|
Rеja: Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish. Sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish
|
bet | 9/18 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 128 Kb. | | #135372 |
Bog'liq bugalteriya(1.4.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 40-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 9-son, 100-modda)
Keyingi
tahrirga qarang.
1.5. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlarni hisobga olishning navbatdagi kompleks
moddalari
1.1
,
1.2
,
1.3
,
1.4
-bandlarda keltirilgan xarajatlar elementlari bo‘yicha ajratiladi.
1.5.1. Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatish xarajatlari.
1.5.1.1. Ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, yonilg‘i, energiya, instrument, moslamalar va
boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari.
1.5.1.2. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik ko‘rik va qarov,
o‘rtacha, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari). Asosiy ishlab chiqarish vositalarini barcha turda
(joriy, o‘rtacha, mukammal) tuzatishlarni xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z kuchi bilan o‘tkazish
ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlari (moddiy xarajatlar, mehnat haqi to‘lash
xarajatlari va boshqalar) bo‘yicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi
Oldingi
tahrirga qarang.
(1.5.1.2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi
PQ-4938-sonli
qaroriga
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y.,
07/20/4938/1680-son)
1.5.1.3. Yong‘indan saqlash va qo‘riqlashni hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning texnikaviy
foydalanish qoidalari bilan nazarda tutilgan boshqa maxsus talablarni ta’minlash, ular faoliyatini
nazorat qilish xarajatlari.
Idoradan tashqari qo‘riqlash xarajatlari bunday qo‘riqlash mavjud bo‘lishini talab qiluvchi
mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar mavjud bo‘lgan taqdirda mahsulot (ishlar, xizmatlar)
tannarxiga kiritilishi mumkin.
1.5.1.4. Ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan
bog‘liq xarajatlar.
Oldingi
tahrirga qarang.
1.5.1.5. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash va ulardan foydalanish
xarajatlari, shu jumladan atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun
kompensatsiya to‘lovlari.
(1.5.1.5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyundagi 270-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 92-modda)
1.5.1.6. Ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan va qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan mehnatning normal sharoitlarini va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari.
Keyingi
tahrirga qarang.
1.5.1.7. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lgan
sog‘liqni muhofaza qilish tadbirlari.
1.5.1.8. Tekin ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar xodimlariga
oziq-ovqatlar qiymati, xo‘jalik yurituvchi subyekt xodimlariga beriladigan tekin uy-joy haqini to‘lash
xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi).
1.5.1.9. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy foydalanishda
qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan formali kiyim-bosh, maxsus ovqatlar) (yoki ular
pasaytirilgan narxlar bo‘yicha sotilishi munosabati bilan imtiyozlar summasi);
Keyingi
tahrirga qarang.
1.5.1.10. Ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan boshqaruvning texnik vositalarini, aloqa
uzellarini, signalizatsiya vositalarini, boshqaruvning boshqa texnik vositalarini, hisoblash
markazlarini saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari.
1.5.1.11. Qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarni tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazganlik uchun tibbiy muassasalarga haq to‘lash.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Rеja: Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish. Sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish
|