Rеja: Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish. Sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish




Download 128 Kb.
bet6/18
Sana12.01.2024
Hajmi128 Kb.
#135372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
bugalteriya

Oldingi
 tahrirga qarang.
1.1.2. Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o‘rash uchun mahsulot (ishlar,
xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar,
inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o‘tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan
foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan materiallar,
shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, inventarlarning, xo‘jalik
buyumlarining va asosiy vositalarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarining qiymati.
(1.1.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
1.1.3 Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektda montaj qilinadigan yoki
qo‘shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar.
1.1.4. Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki
tarkibiy bo‘linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo‘lmagan ishlab
chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ishlar va xizmatlar.
Ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan ishlar va xizmatlarga mahsulot tayyorlash bo‘yicha
ayrim operatsiyalarni bajarish, xomashyo va materiallarga ishlov berish, iste’mol qilinayotgan ashyo
va materiallar sifatini aniqlash uchun sinovlar o‘tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya
etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ichida tashqi yuridik shaxslarning transport xizmatlari (xomashyo,
materiallar, instrumentlar, detallar, tanavorlar, yuklarning boshqa turlarini bazis (markaziy)
ombordan sexga keltirish va tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab
chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan xizmatlarga tegishli bo‘ladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.1.5. Tabiiy xomashyo (er rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar
tomonidan amalga oshiriladigan erni rekultivatsiya qilish ishlariga haq to‘lash), ildizi bilan
beriladigan daraxtga haq to‘lash, korxonalar tomonidan suv xo‘jaligi tizimlaridan beriladigan

iste’mol qilinadigan suv uchun haq to‘lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari uchun — yog‘och,


taxta materiallaridan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning
amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof muhitni tiklash xarajatlari.
(1.1.5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
1.1.6. Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni
isitishga sarflanadigan yonilg‘ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha
transport ishlari.
1.1.7. Xo‘jalik yurituvchi subyektning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo‘jalik
ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya. (Xo‘jalik yurituvchi
subyektning o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga va energiyaning boshqa
turlariga, shuningdek xarid qilinadigan energiyani iste’mol joyigacha transformatsiya qilish va
uzatish xarajatlari xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi).
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.1.8. Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning yaroqsizlanishi va kam chiqishi.
(1.1.8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
1.1.9. Xo‘jalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni
yetkazish bilan bog‘liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab
chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to‘lash xarajatlari, asosiy
fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar).
1.1.10. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib beruvchilardan
olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi.
1.1.11. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan qaytariladigan chiqitlar
qiymati va idish va o‘rash-joylash materiallari qiymati ularning amalda sotilishi, foydalanilishi yoki
omborga kirim qilinishi narxi bo‘yicha chiqarib tashlanadi.

Download 128 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 128 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rеja: Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish. Sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish

Download 128 Kb.