• Yarimo’tkazgichli kuchaytirgichlar
  • Elektr mashinali kuchaytirgichlar. Elektr mashinali kuchaytirgichlar
  • Reja: Kuchаytirgichlar haqida umumiy ma'lumotlar Magnit, elektron, yarim o'tkazgichli kuchaytirgichlar. Elektr mashinali kuchaytirgichlar. Gidravlik kuchayтirgichlar Kuchаytirgichlar haqida umumiy ma'lumotlar




    Download 11,64 Kb.
    bet3/4
    Sana02.02.2024
    Hajmi11,64 Kb.
    #150312
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Kuchаytirgichlar haqida umumiy ma\'lumotlar-fayllar.org

    Elektron kuchaytirgichlar sifatida triodlar ishlatiladi. 7.2-rasmda soddalashtirilgan elektron kuchaytirgich ko'rsatilgan bo'lib, setka zanjiriga qo’yilgan kuchsiz signal (Ukir) anod zanjiridan kuchaytirilgan holda olinadi (Uchiq). Anod zanjiriga qo'yilgan manbaa YEa anod tokini hosil qiladi va u yuklama qarshiligida chiqish kuchlanishini kuchaytiradi. Uchiq=Ia*Ryu bunda Uchiq- kuchaytirgich chiqishidagi kuchlanish, V Ia- anod toki, A Ryu- yuklama qarshiligi, Om.

    7.2-rasm. Elektron kuchaytirgich sxemasi


    Yarimo’tkazgichli kuchaytirgichlar elektron kuchaytirgichlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo'lganligi tufayli ular ko'p holatlarda elektron kuchaytirgichlarni siqib chiqaradi. Tranzistorli kuchaytirgich sxemasi umumiy elektrod belgilari bo’yicha, ya'ni bir vaqtda kirish va chiqish elektrodlari hisoblanganligi bo’yicha turlanadilar. 7.3-rasmda umumiy bazali (a), umumiy emitterli (b) va umumiy kolektorli (c) tranzistorli kuchaytirgichlar berilgan.

    а) b) c)


    7.3-rasm Yarimo’tkazgichli kuchaytirgichlar
    Tranzistorli kuchaytirgichlarni kamchiligi ularni parametrlarini va ish qobilyatini tashqi muhit haroratiga bog’liqligidir.
    Elektr mashinali kuchaytirgichlar.
    Elektr mashinali kuchaytirgichlar maxsus o’zgarmas tok mashinasi bo’lib, quvvatini kuchaytirish uchun qo'llaniladi. Kollektorda asosiy shetkalar 1-1dan tashqari qo’shimcha 2-2 qisqa tutashtirilgan shetkalar joylashtirilgan va ular asosiy shetkalarga nisbatan 900 burchakka burilgan bo’ladi (7.4-rasm).

    7.4 – rasm. Elektr mashinali kuchaytirgich sxemasi.


    Mashinada F1 magnit oqimi qo’zgatish (QCh) va (BCh) boshqarish cho’lg’ami orqali hosil qilinadi. Yakor aylanganda oqim F1 uni cho’lg’amida EYuK induksiyalaydi. Natijada yakor zanjirda qisqa tutashgan shetkalar orqali tok oqadi. Bu tok fazoda qo’zg’almas magnit oqimini hosil qiladi va bu oqim ta’sirida yakor cho’lg’amida miqdor jihatdan katta bo’lgan ikkinchi EYuK induksiyalanadi. Bu EYuK kuchaytirgichni chiqish kuchlanishini hosil qiladi. Mashinadagi yakor reaksiyasini so’ndirish uchun esa kompensiya cho’lg’ami (KCh) dan foydalaniladi. Qo'zgatish yoki boshqarish cho’lg’amlaridagi tokni ozgina o'zgarishi ham qisqa tutashgan cho’lg’amdan o'tadigan katta tokni hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Natijada oqim o'zgarib chiqishdagi tok va kuchlanish ortib ketadi. Shunday qilib, bunday kuchaytirgichlarda kuchaytirish ikki pog’onada o’tadi: qo’zg’atish va boshqarish cho’lg’ami yakorni qisqa tutushgan zanjiri va qisqa tutashgan zanjir tashqi zanjir. Umumiy kuchaytirish koeffisenti birinchi va ikkinchi pog’ona kuchaytirish koeffisentlari ko'paytmasiga teng. Bu xil kuchaytirgichlarni kuchaytirish koeffisenti 1000 va undan ortiq bo’ladi.

    Download 11,64 Kb.
    1   2   3   4




    Download 11,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Kuchаytirgichlar haqida umumiy ma'lumotlar Magnit, elektron, yarim o'tkazgichli kuchaytirgichlar. Elektr mashinali kuchaytirgichlar. Gidravlik kuchayтirgichlar Kuchаytirgichlar haqida umumiy ma'lumotlar

    Download 11,64 Kb.