|
MOYDA ERIYDIGAN VITAMINLAR
|
bet | 2/9 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 123,5 Kb. | | #247456 |
Bog'liq Metabolizmga ta’sir qiluvchi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi1. MOYDA ERIYDIGAN VITAMINLAR
Avitamin (akseroftol). Bu guruh (retinoid)larga:
1) rstinol va a! vitamini, 3degidroretinol (A1 va b.);
2) retinal;
3) retinol kislotasi kiradi. Farmakodinamikasi. A’zolarda maxsus sitozin qu
rilmalari bor, bular retinolni saqlash va uni bog‘lab oluvchi maxsus oqsil bilan bog‘laydi. Hosil bo‘lgan kompleks yadroga kiradi va genlar depressiyasini yuzaga keltiradi, shu yo‘l bilan oqsil (ferment) sintezini yoki to‘qimalar komponentlari hosil bo‘lishini boshqaradi.
Organizmda har bir retinoid o‘z vazifasini bajaradi. Masalan, retinol to‘qimalar takomillashuvini, o‘sishini va ko‘payish jarayonini boshqaradi.
Retinol kislota — epiteliyning takomillashuviga, kalsitrkol uchun sezuvchi qurilmalarni faollaydi; retinol esa ko‘z to‘rsimon pardasining normal faolligi uchun zarur.
Farmakologik ta’sirlari.
1) mukopolisaxaridlar (xondroitin, sulfat kislota va sulfoglikanlar) biriktiruvchi to‘qima, tog‘aylar, suyak, gialuron kislota — hujayralararo asosiy mod. da; geparin tarkibiga kiruvchi fosfoadenozin fosfosulfatni faollovchi fermentlar sintezini yaxshilaydi.
2) mushak oqsilini yaxshilovchi; DNK tarkibiga fosfatlar va timidinning kirishini; RNK tarkibiga prolin, uridin kirishini, lipolizni falajlaydigan A A2, V va S somotidinlar sintezini yaxshilaydi:
3) qon glikoproteidlari (agmakroglobulinlar); mitoxondriy va lizosomalar tarkibiga kiruvchi glikoproteinlar tarkibiga kiruvchi polipeptidlarning glikozidlanishini faollashtiradi.
4) jinsiy gormonlar, interferon, Aimmunoglobulin, lizotsimlar sintezini yaxshilaydi.
5) epiteliy to‘qimasining muddatidan oldin keratinlanishini boshqaruvchi fermentlarini faollaydi.
6) Dvitamini faol metaboliti — kalsitriolning sezuvchi qurilmalarini faollaydi.
7) kechqurun (tunda) ko‘rish uchun zarur rodopsin sintezini faollaydi.
Farmakokinetikasi. Ovqat moddalari (tuxum sarig‘i, sariyog‘) va dori shakllarida efir ko‘rinishidagi A vitamini o‘zlashtirilishi oshqozon osti bezidan va ingichka ichak shilliq pardasidan chiquvchi maxsus gidrolazalar ishtirokida kechadi. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bu fermentlar kam faollikda bo‘ladi. Normal so‘rilishi uchun ovqat tarkibida yetarli mikdorda yog‘lar va safro suyuqligi bo‘lishi shart. A vitaminining biologik o‘zlashtirilishi 12% ga yaqin. Ichak epiteliysiga TyujraH vitamin palmitin kislota efiriga aylanadi va shu ko‘rinishda qonga o‘tadi. Mushakdan atsetat retinol ko‘riiishida so‘riladi.
Qonda vitamin A maxsus oqsil bilan birikadi (jigarda sintez bo‘ladigan oqsil). Qon oqsili bilan bog‘lanmagan vitamin A zaharli xisoblanadi. Hosil bo‘lgan kompleks (vitamin A+retinolni bog‘lovchi oqsil) transteritsh oqsili bilan birikadi (buyrakdan ajralib chiqishiga to‘sqinlik qiluvchi shakli). To‘qimalarda o‘zlashtnrilishi uchun vitamin A yuqoridagi bog‘lardai ajralib chiqadi. Ortiqcha vitamin A jigarda palmitin kislota efiri ko‘rinishida to‘planadi. Jigardagi vitamin A zahirasi 20 mkg/g to‘qima hisobida (chaqaloqlarda), kattalarda 270 mkg/r bo‘lganda zahira yetarli deb hisoblanadi.
Qondagi uning miqdoriga qarab jigardagi zaxira to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin: qondagi miqdori 10 mkg/dl bo‘lsa, gipovitaminoz belgisi xisoblanadi. Normal tug‘ilgan chaqaloqdagi vitamin A zahirasi 2— 3 oyga yetadi.
Vitamin A jigarda faol metabolitga, so‘ngra esa nofaol metabolitga aylanib, buyraklar va ichaklar orqali chiqib ketadi.
Ichakdan jigarga qayta so‘rilishi mumkin. Chiqib ketishi sekin kechadi: 26 kun davomida kiritilgan miqdorning 84% chiqib ulguradi. Qayta yuborilganda to‘planish xavfi yuqorn.
