|
Rеja: Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish. Sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish
|
bet | 11/18 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 128 Kb. | | #135372 |
Bog'liq bugalteriyaOldingi
tahrirga qarang.
2.1.2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sotish bo‘yicha xarajatlari, shu jumladan:
(2.1.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
2.1.2.1. Nizomning
1.2-bandida
sanab o‘tilgan, mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog‘liq
mehnatga haq to‘lash xarajatlari, ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari.
2.1.2.2. Nizomning
1.3-bandiga
muvofiq,
2.1.2.1.
bandga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga
xarajatlar.
2.1.2.3. Savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish,
saqlash va tuzatish xarajatlari.
2.1.2.4. Nizomning
1.4-bandiga
muvofiq asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.
Oldingi
tahrirga qarang.
2.1.2.5. Inventarlar va xo‘jalik buyumlari qiymatini hisobdan chiqarish xarajatlari hamda ularni
belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash (ta’mirlash, yuvish, tuzatish,
dezinfeksiya qilish va h. k.) bilan bog‘liq boshqa xarajatlar.
(2.1.2.5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 52-son, 386-modda)
2.1.2.6. Gaz, yoqilg‘i, elektr energiyasi xarajatlari.
2.1.2.7. Tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish xarajatlari.
2.1.2.8. Savdo reklamasi xarajatlari.
Oldingi
tahrirga qarang.
2.1.2.9. Tashish, saqlash va sotish chog‘ida tovarlarning yo‘qotilishi.
(2.1.2.9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
2.1.2.10. O‘rash-joylash materiallari xarajatlari.
Oldingi
tahrirga qarang.
2.1.2.11. Mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari.
(2.1.2.11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
2.1.2.12. Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari.
2.1.2.13. Ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini o‘rnatish va saqlash,
tuynuklar, o‘yiqlar va boshqalarning atrofini o‘rash bo‘yicha joriy (nomukammal tusdagi) xarajatlar.
Oldingi
tahrirga qarang.
(2.1.2.14; 2.1.2.15; 2.1.2.16-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-
244-sonli
qarori
bilan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2005-y., 52-son, 386-modda)
2.1.2.17. Umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi uchun tibbiyot
muassasalariga haq to‘lash.
2.1.2.18. Kassa xo‘jaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari.
2.1.2.19. Umumiy ovqatlanish korxonalarida qog‘oz salfetkalar, qog‘oz dasturxonlar, qog‘oz
stakanlar va taryelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar qiymati.
Oldingi
tahrirga qarang.
2.1.3. Sotish bozorlarini o‘rganish bo‘yicha xarajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan
xarajatlar).
(2.1.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
2.1.4. Yuqorida sanab o‘tilmagan sotish bo‘yicha boshqa xarajatlar.
2.2. Ma’muriy xarajatlar
Ma’muriy xarajatlarga quyidagilar kiradi:
2.2.1.
1.2-bandda
sanab o‘tilgan boshqaruv xodimlariga tegishli bo‘lgan mehnatga haq to‘lash
xarajatlari.
2.2.2.
1.3-bandda
sanab o‘tilgan boshqaruv xodimlariga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga
ajratmalar.
2.2.3. Xizmat yengil avtotransportiga va xizmat mikroavtobusini saqlash, yollash va ijaraga
olish xarajatlari.
2.2.4. Xo‘jalik yurituvchi subyekt va uning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish va ularni
boshqarish xarajatlari.
2.2.5. Boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizatsiya vositalari, hisoblash
markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo‘lmagan boshqaruvning boshqa texnik vositalarini
saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Rеja: Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish. Sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish
|