• Bunda: T – mahsulot, ish yoki xizmatning
  • - reja tannarxi; - ishlab chiqarish tannarxi;
  • 1) korxonada mavjud bo‘lgan barcha ishlab chiqarish vositalaridan yil davomida tadbirkorlik bilan oqilona, samarali foydalanish;
  • 3) Korxonalarda xodimlarning mahsulot tannarxini pasaytirishdan moddiy manfaatdorligini ta’minlovchi iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish;
  • Rеja: Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish. Sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish




    Download 128 Kb.
    bet3/18
    Sana12.01.2024
    Hajmi128 Kb.
    #135372
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    bugalteriya

    Tannarx deganda mahsulotning bir birligini (kg, dona, litr) ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlar nazarda tutiladi. Uni aniqlash uchun xarajatlarning umumiy summasi shu xarajatlar yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga taqsimlanadi.

    Korxonalarda tannarx quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

    Bunda: T – mahsulot, ish yoki xizmatning

    tannarxi;

    X – qilingan xarajatlarning summasi;

    YM yalpi yetishtirilgan mahsulot, jami

    bajarilgan ish, ko‘rsatilgan

    xizmatlar miqdori.

    Korxonalarda mahsulotlar tannarxining quyidagi turlari aniqlanadi:

    - reja tannarxi;

    - ishlab chiqarish tannarxi;

    - to‘liq tannarxi.

    Reja tannarxi korxonalarda tuziladigan turli rejalarda aks ettiriladi. Bunda, odatda korxonada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan xarajatlar summasi ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulot miqdoriga bo’linadi.

    Korxonalarda xarajatlarni oqilona, maqsadga muvofiq sarflashga harakat qilish, ya’ni moddiy, pul va mehnat xarajatlarini tejash, shu orqali yetishtiriladigan mahsulotlarning, bajariladigan ish va xizmatlarning tannarxlarini pasaytirishga erishish lozim. Buning uchun:

    1) korxonada mavjud bo‘lgan barcha ishlab chiqarish vositalaridan yil davomida tadbirkorlik bilan oqilona, samarali foydalanish;

    2) xarajatlarni tejaydigan yangi texnika, samarali texnologiyalarni joriy etish natijasida ishlab chiqarish jarayonlarining yuqori darajada mexanizatsiyalashganlik, avtomatlashganlik darajasini oshirib, mehnat unumdorligini yuksaltirish;

    3) Korxonalarda xodimlarning mahsulot tannarxini pasaytirishdan moddiy manfaatdorligini ta’minlovchi iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish;

    4) Korxonaning ixtisoslashuvi va joylashuvini to’g’ri tashkil etish;

    5) Korxonalarning boshqa korxonalar bilan o’zaro aloqalarini to’g’ri tashkil etish va hokazo.


    Hujjat 31.12.2020 sanasi holatiga
    Amaldagi versiyaga o‘tish
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
    QARORI
    MAHSULOT (ISHLAR, XIZMATLAR)NI ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH XARAJATLARI TARKIBI
    HAMDA MOLIYAVIY NATIJALARNI SHAKLLANTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI
    TASDIQLASH HAQIDA
    O‘zbekiston Respublikasining Soliq
    kodeksiga
    muvofiq hamda daromadlar va xarajatlarni
    buxgalteriyada hisobga olishning yagona uslubiyotini ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasi qaror
    qiladi:
    1. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy
    natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi
    Nizom
    ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda:
    me’yorlanadigan xarajatlar normativlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi
    qaror
    loyihasini ishlab
    chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
    mazkur qaror bilan tasdiqlangan
    Nizomga
    sharhni ishlab chiqsin va e’lon qilsin;
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ko‘rsatib o‘tilgan
    Nizomning
    soliq solishning soddalashtirilgan shaklini qo‘llovchi kichik korxonalar hamda yuridik shaxs
    bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan qo‘llanilishi
    bo‘yicha yo‘riqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
    vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarning qayta ko‘rib chiqilishini
    hamda mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
    3. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya
    hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash hamda buxgalteriya hisoboti schyotlari tizimini
    takomillashtirish haqida” 1994-yil 26-martdagi 164-son qarorining
    1
    ,
    2
    va
    3-bandlari
    (O‘zbekiston
    Respublikasi QT, 1994-yil, 3-son, 19-modda);
    Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-
    martdagi 164-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1995-yil 18-dekabrdagi 461-son
    qarori
    (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-yil, 12-son, 48-modda).
    4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B.S. Hamidov
    zimmasiga yuklansin.
    Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
    Toshkent sh.,
    1999-yil 5-fevral,
    54-son
    Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
    5-fevraldagi 54-son
    qarori
    bilan
    TASDIQLANGAN
    Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy
    natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida
    NIZOM
    UMUMIY QOIDALAR
    Mazkur Nizom xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslarning, shuningdek yuridik shaxs
    bo‘lmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mahsulot (ishlar,
    xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashning yagona metodologik asoslarini
    belgilaydi.



    Download 128 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 128 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rеja: Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish. Sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish

    Download 128 Kb.