Uzaro ta’siri. Vitamin D, vitamin A ning sinergisti hisoblanadi. Vitamin D bilan birga tavsiya etiladi. gemeralopatiyani davolashda riboflavin, nikotin kislota bilan birga yuboriladi.
Xolestiramin, faollangan ko‘mir so‘rilishini kamaytiradi.
Salbiy ta’sirlari. Salbiy ta’siri vitamin miqdori oshib ketishi bilan tushuntiriladi. Utkir zaharlanish talvasa, falajlik ko‘rinishida kechadi. Surunkali zaharlanganda miya ichki bosimi ortadi (bosh ofrishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ko‘rishning buzilishi) simptomlari bilan kechadi. Qon quyilishi, gepato va nefrotoksik simptomlar kuzatiladi.
Asoratlarni davolash uchun mannit (miya ichki bosimini pasaytiruvchi), glyukokortikoidlar (vitamin A metabolizmini tezlashtiradi), YE vitamini (membranalar o‘tkazuvchanligini kamaytiruvchi) va vikasol tavsiya etiladi.
Teratogen xavfi kuchli bo‘lganligi uchun hxshiladorlikdan oldin yoki homiladorlik davrida vitamin A tavsiya etilmaydi.
Ishlatilishi.
1) Gipovitaminozning oldini olish. Gipovitaminozga quyidagi simptomlariga qarab (ishtahaning yo‘qolishi, o‘sishdan orqada qolish, turli kasalliklarga chalinuvchanlik, meningizm belgilari, shilliq pardalarda yara paydo bo‘lishi va qondagi A vitamini miqdoriga) qarab tashxis qo‘yish mumkin.
2) Yuqumli kasalliklar (S vitamini bilan birga beriladi).
3) Raxit (D vitamini bilan).
4) Psoriaz, dermatitlar va boshqa teri kasalliklari.
Vitamin A ning teri kasalliklarini davolashda ishlatiladigan maxsus dorilari: Tizagon (etretinat) va Royekutan (izotretinoin) bo‘lib, bular retinolga nisbatan faolroq hisoblanadi.
D vitamini. Xozirgi kunda D vitamini faolligiga ega bo‘lgan 7 ta biologik moddalar (sekosteroid) aniq. Bulardan tibbiyot amaliyotiga D2 ergokalsiferol ishlatiladi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida kun davomida 1—2 ME Dz vitamini (xolekalsiferol) hosil bo‘ladi.
Kalsidiol, kaliysitrol, oksideviy nomli D vitamini faolligiga ega moddalar sintez qilingan. Baliq moyi xam D vitamin faolligiga ega.
Farmakodinamikasi, D2 va D3 vitaminlari farma
kologik faol moddadir. Organizmda ularning buyrakda hosil bo‘ladigan metabolitlari 1,25 (ON)2 D; 24, 25 (ON)2 D. D vitaminining bu metabolitlari maxsus sezuvchi qurilmalar orqali hujayra sitoplazmasiga, qurilmalar birlashib hujayra yadrosiga kiradi, genlarni depressiyalab maxsus kalsiyni biriktiruvchi oqsil sintezini faollaydi va iospetsifik (ishqoriy fosfataza, kollagen, kalbidinlar va boshqalar) oqsillar sintezini yaxshilaydi, ya’ni D vitamini oqsil almashinuvi orqali fosforkalsiy almashinuviga aralashadi.
Farmakologik ta’sirlari
A) D vitamini ta’siri ostida ingichka ichak shillik pardasida ko‘payadi:
1) Kalsiyni bog‘lovchi va kalsiy, magniy va fosforni biriktiruvchi, aniqlanmagan maxsus oqsil sintezi oshadi va bu kalsiy, magniy, fosforning ichakdan
qonga so‘rilishini yaxshilaydi.
2) Ichak bo‘shlig‘idan kalsiyni ushlab qoluvchi ishqorli fosfataza sintezini yaxshilaydi.
3) Organizmdagi (qondagi) ortiqcha kalsiyni ushlab qoluvchi kalbidinlar sintezini yaxshilaydi.
B) D vitamini ta’sirida suyaklarda:
1. Suyaklanish uchun zarur bo‘lgan osteokalsin, oqsil sintezini ko‘paytiradi.
2. Suyakning o‘sish zonasida kalsiyni qondan ushlab qolishni ta’minlaydigan ishqoriy fosfataza sintezi kuchayadi.
3. Fosfor — kalsiy tuzlari to‘playdigan yetilmagan kollagen sintezini yaxshilaydi.
4. Diafizlarda eruvchan sitrat tuzlari hosil bo‘ lishi hisobiga kalsiyni so‘rib olishni yaxshilaydi.
B) D vitamini ta’sirida buyrak kanalchalari epiteliysida:
1. Proksimal kanalcha bo‘shlig‘idan kalsiyning qayta so‘rilishini ta’minlaydigan oksil sintezi.
2. Kanalcha bo‘shlig‘idan oqsilni ushlovchi ishqoriy fosfataza sintezi.
3. Fosfor, karnitin, sitratlar, aminokislotalar va natriynigng qayta so‘rilishini ta’minlovchi aniqlanmagan oqsil sintezini kuchaytiradi.
