• MO’Tlarni sinflashtirishning toʻrtinchi tamoyili
  • Bunda: - TQ-texnik qurilma




    Download 1,53 Mb.
    bet3/9
    Sana01.01.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #129350
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1433497 (1)
    1-matematika, 1. Model va modellashtirish tushunchasi. Model-fayllar.org, 2. Regulyarizatsiya uchun ishlatiladigan ba\'zi usullar-fayllar.org, taklifnoma, Vektorli algebra
    Bunda:
    - TQ-texnik qurilma;
    - AFQA - ajratuvchi funksiyani qurish algoritmi;
    - MO’ABT - mashinali o’qitishni avtomatik boshqaruvchi tizim;
    - OʻO - oʻrganilayotgan obyektlar;
    - Oʻ- oʻqituvchi.
    O’qituvchisiz (oʻzini-oʻzi oʻrganuvchi) tizimlar taksonlar deb ham ataladi.
    Oʻqituvchisiz (oʻzini-oʻzi) MO’Tlarning oʻqituvchili MO’Tlardan farqi shundan iboratki, bu tizimlarda sinflar roʻyxati berilmagan boʻladi. Faqat OT va belgilar roʻyxati berilgan boʻladi. Obyektlarni oʻrganish jarayonida sinflar hosil qilinadi va muhim BT quriladi. Oʻqituvchisiz MO’Tlar 2.4-rasmda keltirilgan.
    Bu yerda:
    - SHQA-sinflarni hosil qiluvchi algoritm;
    - OʻOʻTOO-oʻzini-oʻzi tanib oluvchi obyektlar;
    - SQ-sinflashtirish qoidasi.
    MO’Tni sinflashtirish 2.5-rasmda keltirilgan.
      • MO’T belgilar haqidagi ma’lumotlar tipiga qarab determinalli, ehtimolli, mantiqiy, strukturali (lingvistikali) va kombinatsiyalashgan tizimlarga boʻlinadi.

    4. MO’Tlarni sinflashtirishning toʻrtinchi tamoyili - obyektlarni tanib olishni MO’da belgilar haqidagi ma’lumotlarning tiplarini oʻrganishdan iborat.
    Bu tizimlarni birma-bir qarab chiqamiz.
    MO’ning determinallashgan tizimlarida obyektlarni tanib olish masalalarini yechishda geometrik oʻxshashlik oʻlchovlaridan foydalaniladi. Sinflarni tavsiflash usuli sifatida sinflarda joylashgan barcha obyektlarning koordinatalari ishlatiladi.
    MO’ning ehtimolli tizimlarida obyektlarni tanib olish masalalarini yechishda ehtimolli oʻxshashlik oʻlchovlaridan foydalaniladi va belgilar bilan sinflar orasidagi bogʻliqlik e’tiborga olinadi.
    MO’ning mantiqiy tizimlarda belgilar sifatida mantiqiy qiymatlar qaraladi va bu belgilar asosida mulohazalar tuziladi. Bu mulohazalar Bul tenglamalar tizimi koʻrinishida ifodalangan boʻlib, oʻzgaruvchilar sifatida belgilar va noma’lum qiymatlar sinflar deb qaraladi.
    MO’ning strukturali tizimlarda tanib olish masalasining yechish usuli sifatida obyektlarni tavsiflovchi soʻzlarning grammatik tahlili qaraladi. Sinflar sifatida obyektlarni tavsiflovchi soʻzlarning toʻplami qaraladi.
    MO’ning kombinatsiyalashgan tizimlarda tanib olish masalasining yechish usuli sifatida maxsus baholarni hisoblash usullari nazarda tutiladi. Sinflarni tashkil etuvchi obyektlar aralash belgilardan, ya’ni determinalli, strukturali, ehtimolli va mantiqiy belgilardan iborat boʻladi.

    Download 1,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1,53 Mb.