|
Reja: Kuchаytirgichlar haqida umumiy ma'lumotlar Magnit, elektron, yarim o'tkazgichli kuchaytirgichlar. Elektr mashinali kuchaytirgichlar. Gidravlik kuchayтirgichlar Kuchаytirgichlar haqida umumiy ma'lumotlar
|
bet | 2/4 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 11,64 Kb. | | #150312 |
Bog'liq Kuchаytirgichlar haqida umumiy ma\'lumotlar-fayllar.orgK = Rchiq / Rkir; formula bo'yicha topiladi. Kuchaytirgichlarni tok va kuchlanishlar bo'yicha kuchaytirish koeffisentlari: Ki=Ichiq / Ikir, Ku=Uchiq / Ukir bo'ladi.
Magnit, elektron, yarim o'tkazgichli kuchaytirgichlar.
Magnit signal kuchaytirigichlarni ishlashi ishchi cho’lg'am induktivligining o'zakni o'zgarmas tok orqali magnitlashga bog'liqligiga asoslangan. Quyida 7.1-rasmda soddalashtirilgan magnit kuchaytirgich sxemasi berilgan. U uch sterjenli po’lat o’zakdan, boshqarish cho’lg’ami Wb hamda ishchi cho’lg’ami Wish dan iborat.
7.1 – rasm. Magnit kuchaytirgich sxemasi
7.1-rasm. (a) Magnit kuchaytirgich sxemasi va (b) yuklama tokini boshqarish tokiga bog'liqligi. 7.1b-rasmda yuklamadagi tok kuchi (Iyuk)ni boshqaruv cho’lg'amidagi toki (Ib)ga bog'liqligi aks ettirilgan. Boshqaruv cho’lg'amidagi tok Ibni o'zgarishi yuklamadan tok Iyuk ni o'zgarishiga olib keladi. Tok Ib ni ortib borishi esa magnitlovchi maydonni kuchaytiradi, magnit o'tkazuvchanlik va induktivlik esa kamayadi. Natijada yuklama zanjirida to'la qarshilik kamayib tok Iyuk ni ortishiga sabab bo'ladi. Boshqarish chulg'ami o'zgarmas tok manbasiga ulanadi va u o'zakni magnitlash uchun kerak. Ishchi cho’lgamlar va yuklama o'zgaruvchi tok tarmogiga ketma-ket qilib ulanadi. O’zgaruvchan tok kuchlanishi va aktiv qarshilik R o'zgarmaganda yuklamadagi tok zanjirini induktiv qarshiligi XL ga bog'liq bo'ladi, ya'ni
Induktiv qarshilik esa o'zgaruvchan tok burchak chastotasi (w) hamda cho’lgam induktivligi Lga bog’liq, ya'ni X=W*L. Induktivlikni quyidagi formuladan topish mumkin:
L=4π10-7W2S/Lμ
Bunda: W – cho’lgamlar soni;
S - o'zak kesim yuzasi, m2;
L - po'lat o'zakni o'rtacha uzunligi, m;
μ - magnit o'tkazuvchanlik.
Bu formuladan ko'rinib turibdiki, induktivlik magnit o'tkazuvchanlikka to'g’ri proporsional ekan.
7.1b-rasmda yuklamadagi tok kuchi (Iyuk)ni boshqaruv cho'lgamidagi tok (Ib)ga bog’liqligi aks ettirilgan. Boshqaruv cho’lgamidagi tok Ib ni o'zgarishi yuklamadan tok Iyuk ni o'zgarishiga olib keladi. Tok Ib ni ortib borishi esa magnitlovchi maydonni kuchaytiradi, magnit o'tkazuvchanlik va induktivlik esa kamayadi. Natijada yuklama zanjiridagi to'la qarshilik kamayib tok Iyuk ni ortishiga sabab bo’ladi. Magnitli kuchaytirgichlarni afzalligi ularni sodda tuzilishiga ega ekanligidir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reja: Kuchаytirgichlar haqida umumiy ma'lumotlar Magnit, elektron, yarim o'tkazgichli kuchaytirgichlar. Elektr mashinali kuchaytirgichlar. Gidravlik kuchayтirgichlar Kuchаytirgichlar haqida umumiy ma'lumotlar
|