G) Tireotropin gormoni va interleykin I sekretsiyasi ko‘payadi; gammaglobulinlar va interleykin II hosil bo‘lishi kamayadi; immunitet boshqaruvida ham ishtirok etadi.
farmakokinetikasi. D vitamini ingichka ichakning
dystal qismida so‘riladi. Uning biologik o‘zlashtirilishi uchun safro va yog‘ katta ahamiyatga ega. Biologik o‘zlashtirilishi o‘rtacha 60—90% ni tashkil qiladi.
D2 vitamini dori shakllarining so‘rilishi uchun ichakda safro va yog‘ning bo‘lishi shart emas. Qonda D vitamini alfaglobulin bilan bog‘langan holda bo‘ladi, bu bog‘lanish uni jigarda parchalanishdan va buyrak orqali chiqib ketishidan saqlaydi.
D vitamini hamma to‘qimalarga yaxshi kiradi, biroq jigarda ko‘proq spirt va maxsus oqsil bilan birikkan holda saqlanadi, kerak bo‘lganda jigardan qonga tushadi.
D2 vitamini va kalsitriol yo‘ldoshdan yomon, kalsidiol esa yaxshi o‘tadi, uning homila qonidagi miqdori ona qonidagi miqdoriga teng bo‘ladi. Homila buyragida kalsiy triolga aylanadimiyo‘qmi, aniq emas.
D vitamini jigarda 25gidroksilazalar ta’sirida metabolizmga uchrab 25gidroksixolekalsiferolga (kalsidiol)ga aylanadi. Bu uning transport ko‘rinishi bo‘lib, qonda u maxsus tashuvchi oqsil bilan birikadi. Proksimal kanalchalarda alfagidrooksilazalar ta’sirida dikalsidioldan 100—1000 marta faolroq 1,25 digidroksixolekalsiferol (kalsitriol) hosil bo‘ladi. Bu ishchi D vitamini qonda maxsus globulin bilan birikib nishona’zolarga yetkaziladi. Alfatidroksilazalar paratgormon, somatotropin gormoni, S, YE, V2 vitaminlari va boshqa moddalar bilan faollanadi. 1,15digidroksixolekalsiferoldan tashqari, D vitaminining yana quyidagi faol shakllari: 24, 25 (ON)2D; 25,26 (ON)2; 1,24,25 (ON)3D vitaminlari topilgan, ammo bularning biologik ahamiyati o‘rganilmagan.
Jigar, buyrak kasalliklarida D vitaminining yuqoridagi faol shakllarining xosil bo‘lishi buziladi va D gipovitaminozga olib keladi. Bu holatlarda maxsus faollikni talab qilmaydigan D vitamini dorilari ishlatiladi. 24—48 ssat davomida kiritilgan miqdorning 30% safro ishtirokida ichakka ajralib chiqadi. Ichakka tushgan D vntamini kisman qayta so‘riladi. 1—2 kun davomida siydik bilan 1—2% D vitamini ajraladi.
D vitaminining yarim chiqnb ketish vakti 18—31 kun va ko‘prok, sintetik dorilarda esa bu vaqt taxminan 10—12 soatga teng.
Uzaro ta’siri. D vitamini ishlatilganda ayni vaqtda uning terapevtik samaradorligini ta’minlaydigan
fla gyperYOytaMynozyinG oldini oladigan A, yo vitaminlari, askorbin va pantotenat kislota holidagi tiamin, riboflavin, piridoksin, magniy preparatlari kiritish tavsiya etiladi.
Uzoq vaqt glyukokortikoidlar olayotgan bemorlarda osteoporozni kamaytirish uchun kalsiytriol ishlatiladi.
Tutqanoqni davolash maqsadida uzoq vaqt fenobarbital yoki difenin olayotgan bemorlarga gipovitaminozning oldini olish uchun D vitamini yuborish tavsiya etiladi.
Salbiy ta’sirlari. D vitamini katta miqdorlarda yuborilganda gipervitaminoz belgilari kuzatiladi. Bunday xolatlarda bemorda D vitaminining ichakdan ko‘p so‘rilishi va suyaklarning kalsiysizlayeishi kuzatiladi, buning natijasida qonda kalsiy miqdorining ko‘payishi va yumshoq to‘qimalarni, qon tomirlar devori, yurak qopqoqchalarining kalsiylanishi kuzatiladi.
Bir vaqtning o‘zida sof holdagi kislorod radikallari ko‘payadi. Bu o‘z navbatida hujayra va hujayra ichidagi organellalar o‘tkazuvchanligini buzadi, xususan kaliy va magniy transporti buziladi, natijada yurak qisqarish faoliyatining yomonlashuviga, mikrosklerozlar va aritmiya paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Lizosomal fermentlar ajralib chiqishi kuchayishi natijasida jigar va buyraklar hujayralarining faoliyati buziladi.
|
| |