• Nazorat savollar
  • Reja: Nazorat texnologiyasi




    Download 308.5 Kb.
    bet5/5
    Sana03.04.2021
    Hajmi308.5 Kb.
    #14022
    1   2   3   4   5
    Nazorat usulini tanlash

    Nazorat ob’ektining tavsifi

    Ishlab chiqarish

    omillari


    Avtomatlashtirish darajasi

    to‘liq avtomatlashtirish

    mexanizatsiyalash

    qo‘l nazorati

    Bir turdagi buyumlar oqimining kattaligi

    Katta

    O‘rtacha

    Kichik

    Choklar uzunligi

    

    

    

    Chok yaqinidagi yuzaning shakli

    YAssi, silindrsimon

    Murakkab shaklli yuza, R 300 mm

    Murakkab shaklli yuza, R 300 mm

    Chok yaqinidagi zonaga yaqinlashishning qiyin-osonligi

    300 – 350 mm

    CHeklangan

    CHeklangan

    Nazorat sharoiti (maxsus joyning mavjudligi)

    Bor

    Yo‘q

    Yo‘q

    Buzmaydigan nazorat usullari hizmati malakasining umumiy saviyasi

    Yuqori

    O‘rtacha

    O‘rtacha

    Uskunalar. Diametri 159 - 529 mm va devorning qalinligi 2,5 - 10 mm bo‘lgan quvurlarning bo‘ylama payvand choklarini avtomatik nazorat qilish uchun birinchilardan bo‘lib DUK-15SLAM qurilmasidan foydalanilgan edi. Qurilma quvurlarni elektr toki bilan payvandlash stanining texnologik potokiga o‘rnatilgan bo‘lib, payvand chok nuqsonlarini aniqlash tizimi va barcha uzellar yaxshi ishlashini taminlash tizimidan tashkil topadi. Qurilma aks-sado-soya usulida ishlaydi. Ikkita qiya o‘zgartkich quvurda payvand chokka nisbatan simmetrik tarzda joylashadi va navbati bilan ultratovush impulslarini nurlantiradi. Bu impulslar suv oqimi orqali quvur devoriga kiritiladi va unda payvand chok yo‘nalishida tarqaladi. Nuqsonlar quvurning o‘zida qayd qilinadi. Nazorat tezligi 60 m/min ga etadi.

    AIST-1 qurilmasi quvurlarni elektr toki bilan payvandlash texnoligik rejimini 19-102 stani potokida yuqori chastotali toklar bilan ultratovush yordamida avtomatik nazorat qilishga mo‘ljallangan. Quvur yuzasi maxsus qurilma bilan tozalanadi, AIST-1 qurilmasining izlovchi kallaklari bilan quvur yuzasi orasidagi akustik kontakt; nazorat zonasida payvand chokning harorati 900 - 1000ºC bo‘lishiga qaramasdan, sovitilgan quvurni nazorat qilishda bo‘lgani kabi, suv oqimi vositasida amalga oshiriladi. Buni payvandlash paytida qizish zonasining yuqori darajada mahalliyligi bilan tushuntirish mumkin. Izlovchi kallaklarga yuqori haroratning yomon tasiriga barham berish uchun ular shunday ishlaganki, pezoo‘zgartkichlar kontakt muhiti sifatida foydalanilayotgan oqar suv bilan uzluksiz sovitib turiladi. Foydalanilayotgan tirqishli izlovchi kallaklar ultratovush tebranishlarini kiritish burchagini 1 – 3º doirasida o‘zgartirish imkonini beradi. Qurilmaning sharnirli osmasi izlovchi kallaklarning payvand chokka nisbatan vaziyati hamisha bir xil bo‘lishini taminlaydi. Payvandlash jarayonini AIST-1 qurilmasi bilan nazorat qilish natijalari payvand chok sifatini statistik baholash blokining o‘ziyozar qurilmasidagi diagramma tasmasida qayd qilinadi.

    Bo‘ylama va spiralsimon payvand choklarni avtomatik nazorat qilish uchun xorijiy firmalarda qator qurilmalar ishlab chiqariladi, ularda asosiy etibor o‘zgartkichlarning o‘zaro joylashuviga, ularning ish rejimini tanlashga, akustik trakt sifatini nazorat qilishiga va butun chok kesimini tovush yordamida nazorat qilishning taminlanishiga qaratiladi.

    Diametri 400 – 2000 mm va devorning qalinligi 6 – 15 mm bo‘lgan quvurlarning payvand chokini nazorat qilish uchun eng keng tarqalgan qurilmalardan biri “Krautkremer” firmasining (Germaniya) SNUP qurilmasidir. Nazorat chokining ikkala tomonida joylashgan ikkita o‘zgartkich yordamida olib boriladi. Nazorat tezligi 3 m/min. Qurilma modifikatsiyasida to‘rtta o‘zgartkich bor; ularning ikkinchi juftligi chokni 45º burchak ostida tovush yordamida nazorat qiladi.

    Katta o‘lchamli payvand choklarni avtomatik nazorat qilish borasida to‘plangan tajriba nihoyatda kam, chunki katta qalinlikdagi payvand choklarni avtomatik nazorat qilish vositalarini yaratishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelinadi: nuqsonlarning tur – o‘lchamlarga, yo‘nalishi va joylashgan o‘rniga ko‘ra juda xilma xilligi; katta hajmdagi erigan metallni tovush yordamida nazorat qilish zarurligi; choklarning nisbatan kattaligi shular jumlasidandir.

