Rеja: Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish. Sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish




Download 128 Kb.
bet4/18
Sana12.01.2024
Hajmi128 Kb.
#135372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
bugalteriya

Oldingi
 tahrirga qarang.
Nizom buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida xarajatlarni hisoblab chiqishda paydo
bo‘ladigan tafovutlar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
raqobatbardoshliligini aniqlash maqsadida ular faoliyatining xarajatlarini hisoblab chiqish va
moliyaviy natijalarini aniqlash buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi hisoblanadi.
(ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli
qarori
 tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
Nizomda xarajatlarni guruhlash va moliyaviy natijalarni shakllantirishning asosiy qoidalari
mavjuddir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(“umumiy qoidalar” bo‘limining to‘rtinchi va beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli 
qaroriga
 asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-
modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mazkur Nizom asosida ayrim tarmoqlar xarajatlari tarkibi va ularni hisobga olish xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tegishli
vazirliklar va idoralar xo‘jalik birlashmalari (korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar va
boshqalar) tomonidan aniqlanadi.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
A. MOLIYAVIY NATIJALARNI ShAKLLANTIRISh
Nizomda keltirilgan xarajatlar tasnifi eng avvalo buxgalteriya hisobida xarajatlarni to‘g‘ri va
to‘liq aks ettirishga, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini tuzish uchun
uning faoliyati moliyaviy natijalarini (foyda yoki zararni) aniqlashga yo‘naltirilgandir.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari
bilan tavsiflanadi:
— mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:
YaF=SST-IT,
bunda,
YaF — yalpi foyda;
SST — sotishdan olingan sof tushum;
IT — sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
— asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr
xarajatlari o‘rtasidagi tafovut, va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus
boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF = YaF-DX+BD-BZ,
bunda,
AFF — asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX — davr xarajatlari;
BD — asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ — asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;
— xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi
plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF=AFF+MD-MX,
bunda,
UF — umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD — moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX — moliyaviy faoliyat xarajatlari;

— soliq to‘langungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus


favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:
STF=UF+FP-FZ,
bunda,
STF — soliq to‘langungacha olingan foyda;
FP — favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ — favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
yilning sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi,
o‘zida foydadan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar
va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:

Download 128 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 128 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rеja: Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish. Sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish

Download 128 Kb.