Mexanik flotatsion mashinalar




Download 0,65 Mb.
bet8/15
Sana21.12.2023
Hajmi0,65 Mb.
#126089
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
boyitish13

Mexanik flotatsion mashinalar. Mexanik flotatsiya mashinalari boyitish fabrikalarida eng ko’p tarqalgan hisoblanadi. sm)

22-rasm. Mexanik turdagi «Mexanobr» flotatsiya mashinasi:

1-cho'ntak; 2- markaziy quvur; 3- havo uzauvchi quvur; 4- to'sgich; 5- tyaga; 6 -qopqoq metall quti ; 7- sterjen; 8-nazorat yuklama; 9-stakan; 10- impeller vali; 11-yuruvchi zaslonka; 12-qum uchun teshiklar; 13-darcha; 14- shiber; 15-quvurcha; 16- stator yo'naltirgichi; 17- stator diski; 18-teshik; 19- impeller; 20 – quvur Mashina to’siqorqali bir nechta to’g’ri burchakli kameralarga bo’lingan vannadan iborat. U har biri ikkita–so’ruvchi va oqib o’tuvchi kameralardan iborat sektsiyalardan yig’iladi.


Har qaysi kamerada markaziy truba bo’lib, uning ichida impellerli val aylanadi. Impeller vertikal valga qattiq mahkamlangan radial parrakli rotordan iborat. Val ponasimon–qayishli uzatma orqali elektrodvigateldan harakatga keltiriladi. Markaziy trubaning quyi qismi kengaytirilgan va gorizontal holdagi (bo’tanani tsirkulyatsiya qiluvchi va yo’naltiruvchi parrakli) impelller usti diski o’rnatilgan stakanga o’tadi. Parraklar disk radiusiga nisbatan 60o li burchak ostida joylashgan. (22–rasm).
Parrakli disk mashinaning statori deyiladi. Stator impeller to’xtaganda, uni loyqa bilan to’lib qolishdan asraydi. Stakan uchta teshikka ega. Ulardan biriga so’ruvchi kameralarda so’ruvchi qisqa-tarmoqlangan truba ulangan. Oqib o’tuvchi kameralarda bu teshik po’kak bilan berkitib qo’yiladi. Qolgan ikkita teshik bir-biriga qarama-qarshi joylashgan bo’lib, oraliq mahsulotni qaytadan flotatsiyalash uchun kameraga qaytarishga xizmat qiladi.

22–rasm. Mexanik mashinada stator parraklarini o’rnatish sxemasi

Agar oraliq mahsulot kameraga qaytarilmasa, teshiklarning biri tiqin (probka) bilan yopib qo’yiladi, ikkinchisi esa tortish kuchi bilan so’riluvchi shiber orqali yopiladi. Shiber yordamida impellerga tushayotgan bo’tananing sarfi boshqariladi. So’ruvchi va oqib o’tuvchi kameralar bir-biridan pastki qismida teshigi bor to’siq bilan ajratilgan, shuning hisobiga kameralarda bo’tana bir xil sathda ushlanadi.


Mexanik flotatsiya mashinasining asosiy detali impeller hisoblanib, u havoni so’rish va so’rilgan havoni mayda zarrachalarga ajratishni ta’minlaydi va bo’tanani havo bilan to’yintiradi. Impellerning aylanish tezligi qancha katta bo’lsa, u shuncha ko’p havoni so’radi. Lekin bu tezlik haddan tashqari katta bo’lmasligi kerak, aks holda tez aralashish natijasida mineral zarrachaning havo pufakchasidan uzilishi sodir bo’ladi.
Mashina quyidagicha ishlaydi. Bo’tana yuklovchi cho’ntakdan patrubka orqali impeller ustidagi bo’shliqqa so’riladi, u yerdan katta tezlikda stator parraklari orasidan kameraga otiladi. Bu vaqtda impeller zonasidagi bosimda farqhosil bo’ladi va markaziy truba va patrubok orqali atmosferadan havo so’riladi; so’rilgan havo juda ko’p mayda zarrachalarga parchalanib, bo’tanani butun hajmi bo’yicha tarqaladi.

Download 0,65 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Download 0,65 Mb.