• Media savodxonlik sohasidagi vakolat
  • Reja: Media savodxonlik va axborot madaniyati tushunchasi evolyutsiyasi va dialektikasi. Pochta, gazeta, telegraf, jurnal va radio axborot manbai sifatida. Televideniye-davr taqozosi sifatida. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari




    Download 30.62 Kb.
    bet7/10
    Sana29.09.2023
    Hajmi30.62 Kb.
    #85628
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    1-mavzu1
    IBODULLA SHAYMARDONOV, 456, Аnnоtаtsiya , 1-amaliy, 2-amaliy , 39, 1-ma\'ruza, Pedagogika tarixi fan sifatida. Ibtidoiy jamoada tarbiya. Eng qa, kommunikativ qobiliyat ped.ta\'sir ko\'rsatish, Тарбия. 1 Мавзу, 22-MAVZU INKLYUZIV TA\'LIM, 3876-Текст статьи-9694-1-10-20201214, 9Галогенли хосилалар, e9c59efaa1dee9aa95caca6f24e7ac53 Ona tili va uni o`qitish metodikasi , Reja Тa’lim mazmuni. Ta’lim metodlari va usullari haqida ma’lum
    Mavzu bo‘yicha topshiriq
    1. Ekologiya mavzusida jurnalist axborotini tayyorlash. Masalan, respublikamizda qo‘llaniladigan yangi kamxarj va ekologik biotexnologiyalar haqida material tayyorlash. Axborotni tayyorlash jarayonidagi barcha xatti-harakatlaringizni qayd etib boring. Ishning har bir bosqichi uchun qadam-baqadam harakatlaringizni aniqlang.
    2. Mazkur mavzuda turli blog, viki-saytlarga murojaat qiling va ularni tahlil qiling. Mazkur onlayn medialar doirasida qanday mazmundagi axborot almashinuvi kuzatilmoqda? Ushbu axborot qanday maqsadlarga xizmat qiladi? Axborotni kim taqdim etmoqda? Nima sababdan ular buni amalga oshirmoqda?
    Media savodxonlik sohasidagi vakolat
    «Media» so‘zi lotin tilidagi ko‘plikda medium so‘zidan olingan bo‘lib, «o‘rta, oraliq, oraliqdagi» ma’nolarni bildiradi. Zamonaviy qo‘llanishda mazkur istiloh bir necha ma’noga ega. Birinchidan, “media” so‘zi OAVni: gazeta, televidenie, radio, axborot agentligi va Internetni anglatadi. Ikkinchidan, undan mediakontentni - yangiliklar, reklama e’lonlari, elektron o‘yinlar va filmlarni - belgilash uchun foydalaniladi. Uchinchidan, u mediakontentni ishlab chiqaruvchilarni, jurnalistlarni, fotosuratchilarni, mediakompaniyalarni va h.k.ni ham bildirishi mumkin. U foydalanuvchilar auditoriya, texnologiyalar, kontent hamda media ishlab chiqaruvchilari bilan turli interfaol munosabatda bo‘ladi. Media tashkiloti sifatida media kommunikatsiyalarni rag‘batlantiruvchi ijtimoiy-madaniy funksiyani amalga oshiradi. Bundan tashqari, media ko‘ngilochar funksiyani ham bajarib, foydalanuvchilarga faol ishtirok etishi uchun turli makon (shu jumladan, virtual makon)larni taklif etadi.
    Media savodxonlik sohasidagi ta’lim turli fanlar kesimida amalga oshiriladi. Shu bois mavjud holat va maqsaddan kelib chiqqan holda turli yondashuvlardan foydalanish mumkin. Masalan, media savodxonlikning xavfsizlik, ijtimoiy-axloqiy, madaniy va texnologik jihatlari bilan bog‘liq ko‘nikmalarni o‘rganish hususida fikr yuritish mumkin. Media savodxonlik shakllanishi davomida talaba mediadan samarali va xavfsiz foydalanishi, shuningdek, ijtimoiy hayotning muayyan bir manzilidagi ahvolni adekvat, kasbiy tarzda baholashi, mustaqil fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishi, buning barobarida fuqarolik jamiyatini barpo etishga ko‘maklashish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
    Albatta, yosh jurnalist medialar bilan ishlashi jarayonida ziddiyatli axborotga ham duch keladi. Bunday holatlarda muallifda turli manbalardan axborotni izlash ko‘nikmasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi va bu yangi axborotni yoshlarning o‘zida mavjud bilimlar asosida baholash hamda tegishli nuqtai nazarni shakllantirishga zamin yaratadi.

    Download 30.62 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 30.62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Media savodxonlik va axborot madaniyati tushunchasi evolyutsiyasi va dialektikasi. Pochta, gazeta, telegraf, jurnal va radio axborot manbai sifatida. Televideniye-davr taqozosi sifatida. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari

    Download 30.62 Kb.