O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati




Download 46.46 Kb.
bet2/4
Sana30.05.2022
Hajmi46.46 Kb.
#22415
1   2   3   4
Bog'liq
madaniy
4-Laboratoriya ishi, q, meditsinskaya-deyatelnost-kak-obekt-pravovogo-regulirovaniya, a.xoliqov.pedagogik mahorat, ablojka Dasr ishlanmasi, 3-Kurs Konstruksiyalash, 50610401-Kompyuter injiniringi, fgdgdfgfdsdfsdg, dfdfsfd, Model xarita, taqsimot tizimi yangi, Mavzu Mobil ilovalarni yaratish asoslari va hayot sikli va Andr-fayllar.org, Yalpizdoshlar2234., Ezop
2. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati.
Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo‘lga kiritgach, o‘z taqdirining chinakam egasi, o‘z tarixining ijodkori, o‘ziga xos milliy madaniyatining sohibiga aylandi. Mustaqillikka erishilganidan so‘ng O‘zbekiston rahbariyati, eng avvalo, xalqimizning ehtiyoji, orzu-istaklakrini hisobga olib, azaliy bayramlarni tiklashga va yangi istiqlol bayramlarini shakllantirishga katta e’tibor bera boshladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov Farmonlari asosida “Navro‘z”, “Ro‘za hayiti”, “Qurbon hayit” lari rasman tiklanib, xalq o‘rtasida keng nishonlana boshladi. Shuningdek, istiqlolni sharaflaydigan bayramlar “Mustaqillik kuni” va “Konstitutsiya kuni” joriy etildi. O‘z navbatida, davlatimiz rahbariyati sovetlar davrida paydo bo‘lgan barcha bayramlarni taqiqlamadi. Ular orasida umuminsoniy g‘oya va qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi “Yangi yil bayrami”, “Xotin-qizlar bayrami” kabilar saqlab qolindi.6
Tarix xotirasi, xalqning jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining holis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda.
Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o‘zida mujassam etgan buyuk arboblar ko‘p bo‘lgan. Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Hoja Ahmad Yassaviy, Muhammad al-Horazmiy, al-Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‘plab ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo‘lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum7.
Mamlakat ma’naviy hayotini yanada yaxshilashda 1994 yil 23 aprelda qabul qilingan «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik Markazini tashkil etish to’g’risidagi Prezident Farmoni muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Shu yili 8 iyunda esa Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan maxsus qaror qabul qildi. Unda Markazning asosiy vazifasi va faoliyat yo’nalishi qilib o’zbek xalqining boy ma’naviy-madaniy merosi, sharqona va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat, millat kelajagini belgilaydigan ilg’or g’oyalarni yuzaga chiqarish, jamiyatdagi sog’lom kuchlar, yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan istiqboli sari yo’naltirish, millatlararo dustlik, hamjihatlikning ahamiyatini oshirish, tinchlik va barqarorlikni saqlash, mintaqada yashayotgan millatlarning madaniy, ma’rifiy, ma’naviy taraqqiyot tomirlari mushtarakligini tarkib qilish va hakozolar qilib belgilandi8. 1996-yil sentabrda qabul qilingan «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi ishini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining farmoni asosida shu yil yanvarda Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi huzurida «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi tuzildi.
1996-yil 27-sentabrda Respublika Vazirlar Mahkamasining «Oltin meros» xayriya jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi Qaroriga binoan mazkur jamg‘arma davlat tomonidan moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Bu qarorida o‘tmish milliy madaniyatimizni yanada taraqqiy ettirish, buyuk ajdodlarimizning asrlar davomida yaratgan bebaho madaniy-marifiy merosini ko‘z qorachig‘iday asrab-avvaylash, kelgusi avlodlarga yodgorlik qilib qoldirish, xalqimizning umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qo‘shgan ulkan hissasini butun dunyoga qayta tanitish, uni keng targ‘ib etish, kishilarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga milliy g‘urur, milliy iftixor, Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini singdirib borish kerakligi haqida aniq ko‘rsatmalar beriladi9.
Mustaqillik yillarida buyuk soxibkiron Amir Temurning 660 yilligi bo‘lib o‘tdi. YuNESKO tomonidan 1996 yil «Amir Temur yili», deb e’lon qilindi. Shu yili YuNESKOning Parijdagi qarorgohida «Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi» mavzuida anjuman va unga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Mamlakatimizda «Temur va temuriylar» muzeyi, Amir Temur nomi berilgan bog‘lar, ko‘chalar barpo etildi10.
1996 yil 28 avgustda Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Shahrisabz shahri “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlandi. 1996 yil 18 oktabrda Toshkentda Amir Temur haykali va muzeyi, Shahrisabzda esa Amir Temur haykali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi11.
«Oltin meros» xayriya jamg‘armasi «Xalq merosi durdonalari» ilmiy anjumanlarini, xorijdan izlab topilgan qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi amaliy san’at namunalari, yodgorliklarini tahlil qilish, ko‘rik tanlovlar o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda. 1996-2002-yillarda «Oltin meros» jamg‘armasi sa’y-harakatlari natijasida buyuk allomalarimiz yaratgan ko‘plab madaniy-ma’naviy meros namunalari mamlakatimizdan va xorijiy davlatlardan izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. Shuningdek, u xalqimizning rasm-rusumlarini, urf-odatlarini, marosimlarini o‘rganish, tiklash, xalqimizga qaytarish, ularning ma’no-mohiyatini, hozirgi kundagi ahamiyatini keng ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo‘shmoqda12.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 1 mayda qabul qilgan “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida”gi farmonida shunday deyilgan: “El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo‘lganlar xotirasi minnatdor avlodlar yodida abadiy saqlanib qoladi.

Download 46.46 Kb.
1   2   3   4




Download 46.46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati

Download 46.46 Kb.