    Bunday sharoitda ishonchli va takrorlasa bo‘ladigan avtomatik nazoratni taminlash vazifasi nihoyatda murakkab mexanik, akustik hamda elektron tizimlar yaratish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa, o‘z navbatida, ergonomik omillarni yomonlashtiradi, xususan, qurilmaning gabarit o‘lchamlari va og‘irligini oshiradi, uni ishlatish sharoitini yomonlashtiradi hamda yordamchi operatsiyalar vaqtini uzaytirdi. Shunga qaramay, SNIITmash va NIIXIMmash da kimyo hamda energetika sanoati uchun turbinalar rotori va yuqori bosimli qalin devorli (300 mm gacha) idishlarning payvand choklarini avtomatik nazorat qilish qurilmalari yaratilgan. CHunonchi, idish va apparatlar uchun nuqsonlarning avtomatik skanerlanishi va qayd qilinishini taminlovchi UKSA qurilmalaridan foydalaniladi. Bunday qurilmalardan foydalanilganda nazorat unumdorligi qo‘lda nazorat qilishdagidan 5 – 10 barobar ortadi va eng muhimi, defektogramma ko‘rinishidagi xolis nazorat hujjati olinishini taminlaydi.

    Vertikal choklarning aniqlanish ishonchliligini oshirish maqsadida SNIITmash da “Siklon” elektron–akustik apparatlari ishlab chiqilib, sanoatda joriy etilgan, ular 10 – 200 mm qalinikdagi choklarni kiritish burchaklari 30 va 40º bo‘lgan o‘zgartkichlar bilan, shuningdek “tandem” sxemasi bo‘yicha avtomatik nazorat qilishni taminlaydi.

    Uncha qalin bo‘lmagan payvand choklarni nazorat qilish, qoidaga ko‘ra, ixcham (portativ) qurilmalardan, xususan, turkumlab ishlab chiqariladigan UD-91 EM qurilmalaridan foydalanish asosida mexanizatsiyalashtiriladi.

    NIImost da ishlab chiqilgan UZD-NIIM-17 yoki UZD-NIIM-18 apparatlari 1,8 va 2,5 MGs chastotada payvandlangan 20 – 60 mm qalinlikdagi choklarni nazorat qilish imkonini beradi. U elektron blok (defektoskop) dan iborat bo‘lib, unga o‘zgartkich, uni siljitish hamda burish mexanizmi, qog‘ozdan yasalgan tashuvchisi bo‘lgan registr kiradi. Nazorat o‘zgartkichni bo‘ylama – ko‘ndalang siljitish usuli bilan olib boriladi.

    UZD-MVTU-22A (UD-25PS) qurilmasi 5 – 30 mm qalinliikdagi quvurlar, rezervuarlar va yassi qismlarning payvand birikmalari sifatini montaj hamda zavod sharoitida ultratovush bilan avtomatik nazorat qilishiga imkon beradi.

    Chokning butun qisimini ko‘ndalangiga skanerlamasdan chuqurligi bo‘yicha bir tekis sezgirlik bilan tovush yordamida nazorat qilishni taminlovchi ko‘p elementli pezoelektrik o‘zgartkich magnitli so‘rg‘ichlari bo‘lgan o‘zi harakatlanuvchi aravachaga joylashtiirilgan. Elektron blok zondlovchi impulslar hosil bo‘lishini, ularning kanallarda berilgan dastur bo‘yicha kommutatsiyalanishini va qaytarilgan axborot signallar ishlanishini, shuningdek nazorat natijalari 16 razryadli raqamli chop qilish qurilmasida aks ettirilishini taminlaydi. Bunda qog‘ozdan yasalgan tashuvchida desibeldagi signal amplitudasi, nuqsonning chok chuqurligi va uzunligi bo‘yicha joylashgan o‘rni, nuqson turi, qayd qilingan nuqson kanalining raqami, siljitish mexanizimining majburan to‘htash sababi hamda yaroqsizga chiqarish darajasidan ortiq yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan nuqsonlar belgisi qayd etiladi. Almashtiriladigan o‘zgartkichlar bir marta o‘rnatish bilan 57 – 1420 mm diametrli quvurlarni nazorat qilish imkonini beradi. Aniqlangan eng kichik nuqsonning ekvivalent yuzi 1,0 mm2 ni tashkil qiladi, bu esa nazoratga oid meyoriy hujjatlar talablaridan ortiqdir. Nazorat tezligi minutiga 1 – 2 pogon metr chokni tashkil etadi.

    AVD-1 defektoskopiga qarashli mantiqiy elektron qo‘yma (pristavka) dan foydalanilsa, qo‘lda nazorat qilishda nuqson turini baholash ishonchliligi ancha oshishi mumkin. Bu quyma nuqson to‘rt tomondan tovush yordamida nazorat qilinganda undan qaytarilgan aks-sado-signallarni o‘lchash va qiymatlarini taqqoslash ishlarini avtomatlashtiradi va xar signallar qiymatiga qarab nuqsonlarning turi (tekis yoki hajmiy) haqida axborot beradi.



    Nazorat savollar

    1. Qattiq jismlarda ultratovush to‘lqinlari tarqalishining o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.

    2. Ultratovushli defektoskopning asosiy qismlarini ayting.

    3. Nuqson o‘lchanadigan tavsiflari bo‘yicha qanday baholanadi?

    4. Nuqsonning ekvivalent o‘lchami deganda nima tushuniladi?

    5. Har xil qalinlikdagi payvand choklarni ultratovush bilan nazorat qilishning o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat?



    6. Avtomatik nazorat qurilmalari qaysi asosiy konstruktiv qismlarni o‘z ichiga oladi?

    1



    Download 308.5 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 308.5 Kb.