|
Reja: Mashinali o’qitish tizim (mot')larini sinflashtirish
|
bet | 1/9 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #129350 |
Bog'liq 1433497 (1) Reja: 1. Mashinali o’qitish tizim (MOT')larini sinflashtirish. 2. Mashinali o‘qitishning (MO’) turlari. 3. Mashinali oqitish (MO’) uchun kerakli instrumental vositalar 4.(Octave/ Matlab/Python/) taҳlili va imkoniyatlari bilan tanishish.
Sinflashtirish, mashinali o’qitish, murakkab mashinali o’qitish, bir pog’anali mashinali o’qitish va ko’p pog’onali mashinali o’qitish, nisbiy o’lchash, aprior alfavit, etalonsiz tizimlar, etalonli tizimlar, taksonlar, determinallashgan tizimlar, ehtimolli tizimlar, mantiqiy tizimlar, strukturali tizimlar, kombinatsiyalashgan tizimlar, obyektlarni tanib olish, o‘qituvchili o’qitish, o‘qituvchisiz o’qitish, chuqur o’qitish, regressiya, klasterlash, model, testlash, qaror qabul qiluvchi qoida, matritsa, operator, Octave, Matlab, Python, Pandas, NumPy, SciPy, Anaconda, PyCharm, Scikit-learn, Matplotlib, Theano, Keras.
Tayanch iboralar:
1. Mashinali o’qitish tizim(MOT')larini sinflashtirish
1. Obyektlarni tavsiflovchi ma’lumotlarning bir jinsli ekanligi;
2. Ma’lumotlarni tajriba yoʻli (aposterior) bilan olish usullariga asosan;
3. Oldindan (aprior) berilgan ma’lumotlarga asosan;
4. Tanib olishda ishlatiladigan belgilar xarakteriga asosan.
Sinflashtirish - bu obyektlarni ularning umumiy xossalari asosida sinflarga boʻlish.MO’Tni turlarga boʻlishda quyidagi tamoyillarga asoslanamiz [30,43]:
Bu tamoyilda belgilarning fizik tabiati bir jinsli yoki koʻp jinsli ekanligi e’tiborga olinadi. Bu boʻyicha MO’T oddiy va murakkab tizimlarga boʻlinadi. Oddiy MO’Tlar belgilar fizik tabiati boʻyicha bir xilligi bilan xarakterlanadi. Masalan, telefon avtomatlarida ishlatiladigan tangalar va metrodagi avtomatlarda ishlatiladigan “jeton” larda faqat ogʻirlik belgisi e’tiborga olinadi. Qulflarni ochish uchun kalitlarning geometrik oʻlchovi hisobga olinadi. Tushunarliki, oddiy MO’Tda kompyuterdan foydalanish shart emas. Bunda oddiy mexanik yoki elektromexanik qurilmalardan foydalansa boʻladi.
|
| |