|
Rеja: Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish. Sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish
|
bet | 5/18 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 128 Kb. | | #135372 |
Bog'liq bugalteriya(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
Keyingi
tahrirga qarang.
SF= STF-DS-BS,
bunda,
SF — sof foyda;
Oldingi
tahrirga qarang.
DS — foydadan to‘lanadigan soliq;
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
BS — boshqa soliqlar va to‘lovlar.
B. XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTNING MOLIYA-XO‘JALIK FAOLIYATI BILAN BOG‘LIQ
XARAJATLAR RO‘YXATI
Mazkur Nizomga muvofiq mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar va
davr xarajatlari ro‘yxati:
xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini aniqlash
uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish davomida xo‘jalik yurituvchi
subyektda paydo bo‘ladigan barcha xarajatlar to‘g‘risida buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘liq va
aniq axborot shakllantirilishi;
soliq solinadigan bazani to‘g‘ri aniqlash maqsadida belgilanadi.
Mazkur Nizomga muvofiq barcha xarajatlar quyidagilarga guruhlanadi:
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega
bo‘lgan ustama xarajatlar;
ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga
olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar:
a) sotish xarajatlari;
b) boshqarish xarajatlari (ma’muriy sarf-xarajatlar);
v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar;
xo‘jalik yurituvchi subyektning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni
hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha
xarajatlari:
a) foizlar bo‘yicha xarajatlar;
b) xorijiy valyuta bilan operatsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari;
v) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash;
g) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar;
Oldingi
tahrirga qarang.
favqulodda zararlar, u foydadan olinadigan soliq to‘langunga qadar foyda yoki zararlarni
hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
1. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni
ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan
shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy
xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu
jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning
iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:
ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan
holda);
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
1.1. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlar
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli bo‘ladi:
1.1.1. Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib uning tarkibiga kiradigan yoki
mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko‘rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan
chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Rеja: Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish. Sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish
|