|
Rеja: Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish. Sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish
|
bet | 13/18 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 128 Kb. | | #135372 |
Bog'liq bugalteriyaqarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
2.3.2. Loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini qoplash,
shuningdek obyekt qoshidagi omborgacha transportda tashish chog‘idagi shikastlanishlar va
buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqqan taftish xarajatlari (asbob-
uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga o‘xshash boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni
bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish
yoki zarar ko‘rish uchun javobgar bo‘lgan yetkazib beruvchi yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi
subyektlar hisobiga undirilishi mumkin bo‘lmagan darajada amalga oshiriladi.
2.3.3. Maslahat va axborot xizmatlariga haq to‘lash.
Oldingi
tahrirga qarang.
2.3.4. Auditorlik xizmatlariga haq to‘lash, o‘tkaziladigan auditorlik xizmatlariga haq to‘lash.
(2.3.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
2.3.5. O‘zining xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo‘jaliklarni saqlashdan ko‘rilgan
zararlar.
2.3.6. Salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita
qatnashuvi bilan bog‘liq bo‘lmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari.
2.3.7. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq
bo‘lmagan ishlar (xizmatlar)ni (shahar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo‘jaligiga
yordam berish va boshqa xil ishlarni) bajarish xarajatlari.
2.3.8. Kompensatsiya va rag‘batlantirish tusidagi to‘lovlar.
2.3.8.1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga ko‘ra kompensatsiya to‘lovlari.
Oldingi
tahrirga qarang.
2.3.8.2. Bir marta beriladigan mukofotlar, yil davomidagi ish yakunlari bo‘yicha
rag‘batlantirishlar, uzoq muddat ishlaganlik uchun rag‘batlantirish va to‘lovlar, shu jumladan xo‘jalik
yurituvchi subyektning o‘z qaroriga ko‘ra natura bilan to‘lovlar, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lov
summasi, ular bo‘yicha hisoblangan haq.
(2.3.8.2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 52-son, 386-modda)
2.3.8.3. Qonun hujjatlariga yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zining qaroriga muvofiq
majburiy progul vaqti yoki past haq to‘lanadigan ishni bajarganlik uchun haq to‘lash.
Keyingi
tahrirga qarang.
2.3.8.4. Vaqtincha mehnat layoqatini yo‘qotgan taqdirda qonun hujjatlari bilan belgilangan,
haqiqiy ish haqi miqdorigacha qo‘shimcha haq.
Keyingi
tahrirga qarang.
2.3.8.5. Asosiy ish joyi bo‘yicha ishchilarga, xo‘jalik yurituvchi subyekt ishchi va mutaxassislariga
ular ishdan ajragan holda malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimida o‘qigan vaqtda ish
haqi to‘lash.
2.3.8.6. Ikki va undan ko‘p bolalari yoki o‘n olti yoshgacha nogiron bolasi bo‘lgan ayollarga
qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha mehnat ta’tili haqini to‘lash.
Keyingi
tahrirga qarang.
2.3.8.7. Xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa narsalarni bepul berish yoki xodimlar
uchun ishlar, xizmatlarni bajarish.
2.3.8.8. Xodimlarning (ovqatlanishi, yo‘l kirasi, davolanish va dam olishga, ekskursiya va
sayohatlarga yo‘llanmalari, sport seksiyalarida, to‘garaklarda, klublardagi mashg‘ulotlari, madaniy-
ko‘ngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga qatnashishi, xodimlarning shaxsiy obunasi va
iste’moli hamda boshqa shunga o‘xshash to‘lovlari) xarajatlarini qoplash.
2.3.9. Ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to‘lovlar va xarajatlar:
2.3.9.1. Qonunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har
oylik nafaqani to‘lash bo‘yicha xarajatlar.
2.3.9.2. Pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo‘la
to‘lanadigan nafaqalar.
2.3.9.3. Amaldagi qonunchilikka muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlardan ularning qayta
tashkil etilishi, xodimlar va shtatlar sonining qisqarishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan
xodimlarga to‘lovlar.
2.3.9.4. Xodimlarga to‘lanadigan moddiy yordam.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Rеja: Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish. Sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish
|