Shaxsiy kompyuterlar inqilobi bundan 30 yil




Download 2,88 Mb.
bet8/8
Sana18.05.2024
Hajmi2,88 Mb.
#242629
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
\'Mobil OT

Shaxsiy kompyuterlar inqilobi bundan 30 yil avval aynan shu haftada boshlangan edi — Microsoft 1985-yil 20-noyabr kuni MS-DOS o‘rniga yangi tizim — Windows’ning birinchi versiyasini taqdim etgandi.

Apple’ning iOS, iPhone’da 2007 yilda ishga tushirilgan bo’lib, mavjud eng birinchi mobil O.Tlaridan biridir. Ushbu tizimdan foydalanish ortidagi asosiy g’oya - boshqa barcha Apple mobil mahsulotlaridan foydalana olish imkoni bo’ladi. Ma’lumki Apple mavjud eng zo’r telefonlarni ishlab chiqadi, shu bilan o’z operatsion tizimini ahamiyatini oshiradi. Undan tashqari iOS uchun mobil ilovalar soni ulkandir, hayolingizga kelishi mumkin bo’lgan barcha dastur va hizmatlar muhayyo.


iOS (24 iyun, 2010-yilgacha - iPhone OS) - Amerika kompaniyasi Apple tomonidan ishlab chiqilgan va ishlab chiqarilgan aqlli telefonlar, elektron planshetlar va ko'chma media qurilmalari uchun operatsion tizim. 2007 yilda ishga tushurilgan; Dastlab – iPhone va iPod kabi qurilmalar uchun – keyinroq iPad va AppleTV uchun ishlab chiqilgan , Windows Phone (Microsoft) va Android (Google) OT larga qaraganda faqat Apple tomonidan ishlab qurilmalar uchun mavjud. iOS uchun Mach mikroyadrosiga asoslangan XNU yadrosi va Apple kompaniyasi tomonidan yaratilgan dastur kodi hamda NeXTSTEP OS va FreeBSD kodi ishlatilgan. iOS ARM arxitekturasiga ega bo‘lgan planshetlarda va smartfonlarda ishlaydi. 2007-yil 17 oktabr kuni Stiv Jobs foydalanuvchilar uchun SDK 2008-yilning fevral oyida chiqishini e‘lon qilingan. iPhone va iPod Touch ga dastur yaratish uchun SDK 2008-yil 6-mart kuni ishlab chiqilgan.


Kompyuterlar orasida Windows eng hurmatga sazovor O.T. bo’lishiga qaramay, Window mobil muqobillari “toyga so’nggi kelgan mehmon”ga o’xshab ketadi. Ijro bobida Windows Phone o’z raqiblari iOS va Androidga yaqin darajadagi ko’rsatkichga erishdi; biroq uning ilovalari miqdori sezilarli darajada kamchilikni tashkil etadi. Umuman olganda Windows O.T.ning ashaddiy muhlisi bo’lmasangiz, Android va iOS yaxshi tanlov bo’lib ko’rinishi mumkin.


Android – Linux yadrosida yaratilgan portativ (tizimli) operatsion tizim boʻlib, Kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elekron kitoblar, raqamli pleyerlar, qoʻl soatlari, netbuklar va smartbuklarda ishlatiladi. Google tomonidan sotib olingan Android Inc. kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Keyinchalik Google tizim rivojlanishi bilan shugʻullanadigan Open Handset Alliance (OHA) ittifoqini tuzdi. Android yordamida Java dasturlarni tuzish mumkin. Android Native Development Kit Sida va boshqa tillarda yoziladigan dasturlarni yaratadi.


Android – mobil telefonlar uchun jahonda eng mashhur operatsion tizimi paydo bo‘lganligiga atigi besh yil bo‘lganligiga hatto ishonging ham kelmaydi. Quyida Android tizimi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.



Download 2,88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 2,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shaxsiy kompyuterlar inqilobi bundan 30 yil

Download 2,88 Mb.