Rеja: Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish. Sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish




Download 128 Kb.
bet7/18
Sana12.01.2024
Hajmi128 Kb.
#135372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
bugalteriya

Oldingi
 tahrirga qarang.
1.1.12. “Moddiy xarajatlar” elementi bo‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib
olish narxidan, shu jumladan barter bitishuvlarida, qo‘shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi
iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to‘lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari
qiymatidan, shu jumladan brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig‘imlardan, soliqlardan (korxona
keyinchalik qarz surishish, masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i tarzida qaytarib oladiganlardan
tashqari), transportda tashishga haq to‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga
oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq to‘lashdan kelib chiqib shakllanadi.
(1.1.12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
1.2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari tarkibiga quyidagi
moddalar kiritiladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.2.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlariga
muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan
amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan hisoblangan ish haqi, shu
jumladan xo‘jalik yurituvchi subyektni mukofotlash to‘g‘risidagi nizomlarda nazarda tutilgan
rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar.
(1.2.1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 52-son, 386-modda)
1.2.2. Kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar.
1.2.3. Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsiya tusidagi to‘lovlar, shu
jumladan:
1.2.3.1. Texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda,
dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga

ustamalar va qo‘shimcha haq;


1.2.3.2. Ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo‘shib olib borganlik va xizmat
ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;
1.2.3.3. Hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha og‘ir, zararli,
alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan
ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar;
1.2.3.4. Aloqa, temir yo‘l, daryo, avtomobil transporti va katta yo‘llar xodimlarining va doimiy ishi
yo‘lda o‘tadigan yoki qatnov tusiga ega bo‘lgan boshqa xodimlarning ish haqiga, xo‘jalik yurituvchi
subyekt joylashgan joydan jo‘nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha
to‘lanadigan yo‘lda o‘tgan har bir sutka uchun to‘lanadigan ustamalar;
1.2.3.5. Qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita band bo‘lgan,
shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan
xodimlar uchun ishning ko‘chma va qatnov xususiyati uchun ustama;
Keyingi
 tahrirga qarang.
1.2.3.6. Doimiy ravishda yer osti ishlarida band bo‘lgan xodimlarga ularning shaxtada (konda)
ish joyiga jo‘nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha o‘tadigan normativ vaqt uchun
qo‘shimcha haq;
1.2.3.7. Mehnatga haq to‘lashning rayonlar bo‘yicha tartibga solinishiga, shu jumladan rayon
koeffitsiyentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho‘l, suvsiz va yuqori tog‘ joylarida
ishlaganlik uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan to‘lovlar;
Keyingi
 tahrirga qarang.
1.2.3.8. Xo‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan (yig‘ilish punktidan) ish joyiga va orqaga
qaytadigan yo‘lda o‘tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek
xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko‘ra va transport tashkilotlarining aybi bilan yo‘lda tutilib
qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida to‘lanadigan summalar (vaxta usulida ishni
bajarishda).
1.2.4. Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun hujjatlari
bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq
ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish (ortiqcha ishlangan ish vaqti uchun dam olish)
kunlari uchun haq to‘lash.

Download 128 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Download 128 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rеja: Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish. Sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish

Download 128 Kb.