|
Rеja: Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish. Sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish
|
bet | 8/18 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 128 Kb. | | #135372 |
Bog'liq bugalteriyaKeyingi
tahrirga qarang.
1.2.5. Ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash:
1.2.5.1. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (har yilgi) va qo‘shimcha ta’tillar,
navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar,
o‘smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek
tibbiy ko‘riklardan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash.
Keyingi
tahrirga qarang.
1.2.5.2. Majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda, haq
to‘lash;
1.2.5.3. Donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan har bir
kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to‘lash;
1.2.5.4. Davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig‘inlar, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha
yig‘inlar va boshqalar) mehnat haqi to‘lash.
1.2.6. Xo‘jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan
fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to‘lash,
agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zi tomonidan
amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi.
Oldingi
tahrirga qarang.
1.2.7. Belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar
mehnatiga haq to‘lash xarajatiga kiritiladigan to‘lovlarning boshqa turlari.
(1.2.7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 40-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 9-son, 100-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
1.3. Ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga xarajatlar
Ijtimoiy sug‘urtaga xarajatlarga quyidagilar kiradi:
(1.3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
1.3.1. Qonun hujjatlari bilan belgilangan stavkalar bo‘yicha mehnatga haq to‘lash tarzidagi
daromadlarga ijtimoiy soliq.
(1.3.1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Keyingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
1.3.2. Nodavlat pensiya jamg‘armalariga ajratmalar va ixtiyoriy sug‘urtaga sug‘urta mukofotlari
(badallari)ga.
(1.3.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 40-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 9-son, 100-modda)
1.4. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar
amortizatsiyasi
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi
bo‘yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Oldingi
tahrirga qarang.
1.4.1. Asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha
olingan, buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan amortizatsiya
ajratmalari summasi.
(1.4.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 40-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 9-son, 100-modda)
Keyingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
1.4.2. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar (Gudvill (firmaning
narxi)dan tashqari), buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan
amortizatsiya ajratmalari summasi. Foydali foydalanish muddatini aniqlash imkoni bo‘lmagan
nomoddiy aktivlar (Gudvill (firmaning narxi)dan tashqari) bo‘yicha eskirish normasi besh yil
hisobiga belgilanadi, biroq xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Rеja: Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish. Sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish
|