• Salbiy ta’sirlari.
  • Ishlatilishi.
  • Reja: Moyda eriydigan vitaminlar




    Download 123,5 Kb.
    bet7/9
    Sana21.05.2024
    Hajmi123,5 Kb.
    #247456
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Metabolizmga ta’sir qiluvchi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi

    Salbiy ta’siri. Allergik reaksiyalar, bosh og‘rig‘i kuzatilishi mumkin. Utkir va surunkali leykemik leykozlar, limfogranulematoz, suyak iligining xavfli kasalliklarida tavsiya etilmaydi.
    Pentoksil ham pirimidin hosilasi bo‘lib, farmakodinamik xususiyatlari turli kasalliklarni davolashda va glyukokortikoidlarning salbiy ta’sirlarini kamaytirish maqsadida ular bilan qo‘shib ishlatiladi. Kuniga 3—4 mahal 0,2—0,4 g dan ichish uchun tavsiya etiladi.
    Bolalarga bir marta ichish uchun yoshiga qarab quyidagi miqdorlarda tavsiya etiladi: 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 0,015, 3 yoshgacha — 0,025, 3—8 yoshgacha — 0,075 va 12 yoshdan oshganiga 0,1—0615 g.
    Salbiy ta’sirlari. Davolash davrida dispeptik holatlar kuzatilishi mumkin.
    Adenozin trifosfat kislotasi. (ATF; fosfatin, atrefos)
    ATF to‘qimalarda oksidlanish va mushaklarda uglevodlarning glikolitik parchalanishi jarayonida hosil bo‘ladi, ATF aktomiozin bilan o‘zaro munosabat ga kirishganda adenozin difosfat kislotaga, noorganik fosfatga ajraladi. Bu jarayonda ajralib chiqqan energiya mushaklarning mexanik ishi, oqsillar va siydikchil sintezida ishlatiladi. Mushaklarda distrofik jarayonlarda ATF ning qayta tiklanishi kamayadi. ATF gangliyalardan, sayyor (adashgan) asabdan, yurak tugunlaridan chiqayotgan impulslarning tarqalishini yaxshilaydi. Bundan tashqari, yurak toj tomirlarini kengaytiruvchi sATF hosil bo‘lishini kuchaytiradi.
    Ishlatilishi. Mushak distrofiyalari, periferik qon tomirlarining torayishi, yurak toj tomirlari yetishmovchiligi, miokardiodistrofiya. Davolashning boshlanishidan kuniga 1 ml dan 1 marta, keyin esa 1 ml dan kuniga 2 mahaldan muskul orasiga yuboriladi. Davolash davrida hammasi bo‘lib 30—40 marta yuboriladi.
    Salbiy ta’sirlari. Bosh og‘rig‘i, diurezning ko‘payishi, yurak uryshlar bonyyyng ortashi bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
    Kuchli gipotoniyada va yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
    Riboksin (inozin). Purin hosilasi bo‘lib, ATF hrsil bo‘lish jarayonida ATF dan oldin hosil bo‘luvchi moddadir.
    Inozin Krebs siklidagi bir qator fermentlar faolligini oshiradi. Nukleotidlar sintezini tezlashtiradi, miokarddagi modda almashinuvi jarayoniga ijobiy ta’sir qilib, yurak toj tomirlarida qon oqimini yaxshilaydi.
    Ishlatilishi. Yurak ishemiyasi, yurak infarkti, miokardiodistrofiya, aritmiyalar, gepatit, sirroz, glaukomada ishlatiladi. Ovqatdan so‘ng kuniga 3—4 mahal 0,3—0,6 g dan ichish tavsiya etiladi.
    Salbiy ta’sirlari. Ba’zi hollarda allergik reaksiyalar kuzatiladi.



    Download 123,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 123,5 Kb.