|
Reja: matlab dasturi haqida asosiy tushuncha
|
bet | 2/3 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 262,5 Kb. | | #257896 |
Bog'liq Reja matlab dasturi haqida asosiy tushunchaAsosiy xususiyatlari
Ushbu ma`ruzaning hech bo`lmaganda birinchi bosqichini o`rganish (kirish yoki chiqish) mo`ljallangan. Bunda:
MATLAB tizimi bilan keng tarqalgan matematik tizimlar ( Mathcad, Maple va Mathemati) integrallashuvi mumkin. Matematik tizimlarni zamonaviy matnli protsessorlar bilan birlashtirishga intilish ham mavjud. Masalan, MATLAB yangi versiyalarining vositasi —matn protsessorlarida tayyorlanayotgan hujjatning kerakli joylariga MATLAB hujjatlari va sonli, jadval yoki grafik ko`rinishdagi hisoblash natijalarini qo`yish imkoniyatini beradi. Natijada "jonli" elektron kitoblarni tayyorlash mumkin. Ularda namoyish qilinayotgan misollarni operativ tarzda o’zgartirish mumkin. Masalan, boshlang`ich shartlarni o’zgartirib, masalani yechish natijalarining o’zgarishini kuzatish mumkin. MATLAB da grafiklarni Microsoft PowerPoint -slaydlariga eksport qilishning takomillashgan vositalari ham ko’zda tutilgan.
MATLAB da tizimni kengaytirish masalalari maxsus kengaytirish paketlari - Toolbox asboblar to’plami yordamida hal qilinadi. Ularning ko’plari boshqa dasturlar bilan integratsiyalashuv uchun maxsus vositalarga ega. MATLAB tizimi bloklar ko’rinishida berilgan, dinamik tizim va qurilmalarni modellash uchun yaratilgan Simulink dasturiy tizimi bilan ham integratsiyalashgan. Vizual-yunaltirilgan dasturlash prinsiplariga asoslangan Simulink murakkab qurilmalarni yuqori aniklikda modellash imkoniyatini beradi.
MATLABni ishga tushirish
MATLAB dasturini o`rnatgandan so`ng, kompyuter ishchi stoli uni oynasidan MATLAB belgisi ustiga ikki marta bosiladi. MATLABni ishga tushirganda, boshqa bir yangi oyna ochiladi. Kompyuter ish stoli oynasida boshqa dasturlarning oynalari joylashadi. Ish stolining asosiy ish qurollari:
Command Window(buyruq oynasi)
Command History(buyruqlar tarixi)
Workspace (ishchi oyna)
Current Directory (joriy papka joylashuvi)
Help Browser (yordam brauzeri)
Start button (start tugmasi)
Dastlabki holatda, MATLAB ishga tushirilganda, muloqot oynasi 1 – rasmdagi kabi bo`ladi. MATLAB ish oynasining boshqa ko`rinishlari ham mavjud. Oynalar joylashishi va o`lchamini ixtiyoriy ravishda o`zgartirish imkoniyati mavjud. Quyida eng oddiy hisoblashlar berilgan bo`lib, MATLAB ishlayotgan kompyuter haqida siz yetarlicha bilasiz deb qaraymiz [A-6, 2 бет.].
Matlab ning ishchi varag’i tom ma’noda uch qismga bo’linadi:
Buyruqlarni kiritish maydoni- buyruqlar satridan tashkil topgan. Har bir buyruq satri >> simvoli (bu simvol avtomatik tarzda buyruqlar satrining boshida bo’ladi va uni yozish shart emas) bilan boshlanadi;
Natijani chiqarish maydoni- kiritilgan buyruqlarni qayta ishlangandan so’ng hosil bo’lgan ma’lumotlar (analitik ifodalar, natijalar va xabarlar) ni o’z ichiga oladi;
Matnli izohlar maydoni- ro’y bergan xatoliklar yoki bajarilgan buyruqlarga izohlar, turli xarakterdagi xabarlar.
Buyruqlar Enter tugmasini bosish (bir marta) orqali amalga oshiriladi.
|
| |