• 3. Foydali qazilmalarni qazib olishning va ushbu jarayonlarda ishlatiladigan mashina va mexanizmlarning rivojlanish bosqichlari. 5. Xulosa
  • 2. Konchilik mashinalarining funktsional guruxlari va ularning bajaradigan vazifalari.
  • Reja: Kon mashinalarining konchilik ishlab chikarishidagi tutgan oʼrni




    Download 36.2 Kb.
    bet1/2
    Sana25.05.2023
    Hajmi36.2 Kb.
    #64847
      1   2
    Bog'liq
    Kon mashinalarining rivojlanish tarixi.
    профессиональная психология как наука и ее предмет, Kurs loyiha 22-variant, Elektr qarshilik iqizitish pechlari va qurilmalari, human relations, labaratoriya № 1


    Mavzu: Kon mashinalarining rivojlanish tarixi.

    Reja:
    1. Kon mashinalarining konchilik ishlab chikarishidagi tutgan oʼrni.
    2. Konchilik mashinalarining funktsional guruxlari va ularning bajaradigan vazifalari.
    3. Foydali qazilmalarni qazib olishning va ushbu jarayonlarda ishlatiladigan mashina va mexanizmlarning rivojlanish bosqichlari.
    5. Xulosa
    6. Foydalanilgan dadabiyotlar


    1. Kon mashinalarining konchilik ishlab chikarishidagi tutgan oʼrni.
    Maʼlumki, xalq xoʼjaligining asosiy tarmoqlaridan biri konchilik sohasidir. Kon korxonasining qanchalik rivojlanganligini, uning qanchalik quvvatliligini albatta shu korxonada qoʼllanilayotgan ishlab chiqarish mashina va mexanizmlari orqali izohlanadi. Bu borada ishlab chiqarish jarayoni kompleks mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan texnologiyalarga suyanadi.
    Shuning uchun har bir konchi mutaxassisdan konchilikda ishlatiladigan mashina-mexanizmlar toʼgʼrisida yetarli bilimlarga ega boʼlish talab etiladi.
    Fanni oʼqitishdan asosiy maqsad foydali qazilmalarni qazib olishga tayyorlash, qazib olish jarayonlarini, yer osti boʼshliqlarini oʼtish, mustaxkamlash, qazib olinayotgan togʼ jinslarini transport vositalariga yuklash, togʼ jinslarini turli agʼdarmalar va skladlarga toʼplash kabi jarayonlarni bajaruvchi mashina va mexanizmlarni oʼrganishdir.
    Fanning asosiy vazifasi talabalarga kon mashinalari turlari, ishlash nazariyasi va tuzilishini oʼrgatishdir, ularni maʼlum kon-geologik sharoitlar uchun munosibligini tanlab, hisoblashni oʼrgatishdir.
    2. Konchilik mashinalarining funktsional guruxlari va ularning bajaradigan vazifalari.
    Konchilik sohasida ishlatiladigan barcha mashinalar va mexanizmlarni uchta asosiy guruxga ajratib oʼrganiladi.
    1. Kon mashinalari. Bu turkumga asosan foydali qazilmalarni va nokerak togʼ jinslarini yer osti va ochiq usullarda qazib oluvchi, yer osti boʼshliqlarini (lahim) oʼtuvchi, togʼ jinslarini burgʼulovchi mashinalar guruxidir. Bu gurux mashinalari ochiq konlarda ishlatiluvchi: bir choʼmichli va koʼp choʼmichli ekskavatorlar (qazib-yuklovchi mashinalar), kon pogʼonalaridan skvajinalar hosil qiluvchi burgʼulash stanoklari; Yer osti konlarida ishlatiluvchi foydali qazilmalarni qazib oluvchi kombaynlar, lahim oʼtuvchi kombaynlar, Yer osti burgʼulash mashinalari va boshqa yordamchi kon mashinalaridir.
    2. Transport mashinalari. Bu turkumga foydali qazilmalarni yer osti va usti sharoitlarida tashuvchi, xar xil yordamchi materialllar va yuklarni tashuvchi mashinalar oʼrganiladi. Bunday mashinalar turkumiga: uzluksiz va uzlukli (davriy) transport vositalari kiradi.
    Uzluksiz transport (yukni uzluksiz tashuvchi) vositalariga: konveyer transporti (lentali, kurakli va boshqa maxsus konstruktsiyali), oʼz ogʼirligi bilan, pnevmo va gidroenergiyasi bilan yuk tashuvchi vositalar.
    Uzlukli transport (yukni boʼlak-boʼlak yoki davriy ravishda tashuvchi) vositalariga: barcha gʼildirakli yuk tashish vositalari, temir yoʼl transporti, alohida boʼlaklar bilan uzlukli yuk tashuvchi sidirgichlar va boshqalar.
    3. Turgʼun mashinalar. Bu turkumga foydali qazilmalarni qazib olish va tashishda ishlatiladigan mashina-mexanizmlarga yordam beruvchi, odamlarga va mashinalarga mexnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiluchi hamda maʼlum asosiy texnologik jarayonlarni bajaruvchi mashinalar kiradi. Bular kompressor qurilmalar (mashinalarni siqilgan xavo bilan taʼminlovchi), suv chiqarish qurilmalari (nasoslar), ventilyator qurilmalari (shaxtani toza havo bilan taʼminlaydi) va yuk koʼtarish qurilmalari (shaxta tik stvolida yukni davriy ravishda yer yuzasiga koʼtarib beruvchi) dir.

    Download 36.2 Kb.
      1   2




    Download 36.2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Kon mashinalarining konchilik ishlab chikarishidagi tutgan oʼrni

    Download 36.2 Kb.