• Ishlatilishi.
  • Reja: Moyda eriydigan vitaminlar




    Download 123,5 Kb.
    bet5/9
    Sana21.05.2024
    Hajmi123,5 Kb.
    #247456
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Metabolizmga ta’sir qiluvchi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi

    3. ANABOLIK MODDALAR
    3.1 Steroid tuzilishiga ega bo‘lgan anabolik moddalar

    1. Steroid tuzilishiga ega bo‘lgan anaboliklar. Metanandrostenalon (nerabol, dianabol). Androgen va anabolik faollik xususiyatlariga ega. Testosteron bilan bir xil anabolik ta’sirga ega, lekin androgen ta’siri 1000 baravar kamdir.


    Azot almashinuviga ijobiy ta’sir qilib, tanada azot va siydikchilning ushlanib qolishiga sabab bo‘ladi va kaliy, oltingugurt hamda fosfor birikmalarining buyrak orqali chiqishini kamaytiradi. Kalsiyning suyaklarda to‘planishiga yordam beradi.
    Anabolik steroidlarning farmakodinamik ta’siri — ishtahaning ochilishi, mushaklar va tana vazni bilan bir xil ko‘payishi, suyaklarda kalsiy to‘planishini tezlashuvy kabi klinik ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan samaraga erishish uchun bemor anabolik dorilar bilan bir vaqtda ovqat tarkibida yetarli miqdordagi oqsil, yog‘, uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalarni qabul qilishi kerak.
    Ishlatilishi. Asteniya, kaxeksiya, yuqumli va oqsil yo‘qotish bilan kechuvchi kasalliklar. Endokrinologiyada gipofiz faoliyatining yetishmovchiligida, retinopatiyada, qandli va steroid diabetda, gipofizar nanizmda qo‘llaniladi. Ichki kasalliklar amaliyotida miokard infarktida, miokarditlar, revmatokarditlar, aterosklerotik kardioskleroz, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak kasalliklarida, oqeil yo‘qotilishi va azotemiya bilan kechayotgan surunkali buyrak kasalliklarida, o‘pkaning surunkali kasalliklarida qo‘llaniladi. Onkologiyada sut bezining raki, nur bilan davolash vaqtida ishlatiladi. Osteoporoz, suyaklar sinishida, tezlashgan mushak distrofiyasida va miopatiyada, to‘r pardaning qarilik degeneratsiyasida, ekzema va psoriazda ham qo‘llaniladi,
    Pediatriya amaliyotida kaxeksiya, ovqatlanishning pasayishida, bola jismoniy rivojlanishdan orqada qolganda ishlatiladi.
    Dorining miqdori va davolashning davomiyligi, bemorning umumiy ahvoliga qarab belgilanadi. Kunlik miqdori 0,005 dan 0,1 ggacha va davolash 4—8 hafta davom etadi, tanaffus 1—2 oy, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 0,1 mg/kg hisobidan olinadi, 2—5 yoshgacha bolalarga 0,001—0,002 mk/kg, 6—14 yoshgacha 0,0003—0,0005 mk/kg hisobidan olinadi.
    Salbiy ta’sirlari. Dispepsiya, jigarning kattalashuvi, sariqlik, shishlarda tavsiya etilmaydi. Ayollarda hayz ko‘rishning buzilishi, tovushning yo‘g‘onlashuvi kuzatiladi, lekin yuqorida ko‘rsatilgan o‘zgarishlar dori berishni to‘xtatish bilan o‘tib ketadi. Prostata raki, o‘tkir va surunkali prostatit, jigarning o‘tkir kasalliklarida anabolik moddalar tavsiya etish man etiladi.
    Homiladorlik va emizikli davrda ehtiyotlik bilan ishlatiladi.
    Fenabolin (durabolin, nerabolin). Androgen ta’siri nerabolga nisbatan ancha kam, anabolik ta’siri deyarli bir xil. Nerabol ishlatiladigan holatlarda ishlatiladi. 7—15 kunda bir martadan 25—50 mg dan muskul orasiga yuboriladi.
    Retabolil. Quchli va uzoq Davbm etaDygan anabolyk ta’sirga ega. Muskul orasiga yuborilgach, ta’siri 3 kundan keyin yuzaga keladi, bir hafta va 10 kundan keyin eng yuqori darajaga yetadi.
    Ishlatilishi. Nerobol singari 35—50 mg dan oyiga 1 marotaba muskul orasiga yuboriladi. Bolalarga 4 haftada bir marotaba yuboriladi. 10 kg vazndagi bolaga 5 mg, 10—20 kg—7,5 mg, 20—30 kg—10—15 mg; 40—50 kg,—20 mg, 50 kg dan oshganiga 25 mg miqdorida yuboriladi.

    Download 123,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 123,5 Kb.