|
Reja: Kuchаytirgichlar haqida umumiy ma'lumotlar Magnit, elektron, yarim o'tkazgichli kuchaytirgichlar. Elektr mashinali kuchaytirgichlar. Gidravlik kuchayтirgichlar Kuchаytirgichlar haqida umumiy ma'lumotlar
|
bet | 4/4 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 11,64 Kb. | | #150312 |
Bog'liq Kuchаytirgichlar haqida umumiy ma\'lumotlar-fayllar.orgGidravlik kuchayтirgichlar
Gidravlik kuchaytirgichlar avtomatika tizimlarida keng ishlatilmoqda. Ayniqsa, zolotnik bilan boshqariladigan porshenli gidravlik kuchaytirgichlar eng ko’p tarqalgan. Ishlab chiqarishdagi avtomatika tizimlarida gidravlik kuchaytirgichlar pnevmatik kuchaytirgichlarda nisbatan ko’proq ishlatiladi. Ular mobil mashinalarning avtomatika tizimlarida (o’rnatma agregatlarni boshqarish uchun) va traktorlar hamda kombaylarni avtomatik xaydash (boshqarib borish) tizimlarida ishlatilmoqda.
Zolotnik bilan boshqariladigan porshenli gidravlik kuchaytirgichning prinsipial sxemasi 7.5-rasmda ko’rsatilgan (odatda porshenli nasoslar ishlatiladi).
Ish suyuqligi yoki temperaturali qovushoqlik koeffitsiyenti kichik bo’lgan maxsus suyuqliklarning bosimini hosil qiladi va bu bosimni saqlaydi. Bosim o’tkazib yuborish klapani bilan rostlanadi. Kuch silindri 4 ga birlashtirilgan kanallar neytral vaziyatda to’liq yopilgan bo’ladi. Porshen 5 xarakatlanmaydi. Agar zolotnik 3 ga yuqoriga yo’nalgan kirish ta’siri x berilsa, u holda zolotnik yuqoriga xarakatlanib, teshiklarni ochadi, shunda kuch silindrining yuqori bo’shlig’iga bosim ostidagi moy kiradi, pastki bushlik esa ayni vaqtda kaytarib tukish trubasiga tutashadi. Nasos 1 ishlab, bak 6 dagi moyni kuch silindri ichiga xaydagani uchun yuqori bushlikdagi bosim oshadi va porshen 5 pastga siljiydi. Porshenning xarakati tezligi - silindrga kelayotgan va undan ketayotgan moy miqdoriga bog’lik, bu esa o’z navbatida teshiklarning ochilish qiymatiga bog’lik.
Gidravlik kuchaytirgichlarnig statikaviy xarakteristikasi 6,9 b-rasmda ko’rsatilgan.
7.5-rasm. Zolotnikli gidravlik kuchaytirgichning sxemasi va uning statik tavsifnomasi.
Хarakteristikada quyidagi zonalar bor: 2a ga teng nosezgirlar zonasi. Bu zonaning paydo bo’lishiga sabab shuki, zolotnik belbog’ining kengligi teshikning kengligidan bir oz katta - to’yinish zonasi. Bu zona zolotnik teshiklarning to’liq ochilishiga mos bo’ladi, shuning uchun porshening xarakatlanish tezligi bu yerda endi kattalasha olmaydi. Agar zolotnik siljiganda (6.9-rasm) topshiriqlar to’liq ochiladigan holatga (Х max) yeta olmasa va nosezgirlik zonasi e’tiborga olinmasa, statik xarakteristkasini taxminan chiziqli deb hisoblash mumkin (rasmda punktir bilan ko’rsatilgan).
Gidrokuchaytirgichlar teskari aloqasiz va gidrotsilindr porshenning vaziyati bo’yicha bikr teskari aloqali qilib ishlab chiqariladi. Gidrokuchaytirgichlarning chiqishida katta quvvatlarni olish uchun kaskadli birlashtirish usuli qo’llaniladi, shunda birinchi kuchaytirgichning ijrochi organi navbatdagisining rostlovchi organiga ta’sir etadi.
Gidrokuchaytirgichlarning chiqish quvvati bir, o’n, yuz va bundan ortiq kilovattni tashkil etishi mumkin, kuchaytirish koeffitsenti juda katta (3.10. --- 3.10. ) bo’lib, kuchaytirgichi juda tezkor.
Adabiyotlar:
Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., G’ulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‘qituvchi, 2011.
Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. Toshkent, 2012.
Aripov N.M. “Avtomatik boshqarish nazariyasi va avtomatika elеmеntlari” ma'ruzalar matni. Toshkеnt, 2010.
Ismoilov A.I., Nazarov O.K. “Avtomatika va avtomatlashtirish asoslari” fanidan ma'ruzalar matni. Andijon, 2006.
http://fayllar.org
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reja: Kuchаytirgichlar haqida umumiy ma'lumotlar Magnit, elektron, yarim o'tkazgichli kuchaytirgichlar. Elektr mashinali kuchaytirgichlar. Gidravlik kuchayтirgichlar Kuchаytirgichlar haqida umumiy ma'lumotlar
|