• Tadqiqot xarakteridagi loyihalar.
  • Loyihalash texnologiyasining asosiy tezisi




    Download 225,02 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana20.05.2024
    Hajmi225,02 Kb.
    #246617
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    kQuyI4VdcsMy2F8x6hptsdpXqQ0Tlf0eRn8SRkTA

    Loyihalash texnologiyasining asosiy tezisi:
    “O‘rganilayotgan bilim, 
    ko‘nikmalar menga nima uchun zarurligi va undan qayerda va qay tarzda 
    foydalanishni bilaman” sanaladi. Bu tezis o‘quvchilarning fan asoslarini ongli 
    o‘zlashtirishlari, hayotga moslashishlari va mo‘ljalni to‘g‘ri olishlariga yordam 
    beradi. 
    Musiqa madaniyati fanini o‘qitishda o‘qituvchi loyihalash texnologiyasidan 
    o‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda nafaqat darsda 
    o‘quv muammolarini hal etishda, balki darsdan va sinfdan tashqari ishlarda ham 
    ijodiy muammolarni hal etishda foydalanishi zarur. 
    Loyihalash texnologiyasida foydalanish o‘quvchilarga individual va 
    differensial yondashish imkonini beradi. 
    Har bir loyiha o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi, shu sababli ular ma’lum 
    belgilariga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi: 
    Loyihada ko‘zda tutilgan faoliyatning ustunligiga ko‘ra: 
    -tadqiqot xarakteridagi loyihalar; 
    -ijodiy xarakterdagi loyihalar; 
    -rolli loyihalar; 
    -izlanish va mo‘ljal olishga mo‘ljallangan loyihalar; 
    -amaliy xarakterdagi loyihalar; 
    Tadqiqot xarakteridagi loyihalar.
    Ushbu loyihalarning tuzilishi juda 
    yaxshi ishlangan, jumladan, loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar uchun 
    tadqiqot predmeti, dolzarbligi, ijtimoiy ahamiyati, foydalaniladigan metodlar, 
    tadqiqotlar va tajribalar o‘tkazish, natijalarni rasmiylashtirish metodlari aniq 
    bo‘lishi kerak. 
    Mazkur loyiha mantiqan to‘lig‘icha ilmiy-tadqiqot muammolariga 
    yaqinlashgan va uning yechimiga mos va bo‘ysungan bo‘lishi kerak. 
    Loyihaning ushbu turida tadqiqot mavzusining dolzarbligi, tadqiqot 
    muammosining predmeti va obyekti, vazifalarning izchil va bosqichma-bosqich 
    aniqlanishi, muammolarni hal etish bo‘yicha farazlarni ilgari surish, uni hal 
    etishning tadqiqot o‘tkazish va tajribalar qilish yo‘llarini ishlab chiqish, olingan 
    natija va xulosalarni muhokama qilish, rasmiylashtirish, tadqiqotni davom ettirish 
    uchun yangi muammolar belgilanishi lozim. 
    Musiqa madaniyati fanini o‘qituvchisi bu toifadagi loyihalardan darsda va 
    sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning ayrim o‘quvchilar bilan olib boriladigan 
    mashg‘ulotlarida foydalanishi mumkin. 

    Download 225,02 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 225,02 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Loyihalash texnologiyasining asosiy tezisi

    Download 225,02 Kb.
    Pdf ko'rish