl ishlab chiqarilishiga qaramasdan, bular faqat 1993-yil 2.5.1 versiyalarida paydo bo'ldi. 3.0 versiyadagi musiqa guruhi uchun ishlangan 3 albom ham muvaffaqiyatga erishishi yoki butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin edi. Omad Brayan Lepkin boshqarayotgan guruh tomonida bo'lib, ular qavatlar(Layers) ni ta'minlovchi dasturni rivojlantirdilar Layers ni ko'pchilik qo'llab-quvatladi, chunki u dasturning asosiy funksiyasini bajarar edi, u tez orada, ko'pgina rassom va dizaynerlarni o'ziga jalb qildi. Layers o'sha vaqtda juda mukammal emas edi. HSC keyinchalik Meta creations Live pictures nomli tasvirlarni qayta ishlash dasturini ishlab chiqdi, u ham shunday texnologiyani qo'llardi. Meta Creations juda katta xatoga yo'l qo'ygani shundaki, ular Live Picturesga juda baland narx qo'yib yuborishdi va Photoshop3.0 versiyasiga raqobatchi qolmadi. Keyingi versiyalarda Layers ga o'xshash katta o'zgarishlar bo'lmadi, lekin dasturni mukammallashtirish davom etdi. Photoshop 5.0 versiyasida, ranglarni boshqarish va History Palette kiritldi. Ularning tasirida dasturning san'at imkoniyatlari oshdi. Photoshop 5.5 versiyasining chiqishi bilan katta o'zgarish bo'ldi. Photoshop komplektida Image Ready paydo bo'ldi va u web uchun grafikalarni ishlovchi yangi funksiyalarni ochib berdi. Photoshop 6.0 versiyasida Layer Styles va matnni harakatlanishini boshqarish imkoniyatlari paydo bo'ldi. Photoshop 7.0 versiyasida Healing brush paydo bo'ldi. Bugun va ertaga Uzoq vaqt dastur bozorida lider pozitsiyasini ushlab turgan Adobe o'z dasturini mukammallashtitaverdi. Hozirgi kunda Photsohop Creative Suite 2 (CS2) и Creative Suite 3 (CS3) paketlar tarkibida turibdi. Yaxshiyamki, dasturni takomillashtirish to'xtamadi va hozir ham davom etyapti.Axborot dasturlari bozorida konkurensiyaning balandligi sababli, axborot dasturlarini taqdim etuvchilarning ko'pchiligi Photoshopni bepul ba'zi turlaridan masalan, Paint shop Proni arzon narxda havaskorlar va uyda ishlovchilar uchun taqdim etishdi. Adobe kompaniyasi Photoshopning yetarlicha imkoniyatlari bo'lgan, Photoshop Elements 4.0 versiyasini ishalb chiqdi. Kelajakda nima bo'ladi…? Afsuski, Adobe bu haqida anons bermayapti. Photoshop Aobe kompaniyasining tojidagi qimmatbaho toshdir, shuning uchun uning kelajakdagi rejalari sir tutilyapti. Lekin har zamonda kompaniya Photoshop kelajagi haqida bir luqma tashlab qo'ymoqda. Video va raqamli tasvirlar ishlash bo'limining Vitse-Prezidenti Brayan Lemkin 64-bitli versiyasi va Apple's CoreImage texnologiyasini qo'llab-quvatlashini aytdi. Ular dasturning imkoniyatlarini ko'paytiradi. Yana Photoshop bilan Illustrator birlashadi degan mish-mishlar yuripti. (Men uni intizorlik bilan kutyapman.)Nima bo'lishidan qat'iy nazar Tomass Noll proyektni davom etishda qatnashadi. Tomass Noll hozirda Photoshop ishlab chiqarilishi bilan bevosita shug'ullanmasa ham, yangiliklardan doim xabardor bo'lib turibdi. Plugin, Adobe camera raw yangi versiyalarini ishlashda va Adobe kompaniyasining forum va diskussiyalarida qatnashib turibdi.


    Download 432.38 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 432.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Kompyuter grafikasiga kirish

    Download 432.38 Kb.